Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet98/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Sanoat punkt – karxonalar oz sonli bo’lgan shaharcha.
Sanoat rayonlari – sanoat tugunlari, markazlari va punkitlari to’plangan hudud.
Sanoat tuguni – ishlab chiqarish jarayoni o’zaro bog’langan va bir-biriga yaqin joylashgan karxonalari mavjud shahar yoki shaharcha.
Sansiya - bu korxonalarni bankrotga yoki raqobatbardosh bo’lishini oshirish maqsadida moliyaviy ahvolini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar tizimidir.
Santos – issiq ko’lning sharqida esuvchi tungi shamol.
Sardoba - cho’llarda, ayniqsa, taqirlarda yer ustidagi suvlar to’planodigan suv ombori. Ko’pincha suv kam bug’lanishi uchun usti g’ishtin gumbazsimon yopilgan, ba’zilarining suv yerga simirilib ketmasin deb, ostiga ham g’isht yotqizilgan bo’ladi. Ayrim sardobalarda suv yil bo’yi saqlanadi. Hovuzli yerto’lalar ham sardoba deyiladi. O’rta Osiyoda, xususan, Janubiy O’zbekistonda vaSharqiy Turkmanistonda ko’p uchraydi. 10-15 m, diametri 12-16 m bo’lgan. Sardoba gunbaziga uch tomondan shamollatish darchasi va teppasiga bitta mo’ri ishlangan. Bular suvning buzilmay saqlanishiga imkon bergan. Sardoba ichi salqin bo’lganligidan darcha eshiklaridan kirgan issiq havodagi suv bug’i tomchilarga aylanib, hovuz suvini qo’shimcha to’yintirib turgan.
Sarin – salqin shamol.
Sarmoya – asosiy savdo mablag’i. Kichik savdoda harakat qiluvchi mablag’ dastmoya deb yuritilgan.
Sarob - atmosferada nurning noto’g’ri sinib aks etishi (refraksiyasi) hodisasi. S. da ko’rinish (manzara) va predmetlar o’z holicha ham, teskari ham ko’rinishi mumkin. S. da atmosferada haroratning yuqoriga qarab o’zgarishining to’g’ri holati juda barqaror yoki nihoyatda beqaror bo’lganda ro’y beradi. S.da predmetlar o’z haqiqiy joyidan yuqorida ham, pastda ham, yon tomonda ham ko’rinishi mumkin. S. chollarda havo juda qizib ketganda tinch ob-havoda ko’proq sodir bo’ladi.
Satellit - lotincha yo’ldosh jam fikr.Rasman mustaqil, biroq amalda boshqa, nisbatan kuchli davlatga bo’ysunuvchi davlat.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling