Abbosiylar davrida xuroson va movarounnahr. Abu muslim qo'ZG'oloni darsning maqsadi: Tahlimiy
Download 35.4 Kb.
|
ABBOSIYLAR DAVRIDA XUROSON VA MOVAROUNNAHR. ABU MUSLIM QO\'ZG\'OLONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abbosiylar davrida Movarounnahr
- * lmaviylar — Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola *
- Abu Muslim qozgoloni natijalan haqida nimalarni bilib oldi-ngiz Nima uchun Abu Muslim oldirildi
Qo'zg'olonchilarning maqsadi
Qo'zg'olonchilar safida arab zodagonlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy mulkdor dehqonlari, xalifalik sharqidagi mazlum aholi, shahar hunarmandlari va qishloq kadivarlari hamda qullar bor edi. Bularning maqsadlari ham har xil edi. Arab zodagonlari hokimiyatni abbosiylarga olib benb, mamlakatda o'z mavqelarini ko'tarmoqchi edilar. Mahalliy mulkdor-lar siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish va iloji topilsa, mam-lakatni xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilishni maqsad qilib olgan edilar. Mehnat ahli umaviylarning zulmi, og'ir soliqlar va uzluksiz majburiy hasharlardan, qullar esa qullik kishanlaridan qutulish orzusida edilar. Bu ezgu umidni ro'yobga chiqarish uchun zulm-korlarga qarshi kurashish yo'liga astoydil otlangan edilar. Qo'z-g'olonchilarning deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar. Avvalo, qora kiyim motam ramzi, qolaversa, zabardast kuch bay-rog'i hamda shiddatli janglarda qo'zg'olonchilarni umaviy har-bilardan ajratib turadigan belgini anglatgan. 748-yilning boshida Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Xalifa Marvon o'z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo'zg'olonchilarga qarshi safar-bar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi. 749-yilda Abu Muslim boshliq qo'zg'olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo'l oladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag'dariladi. Uning o'rniga abbosiylar xo-nadonidan bo'lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko'tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo'liga o'tadi. Abbosiylar davrida Movarounnahr Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va'dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag'dodda davlat va harbiy kuchlaming yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro'yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. Mehnatkash aholi o'rtasida abbosiylarga qarshi qo'zg'olon ko'ta-rish kayfiyati paydo bo'ladi. Bunday qo'zg'olonlardan biri 750-yilda Buxoroda sodir bo'ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo'zg'olonni arang bostirdi. Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy impera-torining qo'shinlari Turkistonga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan Ziyod ibn Solih boshchiligida yuborilgan arab va sug'd, shuningdek, turklardan iborat harbiy kuch 751 -yilda Talos vodiysida Xitoy qo'shinlariga zarba berib, ulami mamlakat hududidan quvib chiqaradi. Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo'lsa-da, ammo abbosiy hukmdorlar unga ishonmas edilar. 755-yilda qurolsiz va yolg'iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug'iga binoan o'ldiriladi. Abu Muslimning o'ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlari-ning avj olib ketishiga bahona bo'ladi. * lmaviylar — Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola * Abbosiylar — Muhammad (s.a.v.) avlodiga mansub, 750 -1258 yillarda Arab xalifaligini boshqargan sulola Savollar: Nega xalifalikda umaviylarga qarshi xalq noroziligi vujudga keldi? Abu Muslim qo'zg'olonida ishtirok etgan turli tabaqa vakillarining maqsadlarini taqqoslang. Abu Muslim qo'zg'oloni natijalan haqida nimalarni bilib oldi-ngiz? Nima uchun Abu Muslim o'ldirildi? Download 35.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling