Meva va rezavor mevali ekinlarning umumiy tavsifi


Download 1.09 Mb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1745098
1   2   3   4
Bog'liq
Ma`ruza 1

Gilos (Cerasus. avium L., Moench.) mo‘tadil issiq va issiq iqlim o‘simligidir.
Gilos bo‘yi 10-15 m gacha yetadigan, shox-shabbasi siyrak, yo‘g‘on shoxlari kam bo‘lgan baland daraxt. O‘zbekistonda bir tup gilosdan 150-300 kg gacha hosil olinadi. Mevasi ajoyib bo‘lib, may oyining oxiri iyun boshlarida pishadi. Qattiq etli navlari uzoqqa tashishga chidamli bo‘ladi. Mevasining shakli yumaloq, yuraksimon, sariq, qizil, to‘q qizil rangda, eti shirali, shirin, sirti
tekis, yumaloq danakli bo‘ladi. Bizda yetishtiriladigan gilos mevasining tarkibida 12,2% shakar; 0,23% turli kislotalar va C hamda A vitaminlari mavjud. Gilosning
navlari juda ko‘p bo‘lib, asosan, ikki guruhga bo‘linadi: eti shirali xo‘raki guruhi hamda eti tig‘iz, konserva qilinadigan va xo‘raki bigarro gilos bor.
Jiyda (Eleagnus L.) mevasi mazaligi jihatdan qimmatlidir. Madaniy jiyda mevasining 65,4-86,7 % gacha qismi, yovvoyisining 31,2-71,4% gacha qismi etdan iborat. Madaniy jiyda mevasining tarkibida 62,63-69,86% gacha va yovvoyisinikida 19,4-34,2% shakar bo‘ladi.
Kislotaliligi 0,44-1,5% gacha. Mevasi yangiligicha hamda quritilib iste„mol qilinadi. Undan spirt sanoatida ham foydalaniladi. Madaniy jiydaning
100 kg mevasidan 27-28, yovvoyisinikidan 12-13 1 spirt chiqadi. Jiyda tarkibidagi oshlovchi moddalar miqdori jihatidan ko‘p mevalardan ustun turadi. Mevasida C vitamini bor.

Quritilgan jiyda ko‘p vaqt saqlanadi va uzoq joyga yuborishga chidamli bo‘ladi.


Rezavor mevalarga juda ko‘p o‘simliklar kiradi. Ammo sanoat miqyosida qulupnay, malina, qora smoradina, krijovnik ekiladi.
Qulupnay (Fragaria L.) O‘zbekistonda ekiladigan rezavor meva o‘simliklari orasida birinchi o‘rinda turadi. U tabiiy sharoitda may oyining dastlabki kunlarida pishadi. Mevasining mazasi, parhez uchun istemol qilinishi, texnologik sifati va rangining chiroyliligi
jihatdan yuqori baholanadi. Yozda (iyul- avgustda) ekilgan qulupnay ko‘chatlari mevasi tarkibida 4,5-11 % gacha shakar,
0,28-kislotalar, 0,12-1,68 g pektin bo‘ladi. Bulardan tashqari, temir, fosfor, kaliy, kalsiy tuzlari, 50-75 mg % gacha A, C, E vitaminlar bo‘ladi.Qulupnay mevasi tez buziladi, uzoq joylarga yuborishga unchalik yaramaydi. Uni muzlatilgan holda uzoq saqlab iste„mol qilish mumkin.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling