Ilmiy yangiligi mazkur ilmiy ishning yangiligi sifatida biz yengil atletikani o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligiga eng optimal bo‘lgani va uni rivojlantirishga kompleks ta’sir etuvchilarini aniqlab shu orqali yengil atletika turlarini asoslashimizdir.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari Yengil atletikadan maktabda jismoniy tarbiya darslarida to‘liq va har tomonlama foydalanilsa; har bir o‘quvchining jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanishi hisobga olinib barkamol shaxs sifatida shakllanishiga yengil atletikaning ijobiy ta’siri yaqqol aniqlanib ommalashtirilib yengil atletikani turlaning turli mashqlaridan foydalanilsa ulardagi jismoniy sifatlarni rivojlantirish muvaffaqiyatli tez va oson erishish mumkin.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki jismoniy sifatlarni rivojlantirishda yengil atletika hamma fazilatlar, qobiliyatlar, harakatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda aqliy va harakat ko‘nikma malakalarining shakllanishida asosiy o‘rinlarni egallaydi, lekin bolalar yengil atletikasi dasturidagi yengil atletika turlari mashqlarini jismoniy tarbiya darslarida qo‘llash, o‘quvchilarga yengil atletika turlari mashqlarini texnikasini o‘zlashtirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishda shu sport turiga bo‘lgan qiziqishini orttirishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi va tadqiqotda yaqqol kuzatildi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Mazkur ilmiy ishni amalga oshirishda quyidagi ilmiy izlanish metodlaridan foydalanish rejalashtirilgan. Ular: nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va sport texnikasini o‘rgatish uchun o‘qituvchi uchta asosiy metoddan foydalanadi: so‘z metodi orqali tushuntirish, ko‘rsatmali metod orqali ko‘rsatish va amaliy metod orqali bajartirish.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu ilmiy tadqiqot ishining nazariy ayni vaqtda amaliy ahamiyati ortib bormoqda. Chunki, Respublikamiz aholisining 40% ni umumta’lim maktabi o‘quvchilari tashkil etadi. Demak bu ko‘rsatkich oz ko‘rsatkich hisoblanmaydi. Jamiyatimiz a’zolarining bazaviy jismoniy tayyorgarligi umumta’lim maktablarida amalga oshirilishidan ham ko‘rinib turibdiki, maktablarda tashkil etiladigan yengil atletika turlari mashqlari ham ahamiyatli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |