Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida
Download 154.7 Kb.
|
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq
- Bu sahifa navigatsiya:
- RIYOZAT
SA'Y VA G'AYRATSa'y va g'ayrat deb ustiga yuklangan ibodat va xizmatlarni harakat birla ado qilmakni aytilur. Shariat ham aql yuzasidan yalqovlik qilub, ishsiz, bekor yurmak durust emasdur. Zeroki, Qur 'oni karim bizlarni sa'y qilmoqg'a amr etmishdur. Dangasalik har vaqt insonni xor, tama balosiga giriftor qilur. Bir ishga mashg'ul bo'lgan kishilar vaqtning o'tganini bilmas, yalqov kishilar uchun bir soat o'tkarmak qiyomatdan qiyindur. G'ayrat vujudimizga quwati mas'ud va baxtiyor bo'lishimizga sababdur. Shuning uchun har birimiz sa'y qilub, o'z kuchimiz ila maishatimizga kerak bo'lgan narsalarni topub, boshqalarga muhtoj bo'lmay rohat-rohat yashamoq lozimdur. Sihatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, qanoatimiz, sabrimiz, fazilatimiz, alhosil, butun hayotimiz harakatimizga bog'lidur. Harakatlik kishilar tezgina maqsudlariga yeturlar. Yalqov kishilar har narsadan mahrum, doim boshqalarning yordamiga muhtoj bo'lub xorlikda qolurlar. Kishi yosh vaqtida ilm va ma'rifat, hunar va san'atga bo'yin qo'ymasa, taraddud qilmasa, albatta, qora ishchi bo'lub qolur. Shariatga ters, qonunga zid bo'lmagan xizmatlarni qilmak ayb emasdur. Agar bunga ham bo'yin qo'ymay bu ko'mirchilik, bu temirchilik menga munosib ish emas deb, dangasalik qilub, ishsiz yursa, zo'r ayb, g'ayratsizlikdur. < Biz-da ummatmiz, qi/ay/uk sa'y i/a xayr-u saxo, Qi/sa/ar shoyad shafoat sohibi ro 'zijazo. RIYOZATRiyozat deb savob ishlarni qilub, gunoh ishlardan saqlanmoqni aytilur. Riyozat adabning koni, ruhning darmonidur. Insonlarni to'g'ri yo'lga solub, egri yo'ldan qaytarguvchi riyozatdur. Shul sababli riyozat qilguvchilar oqil va fozil bo'lur. Alloh ham xalq qoshida maqbul va mo'tabardur. Yalqovlik, ko'p uxlamak, yomon odamlar ila yurmak, vaqtni bekor o'tkarmak, aysh-u ishrat qilmak, ko'p oshamak, foydasiz so'zlar so'zlamak, samovarlarda, ko'chalarda aziz umrni bo'sh otkarmak kabi ishlarning hammasi riyozatga zid, umrning egovi, Xudoning g'azabidur. Allohning buyrug'i, Rasulullohning sunnatlari, shariat qil degan ishlarni birin-ketin o'z vaqtida qilmak ibodat ham riyozatdur. Riyozatni rioya qilgan kishilar hech vaqt shariat yo'lidan ayrilmas, Alloh buyrug'idan chetga chiqmas va bu yo'l ila oxirat azobidan qutulur, rohat va rahmat saroyiga kirar, riyozatni rioya qilmagan kishilar Alloh taoloning rizosini topolmas, xor-zor bo'lub, oxiratda alamlik azobga giriftor bo'lur. Aflotun hakim: «Men riyozatdagi lazzatni hech narsada ko'rmadim, zeroki, vujudimning salomati, ruhimning saodatini riyozatda topdim. Shuning uchun riyozat ayni saodatdur deyaram, chunki fikrning, tilning islohi badanning riyozatiga bog'lidur», — demish. Ibn Sino hakim: < Kishin maqsudina e/tar riyozat, Riyozatsiz ish o'/g'ay besaranjom. Agar sabr-u riyozat cheksang, eyjon, Pishub o/dingg'a tushgay mevayi xom. Download 154.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling