(1907-1968) REJA:
1.Abdulla Qahhor tarjimai holi. 2.Abdulla Qahhor-hikoyachilik maktabi.
Abdulla Qahhor o’zbek adabiyotining atoqli adiblaridan biri. U umri davomida ko’plab hikoyalar, qissalar, dramalar va romanlar yozdi. Abdulla Qahhor asarlari ko’pgina chet tillariga tarjima etildi. Adib o’zbek adabiyotining jahon miqyosidagi nufuzini oshishiga hissa qo’shdi. Abdulla Qahhor 1907 yilning 17 sentyabrida hozirgi Xo’jand viloyatining Asht tumanidagi qishloqlardan birida tavallud topgan. U yoshligidan o’tkir zehnli, sinchkov, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga e’tiborli inson bo’lib shakllandi. Boshlangich ma’lumot olgach, Qo’qondagi pedtexnikumda o’qidi. Sharq mumtoz adabiyoti, rus va boshqa xalqlar adabiyoti bilan tanishdi. 1923 yilda Abdulla Qahhorning «Mushtum» jurnalida birinchi fel’etoni bosildi. Shundan keyin, tez-tez matbuotda uning «Yalangoyoq», «Gulyor», «Mavlon kufur», «Nish», «Norin shilpiq» kabi taxalluslar ostida hajviy she’rlari, fel’eton va hikoyalari bosilib chiqa boshladi. Abdulla Qahhorning birinchi kitobi 1932 yili «Qishloq hukm ostida» qissasidir. Bundan so’ng esa «Olam yasharadi», «Tangrining kulgusi» kabi hikoyalar kitoblari bosilib chiqdi. Adib 1930 yili O’rta Osiyo Davlat Universitetining pedagogika fakul’tetida o’qiydi, keyin Til va adabiyot institutining aspiranturasiga kiradi. 1934 yili «Sarob» romanini yozib tugatdi. Roman o’zbek adabiyotida katta shov-shuvga, bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. Asar tevaragidagi fikrlar romanning chop ettirilishini bir necha yillarga kechiktirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |