Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar
Download 0.77 Mb.
|
Geografiya atamalari.2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seysmik
- Shahar
- Shamol guli
Separat sulh(lot) - alohida sulh,o’z ittifoqchilari bilan kelishmay tuzilgan bir tomonlama sulh.
Sertifikat - bu bank tomonidan mijozning pul mablag’lari qo’yilganligi to’g’risida yozma guvohnoma va uning egasiga belgilangan muddat o’tishi bilan bankka qo’yilgan mablag’larni va ular bo’yicha taalluqli foiz ko’rinishida daromadlarni olish huquqidir. Seysmik – yunoncha, “seismos”- tebranish minglab kmga cho’zilgan yer qimirlash zo’nalarga aytiladi. Seysmograf - yunoncha seysmos- yer qimirlash, grafo- yozaman. Zilzila bo’lganda yoki portlatishlar vaqtida yer po’stida ro’y beradigan tebranishlarni qayd qiladigan asbob. Sferoid — yerning shaklini umumiy va yirik ko’rinishi. Bunda yer bitta aylanish o’qiga va ekvatorial simmetrik tekislikka ega. Sferoid aniq ifodalangan simmetriya o’qiga ega emas, uning hamma o’qlari bir xildir. Shuning uchun yer shaklini sferoid ko’rinishi yerning haqiqiy shakliga o’xshamaydi. Bu nomuvofiqlik geografik qobiqning yuz aylana tuzilishini o’rganganda mintaqalarning aniq ifodalanishida aks etadi. Shabnam - iliq havo kirib kelganda o’t, buta, daraxt, tosh va boshqalar sirtida hosil bo’ladigan suv pardasi. Havo harorati 0o C dan past bo’lganda muz pardasi hosil bo’ladi. Tunda hovo sovib, undagi suv bug’lari ajralib chiqishidan ham Sh. tushadi. Shahar – ma’lum miqdordagi aholi to’plangan va asosan sanoat, transpo’rt madaniy va ma’muriy – siyosiy vazifalarni bajaradigan odamlar yashaydigan joy. Aholisi soni 7 ming kishidan kam bo’lmagan, ish bilan aloqador bo’lmagan tarmoqlarda mehnat qilayotgan manzilgoh. Shaharcha – aholisining soni 3 ming kishidan kam bo’lmagan, ish bilan band aholisining kamida yarmi qishloq xo’jaligi bilan aloqador bo’lmagan tarmoqlarda mehnat qilayotgan manzilgoh. Shamol guli - biror joyda muayyan vaqt (yil, oy, hafta) davomida esgan shamollarning yo’nalishini ko’rsatuvchi chizma. Sh. g. ni chizish uchun biror nuqta belgilanib, unga ufq tomonlari yo’nalishi chiziqlari chiziladi va shu chiziqlarda shomollarning esishi tomonlari nuqtadan boshlab mutanosib ravishda belgilab chiqiladi. Shunda har bir chiziqning uzunligi shu tomondan esgan shamollar soniga teng bo’ladi. Shundan so’ng chiziqlar uchi tenglashtiriladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling