Abay qo'nonboyev (1845 1904)


Download 130.5 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1225143
Bog'liq
6-sinf 2-qism II bob


Akba@rshoh

6-sinf II qism 2-bob.
1.Abay qachon, qanday oilada tug'ildi?
a) 1854-yilda, o’qituvchi oilasida
b) 1845-yilda, dehqon oilasida
s) 1854-yilda, sartarosh oilasida
d) 1845-yilda, chorvador oilasida
2. Abay qayerda tug’ilgan?
a) Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida
b) Qozog'istonning Turkiston tumanida
s) Qozog'istonning Qoratog’ etaklarida
d) Qozog'istonning Chingiztov tumanida
3. Abay bastalagan nechta o'lan kuyi hozirgacha oqinlar tomonidan sevib ijro etilyapti?
a) 44 ta b) 16 ta s) 17 ta d) 71 ta
4. “…insonni sof saqlaydigan, uni gunohkorlikdan, johililkdan, shaytonning gapiga kirib, nafs baJosiga giriftor bo’lishlikdan saqlaydigan, adashgan bandalarni to'g'ri yo'lga solib yuboradigan ham – men”, Deb “Naqliya so’zlar”da nima aytadi?
a)aql b) yurak c)g’ayrat d)ilm
5.Abayning “ Nasihatlari”da 37-so’zidagi nechanchi bandda Yomon do'st - bir ko'lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutulolmaysan, bulutli kunda esa izlasang ham topolmaysan. Deyilgan?
a) 18 b) 17 c) 16 d)19
6. Abay “Nasihatlari”ning nechanchi so’zida ilm o’rganishning bir necha shartlari haqida gap ketadi? a) 32 b) 37 c) 17 d) 3
7. Abay “Nasihatlari”ning nechanchi so’zida 20 ta o’giti joy olgan? a) 32 b) 37 c) 17 d) 3
8.Abayning asl ismi?
a) Ismoil b) Abror s) Ibrohim d) Ahmad
9.Abayning dostonlarini toping.
a) «Sho'rlik qozog'im», «Ilm o'rgan», «0'lan»
b) «Iskandar», «Sho'rlik qozog'im», «Azim rivoyati»
s) «Iskandar», «Mas'ud»,«Azimrivoyati»
d) «Iskandar», «Mas'ud», «0'lan»
10.Abay she'rlarini kimlar o'zbek tiliga tarjima qilgan?
a) Usmon Nosir, Hamid Olimjon
b) Mirtemir, Usmon Nosir
s) Hamid Olimjon, Uyg'un
d) Mirtemir, Uyg'un
11.Abay merosining salmoqli qismini qaysi asari tashkil etadi?
a) «Naqliya so'zlar» b) «Iskandar»
s) «Sho'rlik qozog'im» d) «Azim rivoyati»
12.«Naqliya so'zlar» asari o'zbek tilida qaysi nom bilan mashhur?
a) “Nasihatlar” b) “Nasihat so’zlar”
s) “Odobnoma” d) “O’gitlar”
13. Abayning «Nasihatlar» kitobini kim o'zbek tiliga tarjima qilgan?
a) Nosir Fozilov b) Mirtemir
s) Uyg'un d) Hamid Olimjon
14. Abayning «Nasihatlar» kitobi necha bo'limdan iborat?
a) 17 bo'limdan b) 44 bo'limdan
s) 3 bo'limdan d) 40 bo'limdan
15. Abayning qaysi kabi she'rlarida ilg'or millatlardan o'rnak olib qoloqlikdan chiqish, chidam va mashaqqat bilan ilm-fanni egallashga da'vat yaqqol sezilib turadi? 1.«Iskandar», 2.«Sho'rlik qozog'im», 3.«Boy bolasi bilan kambag'al bolasi»,4.«Azim rivoyati» 5.«Ilm o'rgan», 6.«O'lan» 7.«Mas'ud»,
a) 1,2,3,4,5 b) 1,2,4,6,7
c) 1,2,3,5,6 d)2,3,5,6
16. Abayning “Nasihatlar” kitobida bola ikki odat bilan tug’iladi ular qaysilar?
a) yesam, ichsam, uxlasam; ko'rsam, bilsam
b)yursam, ichsam, uxlasam; ko'rsam, bilsam
c) yesam, ichsam, o’ynasam; ko'rsam, bilsam
d)yesam, ichsam, uxlasam; kulsam, bilsam
17. Abayning “Nasihatlar” kitobida Kishi eshitgan narsasini unutmaslik uchun to'rtta shart bor: ular qaysilar? 1.buning uchun zehnli bo'lmoq kerak;2. ilmni egallashdan oldin undan keladigan foyda-zararni o’ylash; 3.bir narsani ko'rganda, yo eshitganda - unga chin yurakdan ixlos qo'yib, fahm-farosat bilan uqib olmoqlik; 4.eshitganlarini ichida bir necha marta takrorlab, ko'ngilga jo qilmoq; 5. Ilmni nima maqsadda egallayotganini aniqlab olish;6. ko'ngilga boshqa narsalarni mutlaqo keltirmaslik
a)1,2,3,4,5 b)2,3,4,6 c) 1,3,4,5 d) 1,3,4,6
18. Abayning “Nasihatlar” kitobida aql bilan ilmga putur yetkazadigan to’rt omilni toping. 1. beg'amlik, 2.beparvolik, 3.hisobsizlik 4. dangasalik 5. o'yin-kulgi 6. ixlos qo'ymaslik
a)1,2,5,6 b) 2,3,5,6 c)1,2,4,5 d) 1,2,3,4.
19. Abayning “Nasihatlar” kitobida avvalo – Xudoning, ikkinchidan - xalqning, uchinchidan - davlatning, to'rtinchidan - ibratning, beshinchidan -aqlning, or-nomusning dushmanidir, deb nima aytilgan?
a) beg'amlik,beparvolik
b) dangasalik o'yin-kulgi
c)beparvolik, o'yin-kulgi
d)dangasalik, beparvolik
20. Abayning nasihatlarida ilm yurakni nimada ayblaydi?
a) yaxshi-yu yomomga bir xil xizmat qilishida,
b)ba’zan yaxshilikka yoki ba’zan yomonlikka mahkam yopishib olasan,
c) hech qanday ayb qo’ymaydi?
21. Abayning nasihatlarida ilmni ko'proq o'rganish uchun odamda yana ikki narsa bo'lishi lozim: biri - mulohaza yuritish, ikkinchisi nima?
a) qunt bilan tenlash b) muhovaza qilish c) mubohaza qilish d) mustahkam qilish
22. Har kuni o'z vaqtida toat-ibodatni kanda qilmay o'miga qo'yish ham - mening ishim. Deb “Naqliya so’zlar”da nima aytadi?
a)aql b) yurak c)g’ayrat d)ilm
23.“Yaratgan tangri taoloni ham sen tanitasan, mavjud har ikki dunyoning kori-holini ham sen bilasan” “Naqliya so’zlar”da Ushbu fikr nimaga aytilgan? a)aql b) yurak c)g’ayrat d)ilm
24.”... ko'ngildagi ishonchni mustahkamlash uchun bo'lsa - bu zarar emas, lekin haddan oshib ketsa - kishini tuzatishdan ko'ra ham ko'proq buzib qo'yishi mumkin” deganda Abay nimani aytgan edi?
A) Xulqni B) Sabr C) Bahs D) Mulohaza
25.”... yo birovning o'rinli, yo birovning o'rinsiz gapiga ishonib ketsang yoki to'g'ri kelgan narsalarga ko'ngil qo'yaversang uning buzilib ketishi hech gap emas. U buzilganidan keyin esa o'qib ilm o'rganganingdan hech foyda yo'q” deganda Abay nimani aytgan edi?
A) Fe’l-atvor B) Sabr C) Til D) Mulohaza
26. Men inson tanasining podshosiman. Deb nima aytadi?
a)aql b) yurak c)g’ayrat d)ilm
27. turli amal, hiyla-nayranglarning bari sendan chiqadi; yaxshining ham, yomonning ham tayangani - sensan. Sen ikkalasiga ham birdek xizmat qilasan, istaganini topib berasan - mana shu odating yomon! “Naqliya so’zlar”da Ushbu fikr nimaga aytilgan?
a)aql b) yurak c)g’ayrat d)ilm
28.“Biroq inson meni hamma vaqt ham sof saqlay olmaydi. Oxir bir kuni xor qiladi. Agar men toza bo'lsam, inson bolasini olalamagan bo'lur edim” Deb “Naqliya so’zlar”da nima aytadi?
a)aql b) yurak c)g’ayrat d)ilm
29.“Na bu dunyoda va na u dunyoda nimaiki foydali, nimaiki zararli bo'lsa - biladigan bir menman. Sening so'zingni uqadigan ham men”, deb “Naqliya so’zlar”da nima aytadi?
a)aql b) yurak c)g’ayrat d)ilm
30“…och-yalang'och, to'shaksiz sovqotib yurgan kambag'alni holi nima kechdi ekan, deb o'ylantirib, uni u yonidan bu yoniga ag'anatadigan, uyqusini qochirib, jonini achitadigan ham – menman”, Deb “Naqliya so’zlar”da nima aytadi?
a)aql b) yurak c)g’ayrat d)ilm
31. Abay “Nasihatlari”da nimani buyuk qoyaga o’xshatadi?
A) Dunyoni B) Mansabni C)TulniD) Ilmni
32. Abay “Nasihatlari”da nimani g’ayratsiz jahl, qayg’usiz oshiq, shogirdsiz olim deb ataydi?
A) Dunyoni B)Mansabni C)Tulni D) Ilmni
33.Zulfiya qaysi mahallada tug’ilgan?
A) O’qchi B) Mergancha
C) Degrez D) Bekvachcha
34.Zulfiya qancha vaqt «Saodat» nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo'lgan?
a) 1955-yildan 1980-yilgacha, qariyb 30 yilga yaqin
b) 1953-yildan 1980-yilgacha, qariyb 30 yilga yaqin
s) 1957-yildan 1980-yilgacha, qariyb 30 yilga yaqin
d) 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyb 30 yilga yaqin
35.Dastlabki she'rlari qanday nom bilan qachon bosilib chiqqan?
a) «Hayot varaqlari» 1932-yil
b) «Tong qo'shig'i»1932-yil
s) «She'rlar»1933-yil
d) «Qizlar qo'shig'i» 1934-yil
36. Zulfiya turmush o'rtog'i Hamid Olimjonning qaysi dostonlari asosida pyesa va librettolarini yaratdi?
a) «Quyoshli qalam», «Mushoira»
b) «Quyoshli qalam», «Mushoira», «Xotira siniqlari»
s) «Zaynab va Omon», «Xotira siniqlari»
d) «Zaynab va Omon», «Semurg’» dostonlari asosida
37.Zulfiyaning she'rlari qaysi tillarga tarjima qilingan?
a) xitoy, hind, yapon, arab, fors
b) ingliz, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors,
s) ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vyetnam
d) rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vyetnam
38..«Bu - qadim dunyoda yangi bir olam, Bunda orqa tog'siz bir tirik jon yo'q». Zulfiyaning ushbu misralaridagi «orqa tog'» - suyanch kim?
a) xalq b) vatan s) ota d) ona
39. Zulfiyaning «Bog'lar qiyg'os gulda» she'rida “shoir xayoliday latif, serhasham”, deya ta'riflangan daraxt?
a) o’rik b) namatak s) majnuntol d) jiyda
40. Zulfiyaning dostonlarini toping.
a) «Quyoshli qalam», «Semurg’»
b) «Quyoshli qalam», «Mushoira», «Xotira siniqlari»
s) «Zaynab va Omon», «Xotira siniqlari»
d) «Zaynab va Omon», «Semurg’» dostonlari asosida
41.«Bog'lar qiyg'os gulda» she'rida «bir kaft bog'» qanday ramziy ma'noni anglatadi?
a)vatanni b)oilani s)ahilliknid) do’stlikni
42.Zulfiyaning she’riy to’plamlarini toping. 1.«She'rlar», 2.«Qizlar qo'shig'i», 3.«Uni Farhod der edilar», 4.«Hijron kunlarida», 5.«Yuragimga yaqin kishilar», 6.«Kuylarim sizga»,7. «Dalada bir kun», 8. «Tong qo’shig’i» 9. «O’ylar», 10. «Mushoira» 11. «Shalola»
a)barchasi b) 2,3,5,6,8,9,11
c) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,11 d) 1,3,5,6,8,9
43. Zulfiya qaysi she’rida Inson hamisha kimgadir suyanib, intilib yashaganidek, kichik xalq-u elatlar ham katta xalq va millatlarga suyanishi, ishonishiga ishora qilingan?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)«Men o'tgan umrga»
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
44. Zulfiyaning hayotsevarlik, o’quvchida yorug’ kayfiyat paydo etish istagi hukmron bo’lgan she’rlari qaysilar?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)barchasida
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
45. Zulfiya qaysi sherida she’riyatdagi jonlantirish san’atidan mohirona foydalanib, dunyodan o’tib ketgan yaqin opdamining sog’inch xotirasini qalamga oladi? a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)barchasida
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
46. Qaysi adib “baxt va shodlik kuychisi” deyilgan?
A) Oybek B) Hamid olimjon C) Zulfiya D) Uyg’un
47. Zulfiyaning qaysi she’rida umri qancha qiyinchilik, judolik va ayriliqlarga qaramay, yaxshi insonlar orasida kechganini, shukronalik hislarini qalamga oladi?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
48, Zulfiyaning qaysi she’ri oltmish yoshlardan o’tib, keksalik boshlanish pallalarida yozilgan?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
49. Zulfiyaning qaysi she’ri 1954-yil jamoat arbobi sifatida turli mamlakatlarda bo’lib, tinchlisevar odamlar har qanday urushlarga yo’l qo’ymaslik uchun kurashuvchilar saflarida ishtirok etgan pallalarida yozilgan?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
50. Zulfiya qaysi she’rida o’zi bilan birga she’rxon qalbiga ham umidbaxsh tuyg’ular solib, uni ham o’tayotgan kunlaridan zavqlanib yashashga, yaratishga bunyodkorlikka da’vat etadi?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
51.Mana, yurtga o’g’il o’stirgan
Bir davlatmand boy bo lib qoldim. Ushbu misralar Zulfiyaning qaysi she’ridan?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
52. Biri yuzlarimga baxsh etar kulgu,
Biri qonlarimga solar hayajon.
Biri olg’a chorlar bo’lib oq orzu
Biri der: hayotsan yur orzu tomon. Ushbu misralar Zulfiyaning qaysi she’ridan?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
53. Zulfiya qaysi she’rida Farzandlarining ismini tilga oladi?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
54. Zulfiya qaysi she’rida “yurak to’la shodlik, mehr, baxt”, “tiniq va yorqin orzu to’lqinida oqaman” degan jumlalarini keltiradi?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
55. Zulfiyaninf farzandlarini toping.
A) Zaynab, Omon B) Hulkar, Omon
C) Hanifa, Omon D) Zuhra, Omon
56. Hijroning qalbimda, sozing qo limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham! Ushbu misralar Zulfiyaning qaysi she’ridan?
a)«Baxtim bor, ajoyib kishilar aro…», b)«Bog'lar qiyg'os gulda»
c)”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”
d) «Bahor keldi seni so’roqlab»
57.Pirimqul Qodirov Moskvadagi aspiranturaga o'qishga kirib, 1954-yilda qaysi mavzuda tadqiq etilgan nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi?
a) Abdulla Qahhor hikoyalarining uslubiy jihatlari mavzusida.
b) Abdulla Qahhor asarlarining tili va uslubiy jihatlari mavzusida.
s) O’zbek tili va uning uslubiy jihatlari mavzusida.
d) Abdulla Qahhor – mohir hikoyanavist mavzusida.
58. Pirimqul Qodirovning dastlabki kitobi qanday nom bilan e'lon qilindi?
a) «Meros» b) «Studentlar»
s) «Qora ko'zlar» d) «Qadrim»
59. Pirimqul Qodirovning qissalarini toping. 1.«Meros», 2.«Erk», 3. «Qadrim», 4.«Yayra institutga kirmoqchi», 5.«Najot», 6.«Akramning sarguzashtlari»
a) 1,2,3,4,5, b) 1,2,4,5,6
s) 2,3,5,6 d) 1,2,3,4,6
60.Pirimqul Qodirovning romanlarini toping. 1.«Uch ildiz», 2.«Erk», 3.“0lmos kamar”, 4.«Yulduzli tunlar», 5.«Avlodlar dovoni», 6.«Qora ko'zlar»,
a) 1,2,3,4,5,6 b) 1,3,4,5,6
s) 2,3,4,5, d) 1,2,3,4,6
61.Pirimqul Qodirovning «Meros» qissasida kimlar tasvirlanadi?
a) ziyolilar b) neft konlarini izlovchilar
s) dehqonlar d) paxtakorlar
62.Pirimqul Qodirovning «Uch ildiz» romanida kimlar tasvirlanadi?
a) ziyolilar b) neft konlarini izlovchilar
s) dehqonlar d) paxtakorlar ziyolilar
63.Pirimqul Qodirovning «Qadrim» qissasida kimlar tasvirlanadi?
a) ziyolilar b) neft konlarini izlovchilar
s) dehqonlar d) paxtakorlar ziyolilar
64. Pirimqul Qodirovning tarixiy mavzudagi romanlarini toping.
a) «0'tkan kunlar», «Yulduzli tunlar»
b) «Avlodlar dovoni», «Olmos kamar»
s) «Olmos kamar», «Ulug’bek xazihasi»,
d) «Yulduzli tunlar» va «Avlodlardovoni»
65. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Bobur Onasi va egachisi bilan qancha vaqtdan beri ko’rishmaganligini eslaydi?
A) 6 oy B) 12 oy C) 10 oy C) 9 oy
66. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Qutlug’ Nigor xonim uzoqdan kelayotgan boburni qanday tanib qoladi?
A) Ostidagi samanidan
B) Zarbof to’nidan
C) Sallasiga qadalgan tojdorlik belgisidan D) Otining tilla jig’asidan
67. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Qutlug’ Nigor xonim Ahmad Tanbal qurshovidan qaysi gapi ta’sir qilibdi deb chiqib ketadi?
A) ”O’glim Samarqand hukumdori” deb B) ”InimMahmud Toshkent tojdori deb” C)”O’glim Jahongir Andijon tojdori” deb D) a va b
68.P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Qayer Chingizxon bilan mardona kurashgan Temur Malik davridan beri mo’g’ul bosqinchilaridan ko’p jabr ko’rgan deyilgan?
A)Qo’qon B)Andijon C)Marv D) Xo’jand
69. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Amir Temurning qilichini kim topgan?
A) Qutlug’ Nigorxonim B) Bobur
C) Tohir D) Qosimbek
70. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida ”Bizkim, maliki Turon, podshohi Turkiston Amir Temur Ko’ragon Farzandlarimiz Mironshoh Mirzoga To’xtamish bilan muhoribada ko’rsatgan jasorati uchun o’z qilichlarimizdan birini in’om etdik” degan jumlalar qayerga yozilgan?
A) Temur qilichiga
B) Temur qilichining qiniga
C) Boburning tojdorlik muhriga
D) qilich solingan sandiqqa
71. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Abusaid vafotidan so’ng farzandlari oltin-u javohirlarni talashib olganda Boburning otasi nimani afzal ko’rib olgan edi?
A) taxt va sandiqdagi qilichni
B) xotiralar bitilgan daftar va sandiqdagi qilichni
C) Xotiralar daftari va taxtni
D) sandiqdagi qilichni
72. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida ”Rosti – rusti”, ya’ni ”Kuch – adolatdadir” degan jumla qayerga yozilgan edi?
A) Temur qilichiga
B) Temur qilichining qiniga
C) Boburning tojdorlik muhriga
D) qilich solingan sandiqqa
73. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Qoraqum, Qizilqum sahrolarida, Hisor va Badaxshon tog’larida to’rt yil quvg’inda yurib kuch to’playdi, deganda kim nazarda tutilgan?
A)A. Temur B) Temur Malik
C) Bobur D) Ahmad Tanbal
74. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida kim yolg’onchilik bilan taxtni egallab, Boburni ”o’ldi” deb ovoza tarqatadi?
A) Qosimbek B)Ali Do’stbek
C) Ahmad Tanbal D) Jahongir
75. ”... ... ... xato qilganki, meni behush ahvolda ko’rgan navkarni Samarqandda to’xtatib turmagan. Buni sir tutmoq kerak edi”. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanidan olingan parchada nuqtalar o’rniga qo’yiladigan ismni toping.
A) Qosimbek B)Ali Do’stbek
C) Ahmad Tanbal D) Jahongir
76. Amir Temur Samarqanddagi va Shahrizabzdagi xonumonidan judo bo’lib, ota yurtining to’rt tomoniga bosh urib najot izlaganida necha yoshda edi?
A) 25 B) 16 C) 17 D) 20
77. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Marg’ilondan chopar yigit kelganida Bobur qaysi asarni o’qib o’tirgan edi?
A) ”Temur Tuzuklari”ni
B) SH, Ali Yazdiyning ”Zafarnoma”sini C) M. Ulug’bekning ”Tarixi arbaa ulus”ni D) Shayboniyxonning ”Shajarai turk” asarini
78. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Bobur ”bizga xiyonat qilib, Andijonni Tanbalga yashiriqcha topshirgan tog’oyimiz” deganda kimni aytgan edi?
A) Qosimbek B)Ali Do’stbek
C) Ahmad Tanbal D) Jahongir
79. Ovchi qishlog’idagi Bobur O’tirgan qoyatoshni hozira o’sha yerlik aholi qanday nomlashadi?
A) ”Sangi Boburxon” B) ”Boburtaxt”
C) ”Boburtosh” D) ”Boburtog’”
80. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida ”Qur’oni karim oldida so’z berurman, umrbod sodiq qulingiz bo’lurman, amirzodam! Faqat meni inoyatlaringizdan mahrum qilmasangiz bas”, deb Boburga yolvorgan obrazni toping.
A) Qosimbek B)Ali Do’stbek
C) Ahmad Tanbal D) Jahongir
81. Boburdan Ali Do’stbek qanday lavozimni so’raydi?
A) sohib ixtiyor eshik og’asi bo’lishni
B) saroydagi bosh xizmatkor bo’lishni
C) Marg’ilon hokimi bo’lishni D) a va b
82. Ali Do’stbek so’ragan lavozimni kim boshqarar edi?
A) Qosimbek B)Uzun Hasan
C) Ahmad Tanbal D) Jahongir
83. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Tanbalga sadoqat saqlab turgan Axsi dorug’asi kim edi?
A) Qosimbek B)Uzun Hasan
C) Ali Do’stbek D) Jahongir
84. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Bobur ”El-yurtda adolat bor ekan. Shukr, Mas’ud kunlarga yetishdik!” deganda qaysi shaharni aytgan edi?
A) Andijon B) Marg’ilon
C) Xo’jand D) Samarqand
85. P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida qurshovda qolgan Tanbalning so’ggi umidi kimdan edi?
A) Uzun Hasandann
B) Katta akasi Tilba Sultondan
C) Toshkent xoni Mahmudxondan
D) b va c
86.Qaysi asar qahramoni - umrbod ixlos qo'yib yurgani odam bolalaridan cheksiz adolatsizlik, nomardlik, vahshiylik ko'rgan Ziyodulla chavandoz o'zining sevimli, vafodor, sadoqatli otidan panoh so'raydi?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» qissasi
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
87.Tog'ay Murodning dastlabki yirik asari qaysi va u qachon yaratilgan?
a) 1985-yil «Qo'shiq» qissasi
b) 1976-yil «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) 1979-yil «Ot kishnagan oqshom» qissasi
d) 1976-yil «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
88. Tog'ay Murodning qaysi qissasi 1979-yilda «Yoshlik» jurnalida chop qilindi?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» qissasi
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
89. Tog'ay Murodning qaysi asarida o'sha davr adabiyotida kamdan-kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, butun dunyoga ibrat qilib ko'rsatiigan «sovet kishisi» tabiatiga xos bo'lgan turli illatlar badiiy jihatdan ta'sirchan va ishonarli ochib berilgan?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» qissasi
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
90. Qaysi asardagi qishloq mehnatkashlarining og'ir mehnati, katta-kichik rahbarlarning ularga bepisand munosabati, odamlardagi pokiza his-tuyg'ularning toptalishi, kuppa-kunduz bo'layotgan adolatsizliklar tasvir va talqini o'quvchilarning tahsiniga sazovor bo'ldi?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» qissasi
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
91. Qaysi qissada befarzandlikda g'am chekkan er-u xotin taqdiri qalamga olinadi?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» qissasi
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
92. Qaysi qissasi muxlislar orasida “Muhabbat qo'shig'i” deb atalib, u 1980-yilda yaratilgan?
a) «Otamdan qolgan dalalar»
b) «Oydinda yurgan odamlar»
s) «Ot kishnagan oqshomlar»
d) «Qo'shiq»
93.Tog'ay Murodning qaysi asariga Qodiriy nomidagi davlat mukofoti berilgan?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» romani
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
94.Tog'ay Murodning qaysi asari e'lon qilingach, yozuvchiga O'zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berildi?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» romani
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
95. «Otamdan qolgan dalalar» romanida nima qilib bo'lsa ham yurt tuprog'ini bosqinchilardan tozalash niyatida qo'liga qilich tutgan qahramon nomini toping.
a) Jamoliddin b) Tiloverdi
s) Dehqonqul d) Aqrab (Chayon)
96. Sho'ro hukumati Moskvaning «paxta mustaqilligini ta'minlash» siyosati qurboni bo'lgan Dehqonqul qaysi asar qahramoni?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» romani
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
97. Qaysi asarda bir oilaning uch avlodi hayoti misolida butun millatning taqdiri o'ta ta'sirchan bo'yoqlarda ifoda etiladi?
A) Tog'ay Murod, "Otamdan qolgan dalalar"
B) P.Qodirov, "Avlodlar dovoni"
C) O'.Hoshimov, "Ikki eshik orasi"
D) O.Yoqubov, "Ko'hna dunyo"
98. Bo'ri polvon sevgilisining ismi?
a) Suluvb) Momoqiz s) Nilufar d) Oysuluv
99. Bo'ri polvonning do'sti bo'lsa-da, uning suygan qizini ilib katgan qahramon kim?
a) Ro'zi polvon b) Sadir polvon
s) Normurod polvon d) Nasim polvon
100.«Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Xo'jasoatlik polvonning ismini toping?
a) Ro'zi polvon b) Sadir polvon
s) Normurod polvon d) Nasim polvon
101.«Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Sho'rchilik polvon kim?
a) Ro'zi polvon b) Sadir polvon
s) Normurod polvon d) Nasim polvon
102.Qaysi polvon o'z qishlog'idan davraga boshqa polvon chiqmaganligi uchun oppoq soqoli bilan sport masteri Maksim polvonga qarshi davraga chiqadi?
a) Ro'zi polvon b) Bo'ri polvon
s) Normurod polvon d) Nasim polvon
103.«Yulduzlar mangu yonadi» qissasida ushbu fikrlarni kim aytadi? «Avlodlar almashgan sayin yurak yo'qolib boryapti. Jasad bor! Aql bor! Yurak yo’q! To’rt mucha bor! Kuch-quvvat bor! Yurak yo’q!
a) Ro'zi polvon b) Bo'ri polvon
s) Normurod polvon d) Nasim polvon
104. Ismoil polvon Bo'ri polvonni yenggandan so'ng, u bilan qayta kurashga tushmaslik uchun o'zini doim chetga olib yuradi. Bo'ri polvon ayyorlik bilan unga bir to'yga kechikib borib davrada ro'para keladi. Bu to'y qayerda bo'lgan edi?
a) Shahrisabzda b) Termizda
s) Saraosiyoda d) Denovda
105. «Laylakning yurishini qilaman deb, chumchuqning puti yirtilgan ekan» maqoli qaysi asarda keltirilgan?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» qissasi
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
106.Tiloverdi Bo'ri polvonning nechanchi farzandi edi?
a) 2-farzandi b) 3-farzandi
s) 4-farzandi d) 5-farzandi
107.Bo'ri polvonning nechta farzandi bor edi?
a) 5 ta: 3 tasi qiz, 2 tasi o'g'il
b) 4 ta: 3 tasi qiz, 1 tasi o'g'il
s) 5 ta: 4 tasi qiz, 1 tasi o'g'il
d) 6 ta: 5 tasi qiz, 1 tasi o'g'il
108. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Bo’ri polvon qayerdagi kurashda yiqilgan edi?
A) Sho’rchida B) Termizda
C) Saraosiyoda D) Denovda
109..«Yulduzlar mangu yonadi» qissasida xalq nimasi bilan xalq deyiladi? a)polvonlari bilan b)kurashi bilan
c)urf-odatlari bilan d) boyligi bilan
110. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida qaysi polvon “biz polvonlar maktabini ko’rmaganmiz” deydi?
A)Bo’ri B)Tilovberdi
C)Ismoil D) Normurod
111.” Bu yog'i kamday, ne-ne nimalarimizni eskilik sarqiti deb yo'q qildik. Xiyol bo'lmasa xalqning o'zini-da... eskilik sarqitiga chiqarib yuborayin, dedik! Bugun buni yo'qota bersak, ertaga uni yo'qota bersak... podadan nima farqimiz qoladi?..” «Yulduzlar mangu yonadi» qissasidagi ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan?
A) Bo’ri B) Tilovberdi
C) Ismoil D) Nasim
112. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida qaysi polvon tuxum simirib polvon bo’lgan?
A) Bo’ri B) Tilovberdi
C) Ismoil D) Nasim
113. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida davraboshi kim?
A) Abray B) Amir C)Normurod D) Bo’ri
114. T. Murodning Qaysi asarida qadim o'zbekning paxtakorlik faoliyati sirsinoatlari to'liq qog'ozga tushiriladi?
a) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi
b) «Ot kishnagan oqshom» qissasi
s) «Otamdan qolgan dalalar» romani
d) «Oydinda yurgan odamlar» qissasi
115. Bo'ri polvon hammadan zo'ri o'zimman, deb o'ylab, o'zidan necha yosh bo'lgan qaysi polvondan yengilib qoladi?
a) Ro'zi polvon b) Sadir polvon
s) Normurod polvon d) Ismoil polvondan
116. Ibroyim Yusupovning she'riy to'plamlari berilgan qatorni toping.1.«Kun chiqish yo'lovchisiga», 2.«Qoraqalpoqni ko'p maqtamang ko'zimcha», 3.«Qora tol», 4.«Turnalar», 5.«Mening yigit vaqtim»
a) 1,2,3,4,6 b) 1,2,4,5,6 s) 1,2,3,4,5,6 d) 2,4,5,6
117. Ibroyim Yusupovning dostonlari berilgan qatorni toping.1.«Akatsiya gullagan joyda», 2.«Gilamchi xotin haqida haqiqat», 3.«Turnalar», 4.«Mangu buloq», 5.«Qirq qiz», 6.«Dala armonlari»,
a) 1,2,3,4,6 b) 1,2,4,5,6 s) 1,2,4,6 d) 2,4,5,6
118. Ibroyim Yusupovning dramalari berilgan qatorni toping.
a) «Qirq qiz», «Aktrisaning iqboli», «Umirbek laqqi»
b)«Turnalar»,«Mangu buloq», «Qirq qiz»,
s) «Qora tol», «Turnalar», «Mening yigit vaqtim»
d) «Buloqlar qaynaydi», «Oltin qirg'oq», «Dala armonlari»
119. Ibroyim Yusupovning librettosi berilgan qatorni toping.
a) «Buloqlar qaynaydi»b) «Dala armonlari»
s) «Oltin qirg'oq» d) «Ajiniyoz»
120. Ibroyim Yusupovning 1986-yilda chop etilgan tarjima asari.
a) «Oltin qirg'oq» b) «Mangu buloqlar»
s) «Dala armonlari» d) «Cho'l to'rg'ayi»
121. Ibroyim Yusupovning 1965, 1967, 1971-yillarda yozilgan dramalarini toping
a) «Qirq qiz», «Aktrisaning iqboli», «Umirbek laqqi»
b)«Turnalar»,«Mangu buloq», «Qirq qiz»,
s) «Qora tol», «Turnalar», «Mening yigit vaqtim»
d) «Buloqlar qaynaydi», «Oltin qirg'oq», «Dala armonlari»
122. «Har kimning tug'ilgan yeri - Misr». Ibroyim Yusupovning qaysi asari epigrafi hisoblanadi?
a) «Buloqlar qaynaydi s) «Dala armonlari»
b) «Qadrdon so'qmoqlar d)«Cho'l to'rg'ayi»
123. «Qadrdon so'qmoqlar» she'riga nechta to'rtlik ilova qilin­gan?
a) 4 ta b) 2 ta s) 8 ta d) 6 ta
124. «Qadrdon so'qmoqlar» she'rida qizil kendr bilan qaysi daraxt shivirlashib yonma-yon o'sardi?
a) o’rik daraxti b) tol daraxti
s) majnuntol daraxti d) terak daraxti
125. «Qadrdon so'qmoqlar» she'rida mosh paykalda chug'urlayotgan gala chumchuqlar kimga o'xshatiladi?
a) bozordagi olib-sotarlarga
b) she'r o'qishib turgan yosh shoirlarga
s) futbol ishqibozlariga
d) boqcha bolalariga
126. «Ota, narvon bo'pti anov qo'sh terak! Bolam, terak emas, bu umr-ku, bu!» misralaridagi «narvon», «qo'sh terak» nimaning ramzi?
a) hayot
b) oila va uning a’zolari
s) vaqtning o’tkinchi ekanligi
d) ota va onaning umri
127. Dunyodagi barcha mavjud hodisalarning sirini hech bo'lmasa yuzakiroq bo'lsa ham bilmaslik - bu odamgarchilikdan emas. Ushbu jumla qaysi adib ijodidan?
a) Tog’ay Murod b) P.Qodirov
s) Ibrohim Yusupov d) Abay
128.Qaysi Yozuvchini tarixga to'g'ri yondashuvni bilmaslikda, zolim podsholarni ulug'lashda, o'tmishni ideallashtirishda aybladilar?
a) Tog’ay Murod b) P.Qodirov
s) Ibrohim Yusupov d) Abay
129. Qaysi yozuvchi Rus, ukrain, ozarboyjon, hind shoiralarining she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qiladi?
A) I. Yusupov B) Zulfiya
C) T. Murod D) P. Qodirov
130.E.Seton Tompsonning «Yovvoyi yo'rg'a» asarini kim o'zbek tiliga tarjima qilgan?
a) Tog’ay Murod b) P.Qodirov
s) Ibrohim Yusupov d) Abay
131.”O'zi kashf etardi, kashf etganday baxt.” ushbu misralar Zulfiyaning qaysi she’rida uchraydi?
a) ”O’g’lim, sira bo’lmaydi urush” b)”Men o’tgan umrga”
c)”Bog’lar qiyg’os gulda”
d) a va c
132, Cho’lponning iborasi bilan aytganda qaysi yozuvchi ”o’zini zo’r ishga berib qo’ygan” ijodkor hisoblanadi?
a) Tog’ay Murod b) P.Qodirov
s) Ibrohim Yusupov d) Abay
133.P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanining darslikdagi qismi ”Boburnoma”ning qaysi bobidan olingan?
A) ”Tarixi arbaa ulus”
B) ”Voqeati sultoni arbaa”
C) ”Voqeati sanai arbaa va tisa mia”
D) ”Nizomning tantiligi”
134. . Qodirovning «Yulduzli tunlar» romani qaysi nashriyotda chop etilgan?
A) ”Sharq” B)”Ma’naviyat”
C) ”O’zbekiston” D) ”Alisher Navoiy”


Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling