Meva va rezavor mevali ekinlarning umumiy tavsifi
Download 1.09 Mb.
|
Ma`ruza 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmaning (Malus)
- Nok (Pirus.)
Meva va rezavor mevali ekinlarning umumiy tavsifi.Mevachilik qishloq xo‘jaligining murakkab va serqirra sohasi hisoblanadi. Mevachilik tarmog‘ining asosiy vazifasi aholini ho‘l meva bilan sanoatni esa xomashyo bilan ta‟minlashdan iborat. Mevachilik va bog‘dorchilik tushunchalari ajratiladi. Aslini olganda bog‘dorchilik mevachilik tushunchasiga nisbatan kengroqdir. Bog‘dorchilik sohasida mevachilik, manzarali bog‘dorchilik va gulchilik kabilarni o‘z ichiga oladi. Meva va rezavor mevalar tarkibidagi mavjud bo‘lgan moddalar odam organizmi uchun juda zarur hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda aholi jon boshiga kuniga kamida 330-400 gr yoki yiliga 115-120 kg meva, shundan 15 kg uzum va 10 kg rezavor meva yetishtirib berish zarur. Bugungi kunda esa yetishtirlayotgan mahsulot aholi jon boshiga 94 kg meva 12 kg dan uzum to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich rivojlangan davlatlarda 230 kg ni tashkil qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida meva va rezavor mevali mahsulotlarning yalpi ishlab chiqarishi 2019 yili 2752721 tonnani tashkil etib, urug‘li mevalar 1341420 tonna danakli mevalar 1109774 tonna, yong‘oq mevalarni yetishtirish 90631 tonnaga yetgan. Umuman mevachilikda mevali daraxtlarni quyidagi guruhlarga bo‘linadi: -danakli mevalilar (o‘rik, shaftoli, gilos, olxo‘ri) -urug‘li mevalilar (olma, nok, behi) -yong‘oq mevalilar (yong‘oq, bodom, pista) -subtropik mevalilar (tok) -sitrus mevalilar (limon, mandarin, apelsin, greyfurt) -rezavor mevalar (qulupnay, krijovnik, malina, smorodina) Mevali ekinlarning umumiy tavsifi bo‘yicha urug‘li mevalilarga olma, nok, behi kiradi. Olmaning (Malus) tur, navlari muhit sharoitiga oson moslashishi tufayli uni mevachilikning turli mintaqalarida ham ko‘plab ekib o‘stirish mumkin. Olma mevasi yangiligida ham, qayta ishlangan holda ham iste„mol qilish mumkin. Olmadan konserva, povidlo, pastila, pyure, marmelad, murabbo, qoqi va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. O‘zbekistonda yetishtiriladigan olmalar tarkibida o‘rta hisobda 80,5-86,5% suv; 9,6-14,8% shakar, 0,31-0,91% organik kislotalar; 0,27-0,48% eruvchan pektin; 0,025- 0,060% ga yaqin oshlovchi moddalar bor. Olmaning insonlarda vitaminlar yetishmasligini to‘ldiruvchi qishki navlari ayniqsa qimmatlidir. Nok (Pirus.) olmadan keyin eng ko‘p tarqalgan mevali daraxtdir. Nok mevasi yangiligicha iste„mol qilinadi, qoqi ham solinadi, konserva, sukat, pavidlo, murabbo, sharbat, bekmas (nok asali) tayyorlanadi. O‘zbekistonda yetishtiriladigan nok tarkibida 10,8-12,7 % gacha shakar; 0,13-0,30 % organik kislotalar; 0,35 % ga yaqin pektin va 0,31% kul moddasi bor. O‘rta Osiyoda boshqalarga nisbatan kam ahamiyatli, ya‟ni mevasining sifati past, lekin qurg‘oqchilikka, issiqlikka, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, o‘sish hamda parvarishlash sharoitiga kam talabchan bo‘lgan mahalliy navlar tarqalgan. Nokni tog‘ oldi va togli rayonlarda o‘stirish katta ahamiyatga ega, chunki bunday joylarda yaxshi o‘sadi va mazali meva beradi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling