Metoforik jins - yuqori bosm va harorat ta’sirida o’z xususiyatini o’zgartirgan jinslar.
Metropoliya - yunoncha meter- ona, polis- shahar. Mustamlakalari bo’lgan davlatlar. Masalan, Buyuk Britaniya o’z davlatlari uchun M. bo’lgan. Ayrim davlatlarda poytaxt shahar M. deyiladi.
Mezofitlar - o’rtacha nam joylar o’simliklari. Bunday o’simliklar yer sharida eng ko’p tarqalgan. Tirik moddalar va yer p o’ s t i. Tirik moddalar yer po’stiga, uning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi va o’zi hamyer po’stining ta’sirida bo’ladi. Nurashning xarakteri ko’p jihatdan tirik moddalarga bog’liq, nurash po’stida tirik moddalar ta’sirining yo’qolmas izlari bor.
Mezolit - (yunoncha mezos – o’rta, litos - tosh) – o’rta tosh davri - miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar.
Migratsiya(lot) - ko’chuvchi, joyini o’zgartiruvchi.
Mikrobiyolo’giya sanoati – mikrobiyolo’giya, kimyo, va fizika fanlarining yutuqlari asosida vujudga kelgan eng yangi sanoat tarmoqlaridan biri. Masalan: neft, gaz, yog’och kimyosi maxsulotlari, oziq-ovqat sanoati chiqindilarini ishlatib, yem sifatini yaxshilavchi, o’simliklarni zararkunandalardan himoya qiluvchi moddalar, antibiotik va vitaminlar ishlab chiqaradi.
Mikrofirma - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ish bilan band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni ishlab chiqarish sohasida 10 kishigacha, savdo, xizmat ko’rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida 5 kishigacha bo’lgan korxonalar.
Mikroiqlim – (yunoncha kichik) – kichik joylar (biror jar, ko’l, ko’cha, maydon, yonbag’r, dara, vodiy) iqlimi. Iqlim hosil qiluvchi mahalliy omillar ta’sirida tarkib topadi.
Mikroneziya (yunoncha, kichik orollar) - marjon va vulkon orollardan paydo bulgan juda ko’p mayda orollar kiradi. Bunga tinch okeanining g’arbiy qismida joylashgan Marshall, Karolin, Marian orollari va Gilbert arxipelagi kiradi. Nihoyatda keng hudud (14 mln. Kvadrat km.) da tarqoq joylashgan mazkur orollarning umumiy maydoni 3,5 ming kv.km.ga ham yetmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |