Rol sinfiga kiruvchi o‘zgaruvchilar. Bunda o‘zgaruvchi gipotezaga nisbatan qanday qo‘llaniladi? kabi savol qo‘yiladi. Tobe o‘zgaruvchi odatda bitta bo‘lib, kuzatuv ostidagi “natija” o‘zgaruvchidir (mas.so‘zni eslashga ketgan vaqt). Mustaqil o‘zgaruvchilar (yoki bashorat qiluvchilar) eksperiment davomida o‘zgarib turadigan (o‘zgartiriladi) va tobe o‘zgaruvchiga o‘z ta’sirini o‘tkazadigan o‘zgaruvchidir (so‘z uzunligi, so‘z chastotasi, til o‘zlashtirish yoshi va h.k.). Tashqi o‘zgaruvchilar gipotezaning tarkibiga kirmagan, biroq tobe o‘zgaruvchiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchi. Ular nazoratga olinishi (muvozanatda saqlash yoki doimiy holatga keltirish orqali) yoki ta’siri bartaraf etilish lozim. Doimiy o‘zgaruvchilar eksperiment davomida o‘zgarmaydigan o‘zgaruvchilar. Tashqi va doimiy o‘zgaruvchi o‘rtasidagi farq har doim ham aniq bo‘lmaydi. Tobe o‘zgaruvchi odatda xulq-atvor o‘zgaruvchidir. Mustaqil o‘zgaruvchilar stimul yoki sub’ekt o‘zgaruvchilari bo‘lishi mumkin. Eksperiment gipoteza tobe o‘zgaruvchi va boshqa bir o‘zgaruvchi (yoki o‘zgaruvchilar) o‘rtasida munosabatni isbotlashga urinadi.
Tur o‘zgaruvchilari. O‘zgaruvchining o‘zi butun yoki hodisaning qaysi turi? kabi savol qo‘yiladi. Kategoriyali o‘zgaruvchi “darajalar” deb nomlanuvchi chegaralangan sondagi sifat qiymatlariga bo‘linadi (shaxs (1-shaxs, 2-shaxs, 3-shaxs), nisbat (aniq va majhul), jins, ona tili va h.k.) yoki binar o‘zgaruvchilar (rost/yolg‘on)ga ishora qilishi mumkin. Alohida/bo‘lingan o‘zgaruvchilar faqat butun sonli miqdor bilan belgilanadi (o‘nlik bo‘lmagan son). Davomiy o‘zgaruvchi o‘nlik son bo‘lgan miqdor (munosabat bildirish vaqti, balandlik va h.k.). Tartibli o‘zgaruvchi qiymatlari tartibga solingan ammo muntazam shkalaga amal qilmaydigan kategoriyali o‘zgaruvchidir (turli o‘lchamdagi chastota sinflari: 1-100, 100-1K, >1K). Tur o‘zgaruvchilari statistik tahlil uchun ahamiyatlidir.
O‘zgaruvchilar bilan ishlash. O‘zgaruvchilar qanday sinaladi yoki tekshiriladi?, Ularni tekshirish yoki o‘lchash usuli qanday? kabi savollar qo‘yiladi. Konseptlar o‘lchanadigan yoki sinaladigan xulq-atvorlar (behaviors)ga aylantiriladi. O‘zgaruvchilar bilan ishlashda tadbir mezonlari aniq bo‘lishi talab etiladi. Mezonlarni kodlash oshkora va doimiy bo‘lish kerak va ular eksperiment e’lon qilinayotganda tavsiflanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |