Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar
Download 0.77 Mb.
|
Geografiya atamalari.2003
Abduhamitov GEOGRAFIK ATAMALAR VA TUSHUNCHALAR Farg’ona-2015 KIRISH: Hozirgi davr ijtimoiy , iqtisodiy, siyosiy voqealar jo’shqin kechayotgan vaqt. Binobarin, ilm – fanda ham bu o’z aksini topmoqda. Keyingi 70 yil davomida O’zbekistonda geogrofiya fani ancha rivojlandi. geogrofiya lug’atchilik sohasida ham anchagina ishlar qilindi. 1953 yilda O’quvpeddavnashr N. Dolimov, M. Qoriev, H. H. Hasanov va Mirboboevlarning “Qisqacha ruscha – o’zbekcha geografiya terminlari lug’ati”ni nashr qildi. 1965 yilda H. H. Hasanovning “Ruscha – o’zbekcha va o’zbekcha – ruscha geografiya terminlari lug’ati” bosilib chiqdi. 1958 yili A. S. Bakirovning “Tabiiy geografiyadan izohli lug’at”i tarjimasi nashr qilindi. 1979 yili S. Qoraev, P. G’ulomov va R. Rahimbekovning “Geografik terminlar va tushunchalar izohli lug’ati” o’zbek tilida nashr etildi. Biroq, umuman o’zbek tilida bo’lgani kabi o’zbek geogrofiy lug’ati tarkibida ham ko’plab ruscha hamda “baynalminal” atama va tushunchalar bosqini ro’y berdi. Qolaversa, hozirgi vaqtda bu lug’atlarni topish amri –mahol bo’lib qolgan. Bundan tashqari yangi iqtisodiy va ijtimoiy siyosat natijasi bo’lib yangi atama va tushunchalar kirib kelyapti. Endi mustaqil davlatning mustaqil tili, mustaqil fikri, mustaqil lug’ati tiklanishi, taraqqiy etishi kerak. Lug’atchilik qiyin, shu bilan birga faxrli, mas’uliyatli soha. SHuning uchun har bir tadqiqotchi o’ziga yoqqan yoki o’zicha to’g’ri deb hisoblagan atama va tushunchalarni lug’atga kiritavermasligi zarur. Har bir atama va tushuncha ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. SHu munosabat bilan atama va tushunchalar haqida bir necha mulohazani aytib o’tmoqchimiz: – Til taraqqiy etgan sari atamalar ham ixchamlashib, ma’nosi oydinlashib boraveradi. – Ilm – fan, texnika, ishlab chiqarish o’sgan sari yangi atamalar paydo bo’ladi. – CHet ellar bilan,turli xalqlar o’rtasida aloqalarning ko’payishi turli atama va tushunchalarning kirib kelishiga sabab bo’ladi. Biz boshqa xalqlardan o’zimizda yo’q turli xil asbob –uskuna, mashinalar va boshqa buyumlar olsak, ular bilan birga ularning nomlari – atamalar ham kirib keladi. Masalan, magnitafon, radio, fotoapparat, parovoz, tramvay, termoyadro reaktsiyasi, raketa va h.k. – Har bir xalqning lug’at boyligi boshqa xalqlardan kirib keladigan atamalar hisobiga ham boyib boradi. Bunda biz, albatta,iloji boricha o’sha atama mazmuni va shaklini olishimiz kerak. Lekin o’z til qoidalarimiz, fonetik imkoniyatimizga qarab o’zgartirishimiz ham mumkin. Masalan, Xitoycha Tyan – SHanni Tiyonshon, japanni yapon deymiz va b. –Atamalarni qabul qilishda iloji boricha o’zbeklashtirish,muqobilini topish lozim. Iloji bo’lmagan taqdirda tarjima qilish mumkin. Lekin tarjima atama mazmunini berishi, hammaga tushunarli bo’lishi kerak. Masalan, samosval mashina – ag’darma mashina, toros muz – qalashma muz. Agar muqobili topilmasa, tarjima ma’nosini bermasa, qaysi tildan olinganidan qat’i nazar asl holida berilishi kerak. Bunga misol qilib, antisiklon, arktika, antropogen, bazalt, barometr, batiskaf, volfram va boshqalarni keltirish mumkin. – O’zbek tiliga yunon tilidan kirib kelgan ge – Yer so’zi bilan boshlanadigan bir qancha atamalar, asosan, fanlar nomlari mavjud. Masalan, geografiya, geodeziya, geologiya, geomorfologiya, geotektonika va boshqalar. Bulardan geografiya bizga o’tgan asr oxiri va XX asr boshida turklardan jo’g’rofiya shaklida kirib kelgan va 1973 yilgacha jo’g’rofiya shaklida qo’llanilib, an’anaviy atamaga aylanib qolgan edi. So’ngra ko’pgina boshqa atamalar kabi jo’g’rofiya ham geografiya bilan almashtirildi. Ayrim tadqiqotchilar jo’g’rofiyani taklif qilishyapti. Asli geografiya (yunoncha geographia, ge – yer, grafo – tasvirlayman). Geografiya atamasini shu fanning otasi Eratosfen (miloddan avval 276 – 194 yillar) birinchi marta qo’llanib, fanga kiritgan. Geografiya deyilgani ma’qul. – Atamalar ko’pchillikka tushunarli, ixcham, jarangdor va tugal ma’noli bo’lishi kerak. Lug’atga yangi, bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan bog’liq bo’lgan atamalar ham kiritildi. Masalan, broker, birja, menejer, kredit va boshqalar. Lug’atni asosiy mezon qilib o’rta maktab o’quv dasturlari, darsliklarida, o’quv xaritalarida berilgan atama va tushunchalar fo’ydalanish kerak. Chunki o’quvchilarga tushinarsiz bo’lgan atamalarni oydinlantirib berish kerak. Garchi lug’at maktab geogrofiya atamalari va tushunchalari izohli lug’ati bo’lsa ham unga maktab o’quv dasturlarida ko’zda tutilmagan mahalliy geogrofiya atamalar ham kiritilishi lozim. O’quvchilarimiz mahalliy geogrofiya atama va tushunchalarni albbata bilishlari lozim. Geografik voqea, hodisa va obyektlarning umumiy nomini, turdosh otlarni, ya'ni atamalarni atamashunoslik geografik o'rganadi. Har bir fanning atamalarini o'rganuvchi atamashunoslik fanlari mavjud. Geografik atamashunoslik geografik atamalarning ma'nosi, kelib chiqishi (etimologiyasi), o'zgarishi, to'g'ri yozilishi va manbalarini o'rganadi. Har bir fanni chuqur o'rganish uning atamalarini qanchalik to'g'ri va to'liq bilishga bog'liq. Har bir fanning rivojlanishida mukammal o'rganilgan va ilmiy ishlab chiqilgan atamaologiyaning ahamiyati kattadir. atamalarning aniqligi, mukammallagi fanning rivojlanishini ma'lum jihatdan belgilab beradi. Atama yordamida ma'lum hodisa tasnifi ixcham beriladi va o'sha hodisani tez o'zlashtirib olish imkoniyati yaratiladi. Toponimika va atamashunoslikka oid ma'lumotlar kishilar bilimini juda kengaytiradi hamda madaniy saviyasini o'stiradi. Deyarli barcha buyuk kishilar, allomalar toponimika va atamashunoslikka oid ma'lumotlarga juda qiziqqan va o'zlari ham fanning bu sohalari bilan shug'ullanganlar. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling