Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari. Reja


Download 247.97 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi247.97 Kb.
#1445258
  1   2
Bog'liq
HAYITOVA SARVINOZ NURMAMAT QIZI


Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari.
Reja:
  • Ilmiy uslub va uning turlari
  • Termin (atama)lar va ularning vujudga kelishi
  • Til va terminologiya
  • Sohaviy atama va so’zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy xususiyatlari
  • Sohaviy atamalarning boyib borish usullari
  • Terminlarning turlari.
  • Sohaviy leksikada ma’nodoshlik, shakldoshlik, ko’p ma’nolilik munosabatlarining namoyon bo’lishi.

Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.
Fan va texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy matn ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarga ajratiladi. Ilmiy matnda gap bo‘laklari tartibi adabiy til qoidasiga qat’iy amal qilgan holda qo‘llanadi. Ilmiy matnda har bir fan sohasiga oid atamalarning qo‘llanilishi xarakterli xususiyat hisoblanadi. Masalan, qishloq va suv xo’jaligi sohasida sabzavotchilik, zooinjeneriya, mevachilik, uzumchilik, issiqxona, dorivor o’simliklar, ekin, biologik xususiyat, harorat, yorug’lik, namlik, tuproq, urug’, gidroponika usuli kabi terminlar ishlatiladi. Ilmiy-ommabop matnlarda atamalar tizmasidan, ilmiy bayonchilikdan qochiladi. Bayon etilayotgan fikrning barchaga baravar tushunilishini ta’minlash maqsadida tushunilishi qiyin bo‘lgan atamalar murakkab tushunchalar o‘rniga aniq va batafsil tasvirlardan foydalaniladi.
Ilmiy uslubning janrlari – monografiya, maqola, annotatsiya, dissertatsiya, darslik, ma’ruza, ma’lumotnoma.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo`llanishi xos bo`lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda qo`llanilib, o`zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko`rsatadi, masalan o`zak, negiz, yasovchi qo`shimcha, turlovchi va tuslovchi qo`shimchalar, shakl yasovchilar kabi atamalar so`z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi.
Masalan: Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni. (Ona tili darsligidan). Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli («nukleis» - «yadro») nuklein kislotalar deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan. (Biologiya darsligidan).
Ilmiy uslub ham o`z ichida ikki guruhga bo`linadi:
  • sof ilmiy uslub;
  • ilmiy-ommabop uslub.

Ilmiy uslubda fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darslik va o’quv qo’llanmalari yoziladi. Bu uslub aniq, daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farqlanadi. Ilmiy uslub ham adabiy tilning ko’rinishi bo’lib, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega: monologik belgilari bilan boshqa uslublardan ajralib turadi; obrazli tasvirlar bilan emas, balki aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga muvofiq keladigan terminlar bilan ish ko’radi. Kitobxonning his-tuyg’usiga emas, ongiga ta’sir etadi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan, jinoyat, jazo, afv, hukm, ozodlikdan mahrum etish, davlat tili, davlat chegarasi, unitar davlat, tergov, alibi, kodeks yurisprudentsiya tarmoqlarida; jamiyat, ong, tafakkur, mushohada falsafada va h.k. Ilmiy uslubda so’zlar asosan o’z ma’nosida qo’llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’z va birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Ilmiy uslubda qo’shma gaplardan shu sababli, shunday bo’lsa, bunday vaqtda, shunga qaramasdan kabi vositalar yordamida bog’lanuvchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’proq ishlatiladi. Chunki bunday gaplar sabab va natija hamda boshqa munosabatlarni aniq ifodalay oladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bu uslubda kamroq ishlatiladi.
Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo’lishi unda boshlanmalar, gap qismlarini bog’lash uchun shunday qilib, shu sababli, bundan keyin, ko’rinadiki, shunga ko’ra, shu bilan birga, aytilganlarga ko’ra kabi so’z va so’z birikmalari qo’llaniladi. Ko’p qo’llaniladigan birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak shaklidagi kirish so’z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiladi.
Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani sezilmaydi. Unda ko’proq fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi: dalillar keltirilgan, tajriba o’tkaziladi, foydalaniladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlar ilmiy uslubning lisoniy belgilaridir. Bu belgilar mazkur uslubning boshqa uslublardan farqini ko’rsatuvchi asosiy xususiyatlar hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.
Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
  • Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
  • Xususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.

Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Til va terminologiya.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangiyangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz:
  • termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
  • termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
  • termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.

Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.

Download 247.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling