Meva va rezavor mevali ekinlarning umumiy tavsifi


Download 1.09 Mb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1745098
1   2   3   4
Bog'liq
Ma`ruza 1

Behining (Cudonia Mill.) yangi uzilgan mevasi kam iste„mol qilinadi. Tarkibida juda ko‘p pektin, oshlovchi moddalar va tosh hujayralar bo‘ladi.
Uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi. Behidan xushbo‘y murabbo, sukat, qiyom, marmelad, jem tayyorlanadi.
O‘zbekistonda yetishtirilgan behilar tarkibida (yangi uzilganda) 8,5-15,2% shakar; 0,4-1,0% turli kislotalar; 0,4-
0,7% oshlovchi moddalar; 0,4-1,7% protopektin bor.
Danakli mevalarga o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, gilos, jiyda, chilonjiyda (unabi) kiradi.
O‘rik (Armeniaca Mill.) O‘zbekistonning asosiy mevalaridan biri hisoblanadi.
Asosan, Farg‘ona va Zarafshon vodiysida ko‘p tarqalgan. U yangiligicha, qoqi qilib va qayta ishlangan holda ist‟emol qilinadi. Yangi pishgan o‘rik tarkibida 8,4-19,0% shakar, 0,3-1,7% turli (asosan, olma, limon va juda oz miqdorda salitsil) kislotalar, 0,1-1,6% pektin, shuningdek, A va C vitaminlar bor. Turshagida 80% va undan ham ko‘proq shakar bo‘ladi.
O‘rta Osiyoda o‘sadigan ko‘pchilik o‘riklarning mag‘zi shirin bo‘lib, bodom mag‘zi kabi iste„mol qilinadi.Uning tarkibida 45-58% moy va 28% ga yaqin oqsil
bo‘ladi. O‘rikning achchiq mag‘zidan amigdalin moddasi, texnik va oziq-ovqatga ishlatiladigan moy olinadi. Danagining po‘chog‘idan tush va faollashtirilgan ko‘mir tayyorlanadi. O‘rik mevasi asosan turshak va bargak qilinadi, shuningdek, konserva sanoati uchun qimmatli xomashyodir. Undan kompot, murabbo, jem, pavidlo, pastila, marmelad, jele, sukat, konfet orasiga solinadigan qiyom, sharbat tayyorlanadi.
Shaftoli (Persika Mill.) O‘zbekistonda mevali daraxtlar orasida uchinchi o‘rinda turadi.
Mevasining ta‟mi yaxshi va parhezlik xususiyatiga ega. Tarkibida 7,3-14 % shakar; 0,002-1,17% pektin, 0,1% ga yaqin oshlovchi moddalar, A va Ñ vitaminlar bo‘ladi. Undan jem, sukat, murabbo, marmelad va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi, quritib qoqi ham qilinadi.


Olxo‘ri (Prunus Mill.)ning tur va navlari turli-tuman bo‘lganligi uchun mamlakatimizda eng ko‘p tarqalgan mevali daraxt hisoblanadi.
O‘zbekistonda yetishtiriladigan olxo‘ri mevasi tarkibida 14-21% shakar; 0,15-1,35 % turli kislotalar; 0,15-1,5% oshlovchi moddalar va Ñ vitamini bor Mevasi yangiligicha, qayta ishlangan holda iste„mol qilinadi. Undan qoqi, kompot, pavidlo, pastila, marmelad, sharbat va boshqalar tayyorlanadi. Danagining mag‘zida yog‘, azotli moddalar va uglevodlar ko‘p.
Yangi uzilgan olxo‘ri mevasidan va qoqisidan meditsinada singa kasalligiga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling