Abasa’’ surasining qiyosiy tahlili. بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Birinchi oyat


Download 77.43 Kb.
bet10/11
Sana24.06.2023
Hajmi77.43 Kb.
#1653436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
abasa12

O’ttiz yettinchi oyat:
لِكُلِّ امْرِئٍ مِنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ


Ma’noviy tarjimasi: U kunda ulardan har bir shaxsni ovora qiluvchi o’z ishi bor.
Tafsiri jalolayn: O'sha Kuni ulardan har-bir kishi uchun, mashg'ul qiluvchi
o'z ishlari bordir. Uni boshqaning ishidan mashg'ul qiladi
ya'ni, har-bir shaxs o'z ishi bilan ovora bo'lib qoladi.

Tafsiri hilol: Ha, qiyomat kuni daxshati shunchalik kuchliki, har bir odam kim bo’lishidan qatiy nazar, faqat o’zinigina o’ylab qoladi. Aka-uka ham, ota- ona ham bola -chaqayu eru xotin ham yodgan kelmay qoladi. Hamma o’zini o’ylab, bir – biridan qochadi.


O’ttiz sakkizinchi oyat:
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ مُسْفِرَةٌ
Ma’noviy tarjimasi: U kunda porloq chehralar bor.
Tafsiri jalolayn:O'sha Kunda porloq (nurli) yuzlar bo'lur.
Tafsiri hilol:
O’ttiz to’qqizinchi oyat:
ضَاحِكَةٌ مُسْتَبْشِرَةٌ


Ma’noviy tarjimasi: Ular kulgu bilan to’la, yetgan xushhabardan xursand.
Tafsiri jalolayn: Ular kulgu bilan to'la, xushxabarlangan. Xursand holdadir,ular mo''minlardir..
Tafsiri hilol: Albatta, bular jannatiy bandalarning chehralaridir. Qiyomat kunk, avval zikr qilinganidek, o’ta daxshatli, har bir odamni o’zini o’zi bilan ovvora qilib qo’yadigan qo’rqinchli bir kun bo’lsa ham, o’sha kunda taqvodor mo’min-musulmonlarning chehralari porloq bo’ladi. Ular bu dunyodagi toat- e’tiqodlari, ibodatu amali solihlari mukofoti tariqasida o’zlariga jannat va uning ne’mati haqida berikgan xushhabardan xursandlar, yuzlari to’la kulgu.
Qirqinchi oyat:
وَوُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ عَلَيْهَا غَبَرَةٌ


Ma’noviy tarjimasi: U kunda bir chehralar borki, ularni g’ubor bosgan.
Tafsiri jalolayn:U Kunda ustlarini g'ubor bosgan yuzlar bordir.
Tafsiri hilol:



Download 77.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling