Abdulla Oripov hayoti va ijodi


Download 57.89 Kb.
bet2/9
Sana18.03.2023
Hajmi57.89 Kb.
#1282643
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdulla Oripov hayoti va ijodi

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Abdulla Oripov o`z ijodiy tajribalari bilan mahorat maktabi yaratib ketdi. Uning zamondoshlari bevosita shoir she`rlari ta`sirida kamolotga erishdilar. Shoirning mahorat sirlari haqida yirik adabiyotshunoslar ko`plab maqolalar yaratdilar. Ammo shoir ijodiga mumtoz adabiyotning ta`siri masalasi alohida o`rganilgan emas. Abdulla Oripov ijodiy kamolotida mumtoz adabiyotning ta`siri beqiyosdir. Bu masalaning o`rganilishi shoir ijod sirlarini ochishga, an`ana va yangilik masalasini yoritishga yordam beradi. Bu masalaning yoritilishi keyingi avlod shoirlariga mumtoz adabiyotga qanday munosabatda bo`lish, uning o`lmas joziba, siridan qanday foydalanish yo`llarini ko`rsatib beradi. Demak, bu masalaning yoritilishi mahorat sirlarini egallashga, oxir-oqibat adabiyot, she`riyat rivojiga yo`l ochadi. Mavzuning o`rganilish tarixi. Abdulla Oripov davrimizning buyuk shoiri bo`lganligi uchun ijodi haqida fikr aytmagan adabiyotshunosni topish qiyin. Uning ijodi O.Sharafiddinov, M.Qo`shjonov singari yirik adabiyotshunoslardan tortib, B.Nazarov, N.Karimov, U.Normatov, I.Haqqul kabi olimlar shoir ijodining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida fikrlar aytganlar. Har bir olim shoir ijodidagi o`ziga xoslik, badiiylik singari xususiyatlarni ochib berishga harakat qilganlar. Shoir ijodi o`rta va oliy maktab darsliklariga, o`quv qo`llanmalarga kiritilgan bo`lib, bu ulkan ijodning o`zbek adabiyoti taraqqiyotidagi beqiyos o`rni haqida fikrlar aytilgan. Abdulla Oripov ijodi, mahorat qirralari ana shu tarzda o`rganilgan bo`lsa-da, uning ijodiga mumtoz adabiyotning ta`siri alohida o`rganilgan emas. Shoir ijodiy kamolotida mumtoz adabiyotning o`rni katta ahamiyatga ega. Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda ana shu masalani o`rganishga jazm etdik. Abdulla Oripov ijodiga A.Yassaviy, Otoiy, Navoiy, Furqat kabi shoirlar ijodining ta`siri masalasini qiyosiy metod orqali ochib berishga harakat etdim. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Ma`lumki, Abdulla Oripovning buyuklik cho`qqisiga olib chiqqan omillar: xalq og`zaki ijodi, mumtoz adabiyot an`analari, zamonaviy adabiyot yutuqlari, chet el adabiyoti an`analaridir. Kurs ishda shoir ijodini o`rganar ekanman quyidagi maqsad va vazifalarni ko`zladim: shoirning mumtoz adabiyot ta`sirida yaratgan she`rlarini aniqlash; Abdulla Oripov ijodxonasiga, laboratoriyasiga kirish; shoirning mumtoz adabiyot vakillari ijodidagi qaysi an`analarni rivojlantirganini ko`rsatish; an`ana negizida shoir yaratgan yangiliklarni belgilash; shoirning mumtoz adabiyotdagi she`riy san`atlardan qanday foydalanganini aniqlash; mumtoz adabiyot an`analari shoir ijodiga nimalar berganini ko`rsatish; mumtoz adabiyot bugungi shoir ijodidagi muhim ahamiyat kasb etishini ko`rsatib, bugungi shoirlarning mumtoz adabiyotga bo`lgan mehrmuhabbatini kuchaytirish. Bitiruv malakaviy ishning metodi va obyekti. Ishni yozishda qiyosiy metoddan foydalandim. Mumtoz adabiyot vakillari ijodi bilan Abdulla Oripov she`rlari qiyos qilinib, shoir ijodiga qaysi an`ana qanday ta`sir qilgani, shoir ana shu an`analardan foydalanib, qanday yangilik yaratgani tahlil asosida ochib berildi.

Download 57.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling