- Abdulla Qahhor - benazir ijodkor
Abdulla Qahhor (1907-1968) Abdulla Qahhor hayoti va ijodi - Abdulla Qahhor 1907- yil 17-sentyabrda Qo’qon shahri Asht qishlog’ida tavallud topgan. Uning otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shug’illanar edi. Ustaning oilasida garchi juda ko’p farzand tug’ilgan bo’lsada, ular oilasida faqat Abdullajongina yashab qolib boshqalari go’daklik chog’laridayoq turli sabablarga ko’ra nobud bo’lishadi.
- Uning bolaligi Qoqon atrofidagi Yaypan, Kudash, Buvayda,Oqqorg’on singari qishloqlarda o’tadi. Abdulla dastlab Buvaydadagi eski maktabda o’qiydi, keyin Oqqo’rg’ondagi jadid maktabida, Qo’qondagi Internatta, 1922-1924-yillar mobaynida esa Qoqonda ochilgan o’qituvchilar tayyorlaydigan texnikumda tahsil oladi. U 1926-yilda SamDUning tayyorlov fakultetini bitiradi va 1930-yilga qadar O’rta Osiyo Davlat univesitetining pedagogika fakultetida o’qiydi. Umri davomida barakali ijod qildi. Yozuvchi “Sovet adabiyoti” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi. .Abdulla Qahhorning ijodi 1924- yildan boshlangan.
Abdulla Qahhor asarlari - “Qishloq hukm ostida” (1932, ilk kitobi),
- “Sarob” romani,
- “Hikoyalar ” to’plami,
- “Kampirlar sim qoqdi”,
- “O’g’ri”,
- “Bemor”,
- “Anor”,
- “Sinchalak”,
- “Qo’shchinor chiroqlari”
- “O’tmishdan ertaklar” .
Abdulla Qahhor hikoyalari - Adib hikoyalarini shartli ravishda uch yo’nalishga ajratish mumkin: tarixiy hikoyalar, hajviy hikoyalar, zamonaviy hikoyalar. Abdulla Qahhor “Xotinlar”, “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “Mahalla” hikoyalarida zamondoshlarining ma’naviy dunyosini, insoniy xislatlarini, axloqiy pokligini, ruhiy go’zalligini ko’rsatishga alohida e’tibor bergan. U hikoyalarida xalq maqollari va matallaridan o’rinli foydalangan.
“O’g’ri” hikoyasi - “O’g’ri” hikoyasida o’zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. “Dehqonning uyi kuysa kuysin ho’kkizi yo’qolmasin. Bir qop samon,o’n-o’n beshta xoda, bir arava qamish, ho’kiz toppish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo’yish kerak bo’ladi”-kabi misralar shu hikoyadan olingan. “O’g’ri” hikoyasida “Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi”, “Berganga bitta ham ko’p, olganga o’nta ham oz”, “O’ynashmagil arbob bilan seni urar har bob bilan” kabi maqollar qo’llangan.
“Bemor” hikoyasi - “Bemor” hikoyasida qattiq og’rib vafot etgan ayol taqdiri va unga biror yordam berishdan batomom ojiz, qo’li kalta Sotiboldining ahvoli, uyquga to’ymagan, hali aniq shakl olmagan jujuq tilda onaizoriga tuni bilan xudodan shifo tilab chiquvchi “begunoh go’dak”-qizcha holati bayon etilgan. Ona esa har qanday vaziyatda ham o’z bolasini o’ylaydi. Bu hikoyaga “Osmon yiroq yer qattiq” maqoli epigraf qilib olingan.
“Ming bir jon” hikoyasi. - “Ming bir jon” hikoyasi 1956-yilda yozilgan. Asar qahramonlari quydagilar: jikkakkina kishi, o’ziga juda ham kata ko’k xalatga burkanib olgan, “bu xotinnig joni bitta emas, ming bitta” degan Mirrahimov, sakkiz oydan beri palatadan chiqmay yotgan, o’n yildan beri xasta ayol Mastura Alieva, Masturaning eri Akromjon, Hoji aka.
“Sarob” romani haqida - Bu asar 1934-yilda yozilgan bo’lib, adib unda 20-yillar oxiri, 30-yillarning boshlaridagi “millatchilar” deb atalgan ijtimoiy kuchning mavh etilishi, o’z g’oya va orzularini amalga oshirolmay, inqirozga yuz tutishi jarayonini badiiy gavdalantirgan. Asarda bosh qahramon-Rahimjon Saidiy, Salimxon, Abbosxon, Murodxoja singari obrazlari sho’rolarga qarshi olib borilgan maxfiy kurashlari badiiy gavdalantirgan.
Abdulla Qahhor 1968-yilning 25- may kuni Moskvada vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |