Abdrimov A


I.2. ELEKTRON O’QUV KURSLARGA BO’LGAN ASOSIY TALABLAR


Download 0.73 Mb.
bet4/21
Sana10.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1257361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
C dasturlash tilini orgatuvchi elektron qollanma yaratish

I.2. ELEKTRON O’QUV KURSLARGA BO’LGAN ASOSIY TALABLAR.
Elektron o’quv kursiga qo’yilgan talablar tizimini 3 ta asosiy tashkil etuvchiga ajratish mumkin:
1) o’quv-metodik;
2) texnologik;
3) tarbiyaviy.
Birinchi-"elektron o‘quv kursiga (EO’K) qo’yilgan o’quv-metodik talab" - o`quvchilarga joriy predmet soxasidagi bilimlarni o’zlashtirish masalasini belgilaydi.;
- o’quvchida xulosalar chiqarish va fan mazmunini yoritib berish usullarini ketma-ketlik bo’yicha bayon qilish;
- o’quv materialini o’quvchilarni tayyorgarlik darajasi, qiziqishlarini va ishtiyoqlarini inobatga olib bayon qilish;
- o’quvchilarni bilim olish faoliyatini rag’batlantirish vositalari va usullari, hamda bu faoliyatni boshqarish (operativ testlash, materialni murakkablashtirib borish, savollar tizimi va h.k.);
- materialni o’zlashtirishdagi hatoliklar harakterini va sabablarini aniqlovchi savollar, mashqlar va masalalarni yaratish;
- ko’rgazmali va texnik vositalar tizimi.
Elektron o’quv kursda "EO’K texnologik talablari" tashkil etuvchisi aloxida axamiyatga ega bo’lib, u quyidagilardan iborat:
- kursni o’rganishda o’quvchi faoliyatini tashkil etish va boshkarish;
- aloxida mashhulot doirasida o’quvchi faoliyatini rag’batlantirish;
- didaktik xususiyatlarini hisobga olib material bilan ishlash darajasiga bog’liq ravishda o’quv faoliyatini har xil turlarini ratsional tashkil etish;
- o’qitishni audiovizual vositalaridan ratsional foydalanish (kerakli joyda, kerakli hajmda);
- ko’shimcha mashqulotlar, laboratoriyalar, o’yinlar va boshqa mashqulotlarni tashkil etish;
"Elektron o’quv kursini tarbiyaviy funksiyalari" tizimi elektron kurs mazmunida quyidagilar mavjud bo’lishini talab etadi:
- o’quvchida fuqarolik va mutaxassislik sifatlarini tarbiyalash vosita va metodlari (o’quvchi huquqlarida majburiyatlari, kelgusidagi professionallik faoliyatida fanning muhimligi xaqidagi fayllar);
- o’quvchilarda namunali, o’z ustida ishlash fe'l-atvorini tarbiyalovchi vosita va metodlar;
- mutaxassislikni o’rganish, masalalarni yechishga ijodiy yondashish vositalari.
Elektron qo’llanmalarni yaratish talablari quyidagilar:
a) didaktik talablar ilmiylik, o’zlashtirishning yengilligi, muammoni qo’yish va har tomonlama asosli tarzda bilim olishlik;
o’qish jarayonida talabaning faol va ongli ishtiroki;
bilim olishning tizimli va bosqichma - bosqich amalga oshirilishi;
bilimlarni mustaqkam o’zlashtirilishini ta'minlanishi;
o’rganuvchi uchun o’qish mustaqil holda bo’lishligini ta'minlash;
o’qitishning interfaolligi;
o’qitish uyqunligining ta'minlanganligi;
o’quv materialini taqdim etishga tizimli yondoshilganligi.
b) psixologik talablar - elektron qo’llanmalarning samaradorligiga erishi kompyuter bilan o’zaro muloqotning psixologik tamonlarini hisobga olish asosida amalga oshirilib, ularga
- elektron qo’llanmalardagi o’quv materialini taqdim etishni anglash (kognitiv) jarayonining verbal - mantiqiy, sensor - perseptiv (o’qish o’qilish. sezish) va ifodalanish darajasiga mos kelishi kerak. Shuningdek, anglash bilan bog’liq psixologik jarayonlarga axborotni qabul qilish (asosan, ko’rish hamda eshitish, his qilish), e'tibor qilish (uning turg’unligi, jamlanishi, bir narsadan ikkinchisiga o’tishi, taqsimlash va e'tibor darajasi), fikrlash ( nazariy tushuncha, amaliy ko’rgazmali va amaliy-harakatli), tassavur qilish, xotira va boshqalar;
- elektron qo’llanma undan foydalanuvchi uchun qulay, fanni o’zlashtirishga ijodiy yondashish va salomatligi uchun mehnat sharoitlarini yaratish kabi asosiy talablar kiradi.
Elektron darsliklarni yaratish uchun mualliflar o’z sohasining ustasi bo’lishi bilan birga axborot texnologiyalarni yaxshi bilishi kerak.
Afsuski,hozirgi paytda axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini yaxshi biladigan professor- qituvchilar soni katta emas. Shuning uchun, o’zbek tilida fanlardan yaratilayotgan elektron darsliklar juda kam va yaratilganlarining bir qismi hozirgi zamon talablariga to’liq javob bermaydi. Hozirgi kunda elektron darsliklarni tayyorlash axborot texnologiyalarni yaxshi biladigan mutaxassislar bilan ham mualliflikda tayyorlanmoqda. Shunday bo’lishi ham tabiiydir.
Kompyuter ekranida darslikni o’qish oddiy kitobni o’qishdan ko’ra murakkabroq, chunki kompyuter ekranida ko’z tez toliqishi mumkin. Shuning uchun ham elektron darslikning sahifalarini tayyorlashda fon rangi bilan shrift rangini uyqunligini tanlash juda muhim.
Kоmpyutеr tехnоlоgiyalari asоsida yaratilgan multimеdiali elеktrоn o’quv kurslarining afzalliklaridan biri mustakil talim оlishni, ijоdiy fikrlashni, malaka va kunikmalarni shakllantirish оrkali o’quv matеriallari va ilmiy ma’lumоtlarni har tоmоnlama chuqur o’zlashtirilishiga mo’ljallanganligidadir. Shuningdеk, ushbu turdagi qo`llanmalar ilmiy malumоtlarning jamlanganligi, talim оluvchilarning yoshi va fiziоlоgik хususiyatlarini хisоbga оlinishi jiхatidan ananaviy o’quv qo’llanmalaridan afzalrоkdir.
I.3 Elektron qo’llanmani yaratishda zamonaviy C# dasturlash tili
Elektron qo’llanma yaratishda zamonaviy dasturlash tillaridan biri bo’lgan C# dasturlash tili haqida so’z yurutamiz bunga C# dasturlash tilini tanlashimizadan maqsad Microsoft kompanyasi bilan Nokia kompanyasining o’zaro tuzgan ikkitomonlama tuzgan shartnomalari bo’ldi. Endi faqat Komputerlarga emas Nokia telefonlariga ham dasturlar yozish imkoniyati paydo bo’ladi C# dasurlash tili orqali xozirgacha windows mobile telefonlariga dastur tuzib kelinayotgan edi C# dasturlash tili orqali. Bu esa C# dasturchilari uchun ancha katta yangilik bo’ldi. C# dasturlash tilida tuzulgan dasturlar asosan Microsoft komponiyasi chiqargan operatsion sistemalarda ishlaydi Linux operatsion sistemalarida ishlatish uchun maxsus dastur mavjud Wine nomli dastur o’rnatilgandan keyin shu orqali ishga tushurasiz shundan so`ng Windows dasturlari Linux opeatsion sistemalarida ham ishlashni boshlaydi. Windows Vista va Windows 7 operatsion sistemalarining graphic effectlarining deyarli ko’plari C# dasturlash tilida qilingan Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash ancha soddalashtirilgan operatsion sistemalar bilan ma’lumot almashinishi ancha sodda ko’rinishga keltirilgan misol uchun com portlar bilan ishlash va uni o’qish jarayoni ancha sodalashtirilgan. Microsoft framework ning biblatekalari soni oshgan sayin C# dasturlash tilining imkoniyatlari oshib boraveradi. C# dasturlash tili C++ dasturlash tili asosida yaratilgan lekin User(foydalanuvchi) Interface ga asoslangan. Qo’shimcha kompanentalar qo’shib o’zingizni dasturlaringizni yaratishingiz mumkin. Internet bilan ishlashlar ham ancha soda ko’rinishga keltirilgan. Uning uchun ham maxsus biblatekalar tayyor yaratib qo’yilgan operatsion sistemalarning buzulishligining oldi olinganligi bilan ham yaxshi Java dasturlash tilida Virtual mashina ishga tushadi. Har dastur uchun bitta virtual mashina ishlashi kerak bo’ladi C# dasturlari ishlagan payitda DotNet Framework ning o’zi shu ishni amalga oshiradi. Bularning hammasi operatsion sistemalarga ziyon yetkazmaslik maqsadida amalga oshirilgan. Dasturlash tillari ichida C# dasturlash tili yetakchi o’rinlarini egallab kelayabdi.
C# Foydalanuvchilarga dasturiy taminotdan foydalanishni ancha sodda ko’rinishga keltirib yetkazib berish oson va dasturchilarga yaratayotgan formasini visual ko’rib turishi dasturchilarga ancha ishlarini osonlashtiradi. Grafika bilan ishlash ancha sodda ko’rinishga keltirilgan boshqa dasturlash tillariga nisbatan. C# dasturlash tiliga qo’shilayotgan texnalogiyalar ko’paymoqda ularga misol sifatida ASP.NET , LINQ, WPF ,Silver Light, Web Servis.
LINQ Microsoft SQL SERVER bilan ishlashda ancha sodda ko’rinishga keltirilgan ko’rinish unda TRANSACT SQL komandalarini yozishni anchagina sodda funksiyalar ko’rinishiga keltirib qo’yilgan.
ASP.NET Web sahifalar yaratish texnalo’giyasi.Ko’pchilik uni Web dasturlash tili ham deyishadi lekin uni dasturlash tili deyish qiyin chunki uning Web Serverda ishlaydigan ko’di C# dasturlash tilida yoziladi. Shuning uchun uni ko’pchilik texnologiya deyishadi.
WPF Grafikani yaxshilash maqsadida yaratilgan unda 3 o’lchamli grafika bilan ishlash ancha sodda ko’rinishga keltirilgan.
Silver Light Ko’p sistemali web sahifalarni ishlab chiqish uchun yaratilgan texnalogiya bu orqali yaratilgan web sahifalar o’zining framework ini oldin komputeringizga o’rnatib oladi va keyin ishlash sahifalarning grafik ko’rinishi ancha chiroyli va ishlash tezligi oshadi.
Web Servis Foydalanuvchi komputerida ishlaydigan Java Script dasturlash tili orqali ishga tushadigan funksiyalari mavjud va uning funksiyalari orqali serverga ma’lumotlarni olish uchun murojat bo’ladi lekin web sahifa qayta yuklanmaydi va o’zi bilan ko’pgina parametrlani ham olib ketmaydi. Bular xaqida boshqa ma’lumotlarni berishga harakat qilamiz.
C# sistemasi asosan quyidagi qismlardan iborat. Bular dasturni yozish redaktori, C# tili va standart kutubhonalardir. C# dasturi ma'lum bir fazalardan o'tadi. Birinchisi dasturni yozish va tahrirlash, ikkinchisi preprosessor amallarini bajarish, kompilyatsiya, kutubhonalardagi ob'ekt va funksiyalarni dastur bilan bog'lash (link), hotiraga yuklash (load) va bajarish (execute).
Biz Dastur yozishda va uni kompilyatsiya( Compile) qilish uchun Microsoft Visual Studio 2008 Redaktoridan foydalanamiz.
Dastur yozish muhitini yaratish uchun biz File New Project.. bosamiz keyin bizga yangi Dialog Oinasi ochiladi. Undan Console Application ni tanlaymiz va Dastur nomini kiritamiz keyin OK tugmachasini bosish natijasida dastrulash oinasi(muhiti) ochiladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling