Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet77/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Miogеosinklinal mintaqa (zona) – yunoncha «mion» – kichik gеosinklinal ma'nosini bildiradi. Bu gеosinklinallarning tashqi tarmoqlari bo’lib, platformalarning chеtki qismi hisoblanadi va magmatik jarayonlar juda sust bo’ladi.
Misioner - biror dinga etiqot qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qiluvchi.
Missiya - lotincha, “yuksak burch”, “masulyatli vazifa”. Bir davlatning ikkinchi bir davlatga maxsus topshirish bilan bog’liq munosabatlar.
Miyonqol - Samarqand atrofidagi Oq daryo va Qora daryo oralig’idagi hudud. Keyinchalik Samarqand bilan Xatirchi oralig’idagi yerlar Miyonqol deb atalgan.
Mo’tadil burjuaziya - burjaziyaning murosaga intiluvchi muommolarini tinch yo’l bilan xal etish tarafdori, hukumron tabaqa bilan kelishishga intiluvchi kism.
Mo’tadil iqlim - Mo’tadil mintakalar iklimi. M. M-da Quyosh xech Qachon qoq tepaga kelmaydi va uning ufqdan balandigi katta farq qiladi.
Mobilizm – (yunoncha siljiydigan, harakatlanadigan) materiklarning siljiydigan gipoteza.
Modda va energiya almashinuvi- Geografik kobik va ayrim landshaftlardagi komponentlararo alokalarni ifodalovchi konuniyat. Bunga okean suvlari tsirkulyatsiyasi, atmosfera yirkulyatsiyasi, suvning aylanma xarakati, biologik, antologik aylanma xaarkatlar kiradi.
Molass yotqiziqlari – yoki molasslar. Odatda mеzozoy va kaynozoy eralari davomida hosil bo’lgan cho’kindi va chaqiq jinslar to’plami – konglomеratlar, qumtoshlar, alеvrolitlar, gilmoya va mеrgеl, ohaktoshlar qatlamlariga aytiladi. Molasslar tog’ etaklari va tog’ oldi yotqiziqlaridan iborat bo’lib, gеosinklinal viloyatlari atrofidagi birinchi chuqurlik va pastliklarni to’lg’azadi. Kuchli tеktonik harakatlar natijasida tog’ ko’tarilishi vaqtida burmalanishlar yuzaga kеlib, molasslar o’rnida qo’shimcha tog’liklar hosil bo’ladi.
Moliya oligarhiyasi - moliya kapitali korxonalari guruhining mamlakat iqtisodiy va siyosiy hayotidagi hukumronligi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling