Abdulla avloniy ijodida axloq mavzusi va mohiyati ifodalanishi


II BOB. AVLONIY IJODIDA AXLOQ MAVZUSI VA MOHIYATI IFODALANISHI


Download 143 Kb.
bet4/7
Sana10.11.2023
Hajmi143 Kb.
#1761754
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ABDULLA AVLONIY IJODIDA AXLOQ MAVZUSI VA MOHIYATI IFODALANISHI 2

II BOB. AVLONIY IJODIDA AXLOQ MAVZUSI VA MOHIYATI IFODALANISHI
2.1. Avloniyning axloq va odob, Vatanga muhabbat haqidagi she’rlari
Ma’lumki, odamlar qadim-qadimda hayot va tabiat voqea-hodisalarini, atrof muhitda kechayotgan o`zgarishlar hamda jarayonlarni doimo o`zlarining hayotlariga qiyoslashgan. Tabiat go`zalligini asl holicha soddadillik bilan qabul qilishgan. Avloniy ilmiy adabiyotda «taqlidchilik davri», «xalq og`zaki ijodi davri» deb atalgan paytlarni tahlil etishda asosan to`g`ri yondashadi. U taqlid davrini quyidagicha ifodalaydi: «bahor mavsumlarida chechaklarning hajrida mast bo`lib sayragan qushlarning yoqimli tovushlari hushlariga o`tirdida, onlar ham ixtiyorsiz ravishda shul qushlarga tovushlarini o`xshatmoq, go`yo qush kabi sayramoqchi bo`ldilar». SHoir bu misol bilan inson qalbida paydo bo`lgan go`zallikka, musiqaga intilish, ijod qilish, o`ziga xos ohang yaratish mayini va bu mayilni tug`diruvchi musiqa va uning uyg`otuvchisi, fasllar kelinchagi bahor ekanini uqtiradi. Davrga ta’rif berib: «Ular ham nag`ma, ashula qila boshladilar. Mana shu davrni sanoyi’ nafisaning adabiyot davri deyilur», - deydi.
Avloniy taqlidchilikdan asta-sekin haqiqiy ijod davriga o`tishni to`g`ri ta’kidlab, «avvalgi san’atlariga qaraganda so`nggi san’atlar (avvalgidan) muhimroq va yaxshiroq bo`lib, mutaassir bo`lmoq har kimga nasib bo`lmas edi», -deydi. Binobarin, u haqiqiy san’atkorlik har kimning qo`lidan kelmasligini, buning uchun insonga chin ma’nodagi iste’dod lozimligini aytadi.
Taqliddan og`zaki ijodga, so`ng haqiqiy san’atkorlikka o`tish zamonini, ya’ni adabiyot davri haqida fikr yuritar ekan, har ikki holatda musiqaning vazifasini asosan to`g`pi belgilaydi. U «shodlik kunlarin(i) shodlik qo`shiq bilan tasvir qilsalar, g`amlik kunlarin(i) qayg`ulik ashulalari bilan izhor qilar edilar», -deydi. Ya’ni, musiqaning faqat maishiy tomonini emas, balki falsafiy jihatini ham unutmaydi.
Avloniy inson ovozi - eng birinchi musiqa asbobi ekanligini va kadimgi kishilar «go`zallaridan, mahbubalaridan, borlaridan ajralganliklarin(i) boshqa o`rtoqlariga ham ma’lum qilar edilar», deb qadim zamonlarda ishq-muhabbat, his-tuyg`ular bilan bog`liqligini aytib, lirik musiqaning paydo bo`lish sabablarini ochadi. Shuningdek u jo`ngina bo`lsa-da, ilk musiqa cholg`u asboblarining yaratilishi haqida ham taxminlar qiladi: «Daraxtlarning shoxlariga ilinib qolgon hayvonlarning ichaklarin havoning ta’siri bilan ko`rib, shamolning ta’siri bilan «ting`ir-ting`ir» qilgan tovushi ko`ngillariga o`turdi, xush keldi. O`zlarining ashula va qo`shiqlariga jo`r-jo`ravozlik qilmoq uchun hayvon ichaklaridan «tor» yasab, musiqiy asboblarin yuzaga chiqardilar», deb musiqa san’ati o`z taraqqiyotida yangi bir bosqichiga o`tganini ta’kidlaydi. «Bu san’atlari avvallariga qaraganda eng nafis, eng muhim, eng ruhlik bir san’at bo`lib chiqdi. Lekin onlar bu san’atlarni tekshiruv va qayg`iruv orqasida chiqordilarda, bizlarga yodgor o`laroq qoldirib, o`zlari ko`zdan nihon o`ldilar» deb, musiqani oddiy taqliddan ijod va chin badiiyot hosilasi darajasiga ko`tarilishini «nafis san’at» deb, uning yaratuvchilari-bastakorlar nom-nishonsiz o`tib ketganlarini uqtirmoqda. U davrni aniq ko`rsatishdan tiyilib, o`rta asrlar nafis san’atiga ishora qilar ekan, milliy musiqa bisotimizdagi o`adimiy «Sayra bulbul, sayra chinorni shoxi sinsun, yor ayrilaman dedi, ayrilib ko`ngli tinsun» deb boshlanuvchi xalq qo`shig`ini tilga oladi. Avloniy musiqa san’atining paydo bo`lishiga oid qisqagina maqolasida ko`pgina qiziqarli kuzatuvlarni keltiradi va asosan to`g`ri xulosalar chiqaradi. Musiqa ilk bor tabiatga oddiy taqliddan boshlanganligini, musiqa san’atining asosiy janrlarini, ya’ni mavsumiy, maishiy va lirik qo`shiqlarning kelib chiqishini eslatib qo`yadi. Musiqaga yurakdan berilgani bois yozgan «Musiqiy» sarlavhali she’rida musiqaning ta’sir kuch-qudratini batafsil ifodalaydi.
Nag`ma sozingdir madori jism, qudsiy so`zlaring,
Ruxbaxshodur sado qilganda, hijron ko`zlaring.
Avloniy musiqani o`lik vujudga jon kirituvchi go`zal qiyofada tasvirlaydi. Musiqa sadosi insonning ruhini bo`ysundirib o`ziga muxlis qiladi, ming jonlarni o`ynatadi. Kimki umrida bir marotaba musiqa sadosini eshitsa, unga abadiy shaydo bo`lib qoladi. San’at inson qalbiga shodlik bag`ishlab, o`ziga asir qilib oladi. Musiqa bulog`idan minglab jonlar ta’sirlangan, maftun bo`lgan, «murda dillar», ya’ni o`lik dillar ham uning ta’siridan darmon oladi va tiriladi, harakatga keladi. San’atni anglagan, undan bahramand insonning ruxiyati pok bo`lib, yomonlik tomoniga o`zgarmaydi, buzilmaydi deb hisoblaydi Avloniy. Shu bilan shoir musiqa inson ruhini, ma’naviyatini poklaydigan, tarbiyalaydigan kuchga egaligini ta’kidlab, qadimgi yunon faylasuflarining «poklanish» («katarsis») tushunchasiga hamfikrlik bildiradi.
So`ylagan kimdur dahoningdan azal asrorini,
Nag`mang ochgay elni afkorik tuzar jontorini.
Ya’ni musiqa ilohiyat bilan bevosita bog`liq bo`lgan mo`’jiza. Insonga yaratguchining sirini so`zlagan kim? Albatta, nag`ma. Chunki nag`ma – xalqning tafakkurini ochadi, jonlarning-jamiyatning bemor vujudini davolaydi, jon tomirini tuzatadi. Sababi, nag`masoz (sozanda, bastakor) qudsiy-ilohiy poklik so`zini aytib, inson va jamiyat vujudiga quvvat beradi, chunki, Hijron so`zlari (shoirning taxalluslaridan biri) xasta xalq ruhini davolovchi ohang-sado-kuydir.
Avloniy she’rda musiqaning ilohiyona ta’sir quvvatini ta’riflash bilan kifoyalanmay turli musiqiy atamalarni keltiradi: «some’» - tinglovchi, eshituvchi manosini bildiradi; «tarannum» - ohang, kuy; «takallum» - qo`shiq, ashula; «nag`masoz» - kuy yozuvchi, bastakor. Adib musiqani nafaqat san’at, balki falsafa, din, tibbiyot va umuman koinot bilan bog`liq bo`lgan yaxlit bir hodisa sifatida o`zaro mutanosiblikda idrok etadi. Uning musiqa inson ruhiga, ma’naviyatiga qanchalik kuchli ta’sir ko`rsatishi, ta’lim-tarbiyada muhim rol o`ynashi haqidagi fikr va tushunchalari barcha jadid ziyolilariga xos bo`lib, qadimiy Sharq musiqashunoslarining fikrlariga monand keladi.
Abdulla Avloniyning ko`p qirrali faoliyatida yoshlarga ta’lim-tarbiya berish masalasi muhim ahamiyat kasb etgani to`g`risida ko`pgina qiziqarli ma’lumotlar bor. Millatimizning ilg`or kishilari qatori Avloniy Vatanning kelajagi yoshlar tarbiyasiga bog`liq ekanini, ularning ma’naviy barkamolligi yangi jamiyatning madaniy darajasini belgilashini chuqur anglagan. 1904 yilda u Mirobod mahallasida ko`pgina ma’rifatparvar ziyolilar qatori yangi usuldagi maktab ochadi. 1916 yildan boshlab o`z maktabida musiqa darslariga o`rin beradi. Avloniy maktab programmasiga kiritgan «..musiqa darslari o`sha zamonning oxirgi kashfiyoti grammofonsiz o`tmagan» deb eslaydi maktabning sobiq o`kuvchisi Yu.Tohiriy (Avloniy A. Toshkent tongi. T.: 1979. 10-bet). O`sha zamon Turkiston bolalari qanday kuy va qo`shiqlarni tinglaganlari va bunday «ko`rgazmali qurol» ularga qanchalik katta ta’sir ko`rsatganligini tasavvur qilish mumkin.
Avloniy musiqa san’atini qanchalik chuqur idrok etganligini o`zining ko`pgina she’rlarini ommabop xalq qo`shiqlariga, maqom yo`llaridagi kuylarga, o`z davrida mashhur bo`lgan ozarbayjon operalaridagi ariyalarning kuylariga moslab yozganligidan bilishimiz mumkin. Masalan uning «Maktabga targ`ib» she’ri «Latifa» kuyi ohangida yozilgan. U ijrochilar qiynalmasligi uchun «Milliy kuylarimizdan biri «Og`ajon latifa, guliston latifa», «Shoxida o`ynang, bargida sayrang, bog` latifa»dur, deb matndan parcha keltiradi va «teatr va adabiyot kechalarinda sahnada yozilmish milliy she’rlardan bir bayt, bir yoki ikki kishi tarafidan o`qilub, so`ngidan ko`b kishilar tarafidan hur, sozlar ila jo`r qilub ikkinchi bayt o`qilur», deb ogohlantiradi hamda naqorat lozimligini uqtiradi.
Shuningdek, «Saodatshundadir» she’ri milliy kuylarimizdan «+oshg`archa», «Anorxon yorima» kuyiga solinub yozilganini eslatib o`tadi. Xullas shoir talaygina she’rlarni tayyor kuylarga solib yozgani haqida ma’lumotlar berib, uning ijro yo`llarini tushuntiradi: «Milliy nag`ma» she’ri «Shoh Abbos» operasindagi sharqiy kuylardan biri - «Tasnif»ga, «Hofizdan» - «Bayoti sheroz» kuyiga, «Jahldan nafrat» - «Dugoh» kuyiga, «Oh, bag`ri qonim» - "Rost" kuyiga, «Munojot» - milliy kuylardan "Segoh" kuyiga, «Oqma ko`z yoshim» - «Usqudor» kuyiga, «Ilma targ`ib» - «Layli va Majnun» operasindagi kuylardan sharqiy «Ey, bekasu bechora» kuyiga solinub yozildi». «To`y haqinda» she’riga «Reza» kuyi asos qilib olingan bo`lsa, boshqalari xalq kuylaridan «Yor-yor»ga solingan.
Ma’lumki, O`zbekistonning turli viloyatlarida xalqimizning marosim qo`shiqlari orasida «Yor-yor»lar juda keng tarqalgan bo`lib, o`ziga xos usulda ijro etiladi. Aslida to`y marosimi bilan bog`lig` bo`lgan, «Yor-yor» qo`shiqlarining kuyi lirik ohangga ega bo`lib, xalqning kundalik turmushidagi har xil dolzarb mavzularni qiyoslash usulida qamrab oladi. Biz buni hozirgi kunda ham kuzatishimiz mumkin. «Yor-yor» qo`shiqlarining o`ziga xos ijro uslublari mavjud. Avloniy «Yor-yor»ning qiyoslash, taqqoslash usulidan va ohangidan ham ustalik bilan foydalangan. Shu sababli uning bu janrda yozilgan ijtimoiy she’rlari zamondoshlari qalbi va ongiga musiqiy ohanglar vositasida etib borgan. Binobarin o`quvchi va tinglovchini ma’naviy tarbiyalashda muhim tarbiyaviy vazifani bajargan, desak sira mubolag`a bo`lmaydi.
Ijodkor o`zining ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy fikrlarini o`quvchi qalbiga joylashda nomlari yuqorida zikr etilgan milliy kuylar bilan bir qatorda «Na’t», «Munojot» va «Hamd» kabi an’anaviy diniy qo`shiq janrlaridan ham foydalangan. Sharq xalqlari va xususan o`zbek, tojik va fors adabiyotida Olloh va uning so`nggi payg`ambarini sharaflovchi «Na’t» va «Hamd» janrlari juda katta o`rin egallagan. Har bir yirik badiiy asarning boshida tangrini madh ztuvchi parchalar (boblar) bo`lishi odat tusiga kirgan. «Na’t» va «Hamd»lar aruz vaznida yoziladigan diniy musiqiy janrlar hisoblanadi. Bu asarlar qasida janriga hamohang bo`lib, to`ylarda va bazmlarda (konsertlarda) ijro etilgan. «Na’t» va «Hamd»larning ohanglari bir tekisda ketib, qo`shiq va deklamatsiya o`rtasidagi usulda tanbur jo`rligida ijro etilgan. Asosiy urg`u so`zning mazmuniga qaratilgan bo`lib, tinglovchining his-tuyg`ulariga ta’sir qiladi. Avloniy bu holatni e’tiborga olgani uchun o`z she’riy to`plamlarida ulardan keng foydalangan. Shu sababli uning «Adabiyot yohud milliy she’rlar» to`plamining har bir ju’zi «Hamd» va «Na’t»lar bilan boshlanadi. Avloniyning bir necha she’rlari «Na’ti Hazrati Rasuli Akram», «Hamd», «Na’ti sarvari olam», «Mustahzod» deb ataladi. Garchi bu she’rlar Olloh taolo va uning oxirgi paygambari Rasuli Akramga bag`ishlangan ta’rif, madhiya va iltijodan iborat bo`lsada, ammo shoir ularga zamonasiga oid ijtimoiy vazifalarni ham yuklaydi. Shu sababli ijroda xorni ham nazarda tutadi. Musiqa jo`rligida xor jamoasida kuylash usulining o`ziga xos tarbiyaviy va tibbiy xususiyatlari mavjud: jamoa bo`lib kuylaganda odam musiqani butun vujudi bilan his etadi va o`zi beixtiyor ijodiy jarayonga kirishadi, uning ruhiyati har qanday shartlilikdan xoli bo`lib, ichki ko`tarinkilikka, erkinlikka erishadi. Aynan ijroning shu turi musiqa san’atini o`zlashtirishda, unga bevosita kirib borishda, musiqiy ta’lim sohasida juda foydali va unumli yo`ldir.Muallif tomonidan ushbu bobning yaratilishi kuchli hayotiy ehtiyoj, ma’naviy zarurat samarasidir. Jadidlar milliy ta’limning zamini sifatida ona tili o‘qitish masalasiga e’tiborni kuchaytirdilar, chunki milliy ruh, milliy ma’naviyatni “sut bilan kirgan...” deganlaridek, faqat ona tili orqaligina singdirish mumkin. Bu — jadid mutafakkirlari peda­gogik qarashlarining tub mag‘zini tashkil qiladi. Mahalliy millat bolalari uchun maxsus ochilgan davlat tasarrufidagi rus-tuzem maktablarida ona tili, uning adabiyoti, dini va tarixini o‘qitish masalasiga maxsus e’tibor berilmadi. O‘z tili, dini, madaniyati, tarixidan xabarsiz kichik ma’murlar toifasini tarbiyalab yetishtirish ruslashtirish siyosatining birinchi va hal qiluvchi bosqichi edi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlar rahnamoligida ochilgan va xalq o‘rtasida katta e’tibor qozongan jadid maktablari mohiyat e’tiboriga ko‘ra rus-tuzem maktablariga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham A.Avloniyning ona tiliga nisba­tan buyuk muhabbat bilan aytgan so‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sib kelayotgan yosh (shu bilan birga, hozirgi) avlodlarga qaratilgan edi:
Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, rahmonim.
Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,
O‘lgunimcha ayilma, ey jonim.
Menga ilm-u adab san o‘rgatding,
Chin adib, muallim shonim.
Millating ruhini ko‘targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish hamma vaqt ta’lim-tarbiya tizimining birlamchi va asosiy vazifasi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Abdulla Avloniy atoqli metodist olim sifatida mazkur asarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish masalasiga, voizlik (notiqlik) san’atini egallashga alohida e’tibor qaratadi. Muallif fikricha, har bir o‘quvchi ona tilida o‘z fikrini aniq, ta’sirchan, shu bilan birga, chiroyli bayon qilish qobiliya­tiga ega bo‘lishi, so‘zning nozik tovlanishlarini his qilishi kerak. Buning uchun esa o‘quvchi ona tilining nozik, go‘zal ifodalarini, nafosatini puxta egallagan bo‘lishi shart. Bu so‘zlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma nutq o‘stirish masalasiga ham bevosita taalluqlidir: “Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og‘iz orasidagi tilni (og‘zaki nutqni — U.D.) ham saqlamak lozimdur. Chunki so‘z insonning daraja va kamolini ko‘rsatadurgon torozusidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar”.
“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining “Yomon xulq­lar” qismi 18 bobdan iborat. Muallif insonning bunday xulqlarini “saodati abadiyadan mahrum qiladigan, janobi Haq qoshida va xalq nazarida mazmum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo‘lgan axloqi zamimalar...” deb ataydi. Asar muallifi kishilarning ham ijobiy, ham salbiy xulqlarini bayon qilib, kitobxonlar mulohazasiga havola qiladi, ularni mustaqil fikrlashga da’vat etadi. U “Bu sanalgan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanalgan yaxshi xulq­larning go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila tahqiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomonlarini onglab, hazar qilmak lozimdur”, deydi.
Avloniy asarning keyingi bobida g‘azabning ikki xil xususiyatini bayon qiladi. Biri — dushmandan o‘zini, millatini, Vatanini mudofaa qilishda insonning g‘azabi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda g‘azab dushmanga qarshi kurashda unga katta kuch-qudrat bag‘ishlaydi. Ikkinchisi — birovni jabr-zulm yo‘li bilan ishlatish, begunoh odamlarga achchiq va sovuq muomalasi bilan dahshat solishdan iborat bo‘lgan salbiy xususiyatdir. Hilm — yumshoq tabiatlilik bilan g‘azabning oldini olish mumkin. Avloniy bu haqda Imom Shofe’iy hazratlarining so‘zlarini keltiradi: “Qilich va nayza ila hosil bo‘lmagan ko‘b ishlar yumshoqlik va muloyimlik ila hosil bo‘lur. G‘azabning zarari egasiga qaytur”, — demishlar”.
Mutafakkir asarning “Yomon xulqlar” qismida yana bir nihoyatda muhim masalaga e’tiborni qaratadi. Bu “Jaholat” va “Aqsomi jaholat” (“Jaholat qismlari”) boblaridir. Jaholat nodonlikdan, ilmsizlikdan hosil bo‘ladi. Insoniyatning eng g‘addor dushmani jaholatdir. Asar muallifi jaholatni ikki qismga ajratadi: biri — “jahli basit” (oddiy jaholat), ikkinchisi — “jahli murakkab”. “Jahli basit” kasaliga mubtalo bo‘lganlar biror narsani bilmaydilar va bilmasliklarini e’tirof etadilar. Bularning davosi nisbatan oson, ularni o‘qitish, o‘rgatish, bilim berish bilan bu marazdan forig‘ qilish mumkin. “Jahli murakkab” kasaliga duchor bo‘lganlar bilmagan narsalarini bilaman deb da’vo qiladilar. Ularni tuzatish ancha murakkab ish. Jahli murakkab qanchadan-qancha ilm-fan, taraqqiyot fidoyilarini ta’qib-tazyiqqa, vatanjudolikka duchor etdi, Ulug‘bekdek buyuk alloma, adolatli podshoh uning qurboni bo‘ldi. “Jahli murakkab” namoyandalari millatni asriy qoloqlikda, jaholatda saqlashda mustamlaka­chilar uchun qurol vazifasini bajardilar. Hatto “jahli murakkab” haqida Munavvarqori Abdurashidxonov maxsus “Bizning jaholat — jahli murakkab” nomli maqola ham yozdi. Unda muallif jaholatparast ulamolarni, ilm-ma’rifatdan yiroq eski maktab va madrasalarni, ularning homiylari­ni qattiq tanqid qildi. Ularning johilligi tufayli Vatanimiz to‘rt yuz yil davomida jahon taraqqiyotidan butkul uzilib qoldi.
Abdulla Avloniy har bir axloqiy kategoriyani tahlil va talqin qilar ekan, bevosita o‘z davri muammolari bilan bog‘laydi, shuning uchun ham asarda davr nafasi ufurib turadi. Mustamlaka Turkistonning fojiali ahvoli, erksizligi, chor hukumatining o‘lkada olib borayotgan dahshatli iqtisodiy siyosati asar qatlariga mohirona singdirib yuborilgan: “Ovrupoliklar o‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keltirib, o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz turkistonliklar dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berib, sut oshaymiz, non o‘rniga kesak tishlaymiz. So‘zning qisqasi hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas say’, bitmas g‘ayrat lozimdur”.
Asarda muallifning o‘zbekcha so‘zlarni nihoyatda
nafis his qilishi ko‘zga yaqqol tashlanadi. A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini zamondoshlari — muallimlarning taklif va istaklarini nazarda tutgan holda, garchi og‘ir bo‘lsa-da, Shayx Sa’diy uslubida yozmoqni muqaddas deb bildi. Sa’diyning “Guliston” asariga chuqurroq razm solsak, hayotdagi salbiy voqea-hodisalarni, yaramas xulqli kishilarni fosh etishda g‘azab-nafrat, kuchli hajv bilan ifodalashdan ko‘ra yengil kulgi, mutoyiba, kinoyadan ustalik bilan foydalanganligining guvohi bo‘lamiz. Buni asar muallifi ulug‘ mutafakkirning o‘zi ham alohida ta’kidlaydi: “...Lekin sohibi dillarning ravshan va musaffo ra’yi oroyishlarig‘a maxfiy va po‘shida qolmasinkim, shofiy mav’izalarning durlardan iborat rishtasig‘a chekmishdururman. Pand va nasihatning talx va achchiq dorusini zarofat va latofat shahdi bila og‘ushta qilmishdururman, tokim qabul davlatidin mahrum va noumid bo‘lub qolmag‘ay. Masnaviy:
Biz nasihat bajoy kelturduk,
Pandin oxirig‘a yetkurduk.
Gar kishi mayl etib quloq solmas,
Bizdin elga poyom bo‘lg‘oyu bas”.
 Abdulla Avloniy ham Shayx Muslihiddin Sa’diy kabi har bir bob oxirida o‘z axloqiy qarashlarini xulosalovchi qissadan hissa sifatida 4-5 bayt she’r keltiradi, keskin fosh etuvchi achchiq tanqid, hajv Avloniy asarida ham deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Bu bilan u, birinchi navbatda, norasida bolalarni — o‘quvchilar ruhiyatini, ulardagi yumshoqtabiatlilikni, poklikni nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas. Aslini olganda, buyuk Sa’diyning “Guliston” asari ham tilining nihoyatda samimiyligi, beozorligi tufayli ko‘plab ijodkorlarni o‘ziga maftun etib keldi, necha-necha yuzyilliklar davomida maktab va madrasa o‘quvchi hamda talabalarining asosiy darsligi vazifasini ado etib keldi.
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini butun Turkiston ziyolilari katta mamnuniyat va qoniqish bilan kutib oldilar, uning targ‘ib-tashviqiga alohida e’tibor berdilar. Ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan bu
noyob, mukammal asarning har bir adabiyot va san’at ahli, muallimlar, umuman, o‘zbek xonadoniga kirib borishini dil-dildan orzu qildilar: “Turkiston viloyatining gazeti”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona” gazetalarida ushbu asarni ta’rif-tavsif etuvchi turkum maqolalar e’lon qilindi. Bunga “Turkistonga zo‘r shodlig‘” sarlavhali maqola-taqriz dalil bo‘la oladi: “Ko‘pdan beri kutilgan Turkiston uchun eng kerakli “Turkiy guliston yoxud axloq” ismli axloq kitobi ochiq tilda, Turkiston shevasida Shayx Sa’diy usulida Abdulla Avloniy tarafidan yozilub, toshbosmada bosilub, 132 betdan iborat muhim asar maydonga chiqdi. Har bir adabiyot oshiqlarina, xususan, muallim afandilara biror nusxani tavsiya qilurmiz”. (“Sadoyi” Turkiston” gazetasi, 1914- yil, 24-son).
Darhaqiqat, A.Avloniy ushbu “Turkiy guliston yoxud
axloq” asarida zamonaviy pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqdi hamda asar bo‘lg‘usi yosh muallimlarni tarbiyalashda, milliy ruh ufurib turgan darslik va majmualar yaratishda dasturulamal vazifasini bajardi.
A.Avloniy «Shuhrat», «Osiyo», «Turon» gazetalarini nashr etib, uning sahifalarida eski maktab va madrasalardagi o’quv-o’qitish uslublarini isloh qi-lishga undovchi maqolalarga keng o’rin berib bordi. A.Avloniy maqolalaridan birida shunday deb yozadi: «Biz musulmonlar ma’rifat va madaniyat jihatidan o’ruslardan va hatto armanlardan juda orqadamiz…
Bizning bolalarimizning yoshroqlari ko’chalarda turli foydasiz o’yinlar bilan mashg’ullar,, kattaroqlari boylar eshigida xizmatkordirlar. Maktab, madrasalarimizda ilm degan aziz narsani yolg’iz ismigina qolgan, o’qiydirg’on bolalarimizning 15-20 yillab umri azizlari madrasa yotoqxonalarida barbod bo’lib, ba’zilari o’z ismlarini ham to’g’ri o’rganmay chiqmoqdalar».
A.Avloniy nashr etgan gazetalar ilg’or fikrlar targ’ibotchisi bo’lgani uchun ham uning faoliyati chorizm hukumati tomonidan tez-tez taqiqlanar edi. Shundan so’ng u ilg’or g’oyalarni ma’rifat o’chog’i – maktab orqali xalqqa tarqatishga qaror qiladi va 1903 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi usulda maktab ochadi. A.Avloniy o’zi ochgan maktabda kambag’allarning farzandlarini, etim-esirlarni o’qitdi. Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri Yusuf Tohiriy mazkur maktab haqidagi xotiralarida shunday yozgan edi: «Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo’l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi usuldagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug’i butun sha-harga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o’qishyozishni o’rgatarmish, jo’g’rofiya, xisob, tabiatni o’rganish degan darslar o’rgatilarmish», – degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko’rishga hammamiz oshiqardik. Nihoyat, bir kuni uchto’rttamiz borishga jazm qildik.
Maktab pastakkina, nim qorong’u bo’lib, masjid yo’lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug’lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg’ir ham tushib turardi. Lekin xonada o’quvchilar va o’qimoq uchun kelganlar soni ko’p edi. Hayotimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotma, cho’qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim – A.Avloniy edi. O’qishga qabul qilindik. Ko’p o’tmay, ko’z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to’la ishonch hosil qildik. Bizning bolalarning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo’lsa ham, mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o’qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabardor bo’lishlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizni eski maktabimiz bo’shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to’ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi».
A.Avloniyning Mirobodda katta qiyinchiliklar bilan ochgan yangi usuldagi maktabning dovrug’i, Yusuf Tohiriy xotiranomasida yozganidek, butun Toshkentga tarqaldi. Lekin u ko’p o’tmay yopildi.
Bu haqda A.Avloniy shunday yozgan edi: «Maktabimda er, odamlar, tog’-toshlar, daryo, osmon haqida suhbatlar o’tkazmoqqa harakat qilganimni Mirobod johil kishilari
bilishib, meni kofir bo’lding deb maktabimni yopdilar». Biroq A.Avloniy o’z g’oyasi va e’tiqodi yo’lida bu muvaffaqiyatsizlikdan va ilm-ma’rifatga qarshi bo’lgan jaholatparastlardan, chor hukumatining millatchilik siyosati oldinga surgan har qanday to’siqlardan qo’rqmadi. Shundan so’ng u 1909 yilda kambag’al va etim-esirlarga yordam berguvchi «Jamiyati xayriya» jamg’armasini tashkil etadi va unga olti oy raislik qiladi. Shu yili Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfdan iborat maktab ochdi. «Maktabda bolalarga jo’g’rofiya, tarix, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlar bilan birga ona tili va adabiyot fanlaridan bilim beradi». Etim-esir bolalarni kiyim-bosh, qalam-daftar bilan ta’minlash uchun bo’sh vaqtlarida duradgorlik va suvoqchilik qiladi, pechka tuzatuvchi usta bo’lib pul topadi.
A.Avloniy mehnatkash xalq farzandlarining kelajagiga butun borlig’i bilan ishongan holda, ularning savodini chiqarish, sinfiy ongini o’stirish maqsadida yangi usuli savtiya maktablari uchun darslik va qo’llanmalar ham yaratdi. Ayniqsa, uning «Muallimi avval» (1911), «Muallimi soniy» (1912), «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913), 6 qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1917), «Maktab guliston» (1915) va boshqa asarlari o’zbek milliy tarbiyashunosligi tarixida muhim o’rin egallaydi.
A.Avloniyning «Muallimi avval» («Birinchi muallim») alifbo darsligi Mulla Abdulvahob Ibodiyning«Tashilul alifbo» haqida, M.Faxriddinovning «Rahbari avval» darslik-alifbolari kabi usuli maddiyada yaratilgan. Usuli maddiya hijo usulining ancha soddalashtirilgan turi bo’lib, harfiy-bo’g’in uslubi (metodi) deb ham yuritiladi. Abdulla Avloniy mazkur alifboni yaratishda usuli savtiyada yaratilgan ilk darsliklar (Saidrasul
Saidaziziyning «Ustozi avval», 1903 yil; Munavvar qori Abdurashidxon o’g’lining «Adibi avval» (1907)ini chuqur o’rgandi, o’zining amaliy tarbiyachilik faoliyatidan foydalandi. Muallif alifboni yaratishda bolalarning yosh xususiyatlariga alohida e’tibor berdi, o’qitishning eng oson yo’llarini qo’llashga harakat qildi. Bu haqda Avloniy yozadi: «Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Muallimi avval» («Birinchi muallim»)imizdan ham olib, tajriba qilib, o’qutub ko’rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning bir ta’mi-mazasi bordur, bu ta’m esa tajriba sohiblarini kashfu ma’lum o’lur… zng oson usul ila tartib edilmish». Darslikning birinchi qismida harfning yozilish shakllari tushuntiriladi, ikkinchi qismida didaktik xarakterdagi kichikkichik matnlar beriladi86.
Muallifning «Muallimi soniy» (2-sinf uchun) kitobi terma kitobga o’xshash bo’lib, «Alifbodan so’ng o’qutmoq uchun» yozilgan, bolalar ruhiga, bilim saviyasiga mos keladigan sodda, didaktik axloqiy-ma’rifiy hikoyalar, she’rlar bilan ziynatlangan darslikdir. Ko’pgina she’rlar yod olishga, ifodali va rollarga bo’lib o’qishga mo’ljallangan. Bu kitob 40 darsga mo’ljallangan bo’lib, unda o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, badiiy asarni yod olish, ifodali va ta’sirchan o’qishga e’tibor beriladi. «Muallimi avval»dan so’ng o’qish kitobi sifatida foydalanishga mo’ljallangan «Muallimi soniy» darsligi ilm-ma’rifatga da’vat etilgan «G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!» she’ri bilan ochiladi:
Maktab uyi — dorulomon,
Maktab hayoti jovidon,
Maktab safoyi qalbi jon, G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon… Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur, G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!
Maktab o’quvni ko’rsatur,
Maktab yozuvni o’rgatur, Maktab yuqu (uyqu)dan uyg’atur,
G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!
Maktabdur – ilmu kamol,
Maktabdur husnu jamol,
Maktabdur milliy xayol,
G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!
Kitobni varaqlar ekanmiz, muallifning «Sahiylik» va «Baxillik», «Arslon ila ayiq», «Nafsi buzuq hayitda o’lar», «Aqlli qarg’a», «Aqlli bola», «Qalampir ila cho’l yalpizi», «Ovoz», «Xrus (xo’roz)ila bo’ri», «Aqlli bog’bon», «Soqi ila onasi», «Bolari ila Pashsha» kabi hikoya va masallarida nafs balosi va ochko’zlik, yolg’onchilik, baxillik, hasadgo’ylik, janjalkashlik, takabburlik, manmanlik, yalqovlik, tekinxo’rlik, nodonlik va jaholat, soxta do’stlik, nomardlik qattiq qoralanadi, rostgo’ylik, sahiylik, chin do’stlik, xushfe’llik, xushmuomalalik, yaxshilik qilish, aql va donishmandlik, mehnatsevarlik, mardlik kabi fazilatlar esa sharaflanadi. Bunday ma’rifiy, ijtimoiy-axloqiy mazmundagi asarlar bilan tanishtirish shubhasiz, bolalarni erksevarlik, haqiqatgo’ylik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling