Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet109/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Tabiat yodgorliklari – ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan qimmatli, noyob, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan, kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan ob’ektlar hisoblanadi.
Tabiatdan foydalanish - Tabiiy resurslar – yerlar o’rmonlar foydali qazilmalar va suv resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoniga tortish.
Tabiiy muhit – abiotik va biotik tizimlar va umuman, litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferaning murakkab va xilma-xil birikmalari va o‘zaro ta’sirini ifodalaydi. Unda ekzogen, endogen va kosmik omillar va jarayonlar ta’sir ko‘rsatib, g‘oyat xilma-xil fizik, kimyoviy va biologik reaksiyalarni keltirib chiqaradi va ular relefning rivojlanishini, jinslarning yemirilishi va minerallarning paydo bo‘lishi moddalar migratsiyasining geokimyoviy jarayonlarini va ularning tarqalishi va konsentratsiyasini, organik dunyoning rivojlanishini, quruqlik va Dunyo okeani uchun xarakterli bo‘lgan o‘ziga xos landshaft tiplarini, tabiiy muhit va geotizimlarning lantshaft tiplarini, tabiiy muhit va geotizimlarning shakllanishini belgilab beradi.
Tabiiy ofat - Vayron qiluvchi xar qanday tabiiy xodisa.
Tabiiy resurs – insonning yashash va ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita foydalanadigan barcha turdagi tabiat mexnatlaridir. Ular tugamaydigan (quyosh, shamol, okean, yer ichki energiyasi, yadro energiyasi kabilar) va tugaydigan (o’simlik, hayvonot, tuproq, o’rmon, rekreatsiya, mineral boyliklar) resurslariga bo’linadi.
Tabiiy resurslar – insonlar foydalanayotgan yoki foydalanishi mumkin bo‘lgan tabiatning jismi va kuchlaridir.
Tabiiy sharoit – insonning yashash va mehnat qilish sharoitini ta’minlovchi tabiat unsurlari va quvvat (energiya)dir. Ular joylarining yer usti tuzilishi, iqlimi, yer-suv sharoitlaridir.
Tabiiy sharoit – tabiatning jismi va kuchi, sifati bo‘lib, u ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining hozirgi darajasida inson faoliyatida bevosita ishtirok etmasada, jamiyatning hayoti va faoliyatini belgilab beradi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling