Muhokama. Ishtirokchilar orasidagi va ishtirokchilar ichidagi jarayonlarning afzal va noafzal tomonlari muhokama qilinadi. Ulardan birini qo‘llash taqozo etilgan holatlar muhokama qilinadi.
Stimul. Stimul – har bir tajriba-sinovning o‘zgaruvchilaridir. Stimul eksperiment sharoitlarini faollashtiradi. Har bir stimul har bir mustaqil o‘zgaruvchining alohida qiymatini ko‘rsatadi. Barcha o‘zgaruvchilar to‘liq namoyon etilishi zarur: alohida/davomiy o‘zgaruvchilar: keng turdagi qiymatlar yoki bir guruhga birlashtirilgan qiymatlar (past, o‘rta, yuqori); kategoriyali o‘zgaruvchilar: darajalarning barcha kombinatsiyalari. Har bir shart-sharoit uchun bir xil sondagi stimulatorlar ishlatilishi zarur. Quyidagi misolga e’tibor qaratamiz: masalan, bitta so‘zni bilish uchun ketgan vaqt: so‘zning etimologiyasi, korpus chastotasi va morfologik murakkabligi nuqtai nazardan tahlil qilinishi mumkin. Stimul tanlash yoki yaratish tilning o‘zi tomonidan chegaralanishi lozim: masalan, yuqori chastotali uch morfemali so‘z. Tashqi o‘zgaruvchilar nazorat va e’tiborga olini zarur: masalan, so‘z uzunligi doimiy nazoratga olinib, ma’lum muvozanatda saqlanishi talab etiladi.
Ishtirokchilar. Tadqiqot sub’ektlari vakillari bo‘lib, ular kompensatsiya kurs krediti, naqd pul, tilxat, lotereyada qatnashish kabi rag‘batlar ko‘rinishida mukofotlanadi. Sub’ekti inson bo‘lgan tadqiqotlar odatda chegaralangan. Qonunchilik asoslari davlatga bog‘liq bo‘ladi. Ruxsat so‘rash talab etiladi. Etiketning uchta tamoyiliga amal qilinadi: xavfsizlik, xabardorlik va maxfiylik.
Etiket tamoyillari. Xavfsizlik: ishtirokchilarga moddiy va ma’naviy zarar etmaslik zarur. Xabardorlik: ular eksperiment haqida to‘liq xabardor bo‘lish lozim, ya’ni ular nima ish qiladi yoki ko‘radi. Ular odatda o‘z roziliklarini tasdiqlovchi hujjatga imzo chekadilar. Maxfiylik: ishtirokchilar anonim tarzda rasmiylashtiriladi. Ishtirokchilar haqida hech qanday shaxsiy ma’lumotlar oshkora ifodalanmaydi. Ishtirokchilarni tanib olishda identifikatsion raqamlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |