Abdulla avloniy ijodida axloq mavzusi va mohiyati ifodalanishi


«Turkiy Guliston yoxud axloq» asarining ahamiyati


Download 143 Kb.
bet5/7
Sana10.11.2023
Hajmi143 Kb.
#1761754
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ABDULLA AVLONIY IJODIDA AXLOQ MAVZUSI VA MOHIYATI IFODALANISHI 2

2.2.«Turkiy Guliston yoxud axloq» asarining ahamiyati
Ayniqsa, A.Avloniyning yuqori sinf o’quvchilariga darslik sifatida mo’ljallangan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarining ahamiyati katta bo’ldi. Darslikdayoshlarni
«yaxshiliqg’a chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilm» axloq va xulq haqida keng fikr yuritiladi. A.Avloniy ta’lim bilan tarbiyani uzviy ravishda olib qaraydi: «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurg’on, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur»1, deb to’g’ri tushunadi va to’g’ri talqin qiladi: «Tarbiya, «pedago’giya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur… Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtindan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o’rgatmak, yomon xulqlardan asrab o’sdurmakdur»2.
A.Avloniyning Vatan, uning taqdiri, o’tmishi, istiqboli haqidagi qarashlari, uning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy o’ylari bilan chambarchas bog’liqligi jihatidan ham diqqatga sazovordir.
«Har bir kishining tug’ilib o’sg’on shahar va mamlakatini shul kishining Vatani deyilur. Har kim tug’ilg’on, o’sg’on erini jonidan ortiq suyar»3, – deydi Avloniy.
Shuning uchun «Har kim» Vataniga, insoniyatga xizmat qilish, ezgulik yaratish dardi bilan yashamog’i lozim. Davr, zamonning kun tartibiga qo’yilgan dolzarb muammolarning hal etilishi – ana shu «Har kim»ning ongli fidoiyligi, favqulodda jasorat kuchi va muhimi, olijanob maqsad, unga erishishdan iborat sa’y-harakatlariga bog’liqdir. Shunday ekan, el-
yurtga muhabbat tuyg’usi A.Avloniyning ruhiga o’tli ilhom soladi, vujudiga adadsiz kuch-qudrat bag’ishlaydi: «Kishining kecha va kunduz tindurmasdan qul kabi mehnat va mashaqqatlarga ko’krak berub ishlatadurg’on narsa Vatan va bolachaqalarining mehru muhabbati emasmi? Qush yaxshi ko’rgan donasiga qiziqub, tuzoqg’a ilinib qolg’oni kabi, inson suyukli narsasiga boylanub, asir bo’lub qolmog’i tabiiydur…– deydi.
Zamonasining peshqadam ziyolisi bo’lgan A.Avloniy xalqning og’ir ahvolidan kuyinib, uning qismatini engillashtirish choralarini qidirib, buning dastlabki bosqichi kishilarni bilimli, ma’rifatli qilish, deb tushundi va butun ijtimoiy faoliyatini xalqni ma’naviy-marifiy ongini o’stirish va savodini chiqarish, o’z qadrini bilishi uchun ma’rifatparvarlik g’oyalarini tarqatishga sarfladi. «Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkur qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To’g’ri yo’lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratdan mas’ul bo’lishimizga sabab bo’lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur… Ilmning foydasi shu qadar ko’pdirki, ta’rif qilg’on birla ado qilmak mumkin emasdur. Bizlarni ilm jaholat qorong’ulig’idan qutqarur, madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosig’a chiqarur, yomon fe’llardan, buzug’ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur…», degan xulosaga keladi va Avloniy bunga astoydil ishonadi. «…Har bir millatning taraqqiy va taoliysi yoshlarning ilm va ma’rifatga, hunar va san’atiga bog’liqdur…
«Ilm o’qumak har bir mo’’minu eru xotunga farz-dur», demishlar. Bizlar na uchun harakat qilmaymiz, qimirlamaymiz. Boshqa millatlarning o’g’ullari, qizlari kecha demay, kunduz demay, qish demay, yoz demay ilm yo’lida jonlarini fido qilub, quvulub, yugurushub, ko’zlarimizni qamashdirub turgan bir zamonda bizlar hamon uyqudan, g’aflatdan boshimizni ko’tarmaymiz, ibrat olmaymiz. Payg’ambarlarimiz: «Olim bo’l, ilm talab qiluvchi bo’l yoki ilmni eshituvchi bo’l. Hech bo’lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo’l, beshinchisi bo’lma, haloq bo’lursan» demadilarmu?
Topar ilm ila odam o’g’li kamol, Eturmas kamola jamol ila mol. Kerak o’rtanur ilm uchun sham’dek, Tanimoq xudoni ilmsiz maqol…», –
deb yoshlarga pandu nasihatlar qilarkan A.Avloniy, navqiron avlodda o’zining «istiqboldan orzular»ini amalga oshiruvchi kuchni ko’rgan edi. Uning fikricha, xoh yigit, xoh qiz bo’lsin – bolaligidanoq ijtimoiy foydali, mustaqil fikr yuritishni o’rgansin. Shuning uchun ham u yoshlarni, «…aziz umrimizni o’yin-kulgi, safsata, maloya’ni kabi behuda so’zlar ila o’tkarmay, har xil kitob, gazeta va jurnallarni o’qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmak lozimdur», – deb ogohlantiradi.
A.Avloniy yoshlarning fikriy tarbiyasiga to’xtalar ekan, bu – muallimlarning diqqatlariga suyalgan,, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdur»,— deydi.
A.Avloniy bolalarni mustaqil mantiqiy fikrlashga o’rgatishda ularni adolatparvar, rosggo’y, insonparvar, vijdonli qilib tarbiyalash zarurligiga alohida to’xtalib, «insonning mohiyati vijdonidan bilinur» deydi. Uning fikricha, adolatni odamni doim vijdon harakatga keltirib turadi. Lekin kishi qanchalik adolatli bo’lmasin, yolg’iz o’zi hech bir natijaga
erisholmaydi: «Qishi adolat va insoniyat vazifasini yolg’uz o’zi buzuq ishlardan saqlanmak ila ado qilolmas. Balki, o’zi bilan barobar jinsdoshlarining xato va fanoliqlarini tuzatmas va yaxshi yo’lga sa’y qilmak ila ado qila bilur». Nihoyat, A.Avloniy adolatni va insonparvar bo’lishni muhim bir ijtimoiy zaruriyat sifatida talqin qiladi: «Har bir millatning taraqqiy va taoliysi, davlat va hukumatlarning uzun yashamog’i adolatga bog’liqdir. Adolatdan ayrilgan podshohlarning davlatlari yo’q bo’lub, tarix sahifalarida faqat ismlari qolganligi hammaga bilgulidur».

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling