Tabiiy geografik o’lka — tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik birikmalaridan biri, u materikning katta qismidan iborat bo’lib geomorfologiyasi, iqlimi va gidrologiyasining umumiyligi bilan va gorizontal zo’nalarning balandlik mintaqalari bilan ma’lum darajada bog’liqligi bilan xarakterlanadi. O’lka ajratishda tabiiy geografik sharoitni uzoqlik boyicha zo’nalarga bo’linishi ham inobatga olinadi.
Tabiiy geografik rayon —tabiiy geografik rayonlashtirishdagi eng kichik taksonomik (regional) birligi bo’lib tog’ oldi –tog’ okruglarida — geomorfologik va iqlimiy jixatdan bir xil bo’lgan okrugning bir qismi bo’lib, balandlik mintaqalari faqat uning o’ziga xos bo’ladi. Tekislik tabiiy — geografik rayoni bu yoki geomorfologik yoki iqlimiy jihatdan ajralib turgan okrugning bir qismidir. Rayonlar landshaft kartalari asosida ajratiladi.
Tadqiqot obekti - malum fan tarmog‘i o‘rganadigan voqea va hodisa, tabiiy-hududiy majmualar, iqtisodiy-ijtimoiy geografiyada hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardir.
Tadqiqot predmeti - malum fan va tarmoqqa taalluqli obektning tadqiq etiladigan jihatlari.
Taksonomik birliklar tizimi — tabiiy geografik komplekslarning katalaridan kichiklari tomon ko’lamini saqlagan holda ketma — ket joylashish sxemasi.
Tal’k - Mg3 [Si4O10](OH)2. U eng yumshoq minerallardan biri hisoblanadi. Rangi - oq, sariqsimon, yashilsimon, kulrang, moviy-yashilsimon. Ushlaganda yog’simon tuyuladi.
Talassokratiya - yunon. «dengiz vositasida hukmronlik o’rnatish» yoki «dengiz qudrati».
Taliogeografiya – yer yuzasi tabiatining rivojlanish tarixini o’rganuvchi fan.
Talmatolo’giya – botqoqliklarni o’rganadigan fan.
Tanga - metaldan yasalgan pul birligi, muomala va to’lov vositasi. O’rta Osiyoda tangalar miloddan avvalgi III asrda muomalaga chiqarilgan. Amir Temur tomonidan XIV asrning 80-yillarida o’tqazilgan pul islohotida to’la qiymatli kumush tangalar zarb qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |