Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida
Download 154.7 Kb.
|
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq
- Bu sahifa navigatsiya:
- QANOAT
SHIJOATShijoat deb botir va yurakli bo'lmakni aytilur. Shaji' kishi hech narsadan qo'rqmaydurgan botir va yurakli bo'lur. Sa'y va g'ayratning ziddi dangasa va yalqovlik o'ldig'i kabi shijoatning ziddi qo'rqoqlikdur. Qo'rqoq savdogar foyda qilmas. Qo'rqoq kishi o'zining soyasidan hurkar, hech bir ish qilishga yuragi bo'lmas. Ko'p kishilar vahima va qo'rqoqlik orqasidan mollaridan, jonlaridan, vatanlaridan ayrilurlar. Shuning uchun har ishda shijoatni qo'ldan bermaslik lozimdur. Shijoat insoniyatning sof oyinasi, iffat, g'ayrat, istiqomat kabi yaxshi xulqlarning nuroniysidur. Shijoatning haqiqati qalbning małonatindan, ruhning salomatindan iboratdur. Hozirgi zamonda botirlik — boylikda, qaysi davlat va millatning davlati bolsa, shul ustun bo'lmakdadur. Chunki hukumat uchun xalq, xalq uchun hunar, hunar uchun ilm, ilm uchun aqcha lozimdur. Sarvatli millatlar milliyatlarini yo'qotmas, rohat va saodatda yashar. Bu kunda madaniy millatlar urushlarini tijorat va sanoatga aylandurdilar va bu soyada bir-birlariga g'alaba va raqobat qila boshladilar. Sehrgar va jodugarlik ila emas, tijorat va sanoatgarlik ila cholishqon Yovro'pa, Afriqo va Osiyoni o'ziga asir va musaxxar qilmakdadur. Bu zamonda fi/ i/ajang ay/amak er/ik emas, Er o 'sha/durkim tutar i/m-u hunarning yoqasin. Besh/ab, o'n/ab so'm topishsa, i/m fla ag'yor/ar, Biz bo'/ub hammo/, o/adurmiz tiyin/ab choqasin. Boshqa/ar san'at, tijorat-/a taraqqiy ay/asa, Bizni e/ tortar ayog'din o'/gan otning toqasin. QANOATQanoat deb janobi Haq tarafidan ihson bo'lgan ahvolga yetishdig'imiz ne'mat va molga shukr, boshimizga kelgan faqr, musibat, falokatlarga chidab, sabr qilmoqni aytilur. Qanoat hasad, tama, hirs, xorlik kabi illatlarning davosi, nafsimizning g'inosidur. Qanoat bir xazinadurki, naqdinasi kundan-kun ortar. Bu xazinaga ega bo'lgan kishilar umrlarini shavq va rohatda kechirurlar. Buning ila barobar qanoatsizlikdan paydo bo'ladurgan hasad degan jonning eng zo'r dushmanidan qutulurlar. Chin insonlar kishining molina, mulkina, saodatina, maishatina hasad qilmas, qanoatdan ayrilmas, umrini rohatda o'tkarur. Inson har bir ishga kuchi yetguncha cholishmoq, janobi Haq taqdirdagi narsasidan nimani bersa, shunga qanoat qilmoq lozimdur. Zeroki, inson o'z maishatini, nomusini saqlamoq uchun fidoyi jon darajasiga borguncha sa'y qilmoqg'a buyurilmishdur, lekin bu sa'yning mashruyi har bir ishda qanoatni qo'ldan bermaslikdur. Olamda qanoat kabi dilni poklaydurgan narsa yo'qdur. Janobi Haqning amriga itoat qanday saodat esa, taqdiriga qanoat ziyoda baxtiyorlikdur. Hazrati Ali afandimiz: «Dunyoda sa'y-jadali ila maishat o'tkargan qanoat egasi hech kimg'a muhtoj bo'lmagan zo'r boylar kabi rohatda, saodatda yashar», — demishlar. Aflotun hakim: «Insonning saodati qanoatini qo'lda tutmakda, sarvat va maishat to'g'risida janobi Haqning taqdiriga rozi bo'lmakdadur», — demishlar. Download 154.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling