Abdulla Qahhor. Oʻgʻri (hikoya)


Hojiakbar Shayxov - Birinchi sinov (hikoya)


Download 1.1 Mb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1009965
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdulla Qahhor

Hojiakbar Shayxov - Birinchi sinov (hikoya)
Biz hikoya qilmoqchi boʻlgan bu voqea uzoq kelajakda sodir boʻlgan. Ie, kelajakda boʻlsa, hali sodir boʻlmabdi-da, deb soʻrarsiz. yoʻq, biz chindan ham kelajakda boʻlib oʻtgan voqealar haqida hikoya qilmoqchimiz. Negaki koʻpchilik ilmiy-fantastik asarlarda kelajakdagi voqealar xuddi oʻtmishda sodir boʻlib oʻtgandek tasvirlanaveradi.
Shunday qilib, 2279 yilning erta bahor kunlaridan birida Yerdan Qora Kit burjiga «Qamalak» kosmik kemasi yoʻl oldi. Kema ekipaji bor-yoʻgʻi ikki ki-shi — u paytda hali dunyoga kelmagan hikoyamiz qahramoni jajji Shahnozaning otasi va onasidan iborat va ularning har ikkovi endi oʻttiz yoshga qadam qoʻ-yishgandi. Ular koʻzlagan manzil olis, binobarin safar ham uzoqqa choʻzilishi moʻljallangan. Bu davrda fazogirlar yoʻlda farzandlar koʻrishlari, ularni oʻqitib tarbiya qilishlari va keyinchalik kemani boshqarishni ularga topshirishlari lozim edi.
Hali quyosh sistemasidan chiqmay turiboq, fazogirlar farzand koʻrishdi. Qizchaga Shahnoza deb nom qoʻyishdi. Butun bolalik va yoshligi fazoda oʻtishi aniq boʻlgan bu qizaloq juda tez oʻsa boshladi. U yarim yoshdayoq yurishni, bir yoshida bemalol gaplashishni oʻrgandi. Ikki yoshida esa, hatto mayda-chuyda ishlarda ota-onasiga yordam beradigan ham boʻldi.
Birga oʻynaydigan oʻrtoqlari boʻlmasa ham, u zerikmasdi. Ertalab turib dadasi va onasi bilan birga badantarbiya qilar, nonushtadan soʻng zalga qoʻyilgan zangori akvariumdagi tilla rangli baliqlarni qotgan non ushoqlari bilan boqar, tuvaklardagi ra’nogul, na’matak, tizimgul, sebarga, lolaqizgʻaldoq ka-bi rang-barang. gullarga oʻzining idishidan suv quyardi. Bu ishlari bitgach, onasi bilan birga alifbeni oʻrganishga kirishardi. Otasi yordamida hisob ilmini oʻrganishga kirishganida esa butunlay jonlanib ketar, jajji barmoqlarini galma-gal bukib, otasining gʻalati savollari ustida rosa bosh qotirardi.
Dam olish paytlarida onasi unga olisda qolgan zangori sayyora — Ona-Yer haqida hikoya boshlar, u yerda juda koʻp odamlar xuddi ulardek oila-oila boʻlib yashashlari, Shahnozaga oʻxshagan juda koʻp qizchalar va oʻgʻil bolalar borligi haqida gapirib berardi. Shahnozani dunyodagi hamma narsa qiziqtirar, u hadeb savol yogʻdiraverardi. Keyin otasi unga Yerdagi hayotni koʻrsatuvchi kinofilmlarni qoʻyib berardi.
Shu zaylda kunlar oʻtaverdi. Bir kuni qiz otasidan:
— Yerda odamlar juda koʻp ekan, nima uchun biz juda ozchilikmiz? — deb soʻrab qoldi.
Bilasanmi, qizim,— picha oʻylanib turib javob berdi otasi,— bizning maqsadimiz Qora Kit burjiga yetib borib, inson yashay olishi mumkin boʻlgan biror sayyorani izlab topish. Bu esa ancha xatarli vazifa. Uni bajarishga shu maqsad uchun oʻz hayotlarini ham qurbon qilishga tayyor fidoyi insonlargina qo-dir. Bundaylarni qadimgi zamonda birinchilar deb atashgan. Birinchilar tarixda hech qachon koʻpchilikni tashkil qilmagan. Masalan, fazoga ilk marta Gagarin, Titov singari dastlabki fazogirlar bitta-bitta boʻlib uchishgan. Quyosh burji sayyoralari oʻzlashtirilayotganda ham bu ishga ikki-uchdan ortiq fazogir jalb etilmagan. Sababi — ilgari sira koʻrilmagan, iison-ga hali tilsimot boʻlib tuyulgan narsalar aksari ana shu bilmaslik tufayli odamni halokatga duchor qilishi mumkin. Ana shu halokatga uchrash ehtimoli boʻl-gan odamlar soni iloji boricha kam boʻlishi uchun birinchilar doimo ozchilikni tashkil qilishadi.
— Tushundim, dada. Demak, biz ilgari hech kim bormagan sayyoraga ktyapmiz, shundaymi?
— Toʻppa-toʻgʻri, qizim. Aqlingga balli.
— Usha sayyoraga yetib borganda, men katta qiz boʻlamanmi?
— Boʻlmasam-chi!
Qizchaning chehrasiga tabassum yoyilib, koʻzlari charaqlab ketdi.
— Eh, tezroq yetib borsak qaniydi! Shahnoza olti yoshga toʻlganida, otasi uni birinchi marta Bosh Pult joylashgan xonaga olib kirdi. Bu — tepasi gumbaz shaklida maxsus qalin shisha bilan yopilgan va aylana koʻrinishidagi xonaboʻlib, oʻrtasida usti turli elektron va kibernetik asboblarga toʻla stol turar, gir aylanasi esa gravitomer, dozimetr, barometr, radiatsiya schetchigi kabi turli koʻrinishdagi son-sanoqsiz asbob va anjomlar mahkamlangan odam boʻyi baravar shchitlar bilan band edi. Shahnoza ichkari kirdi-yu, beixtiyor:
— Voy, chiroyliligini!..— deb yubordi. U shishagumbaz orqali hayotida ilk marta ochiq fazoni koʻrgan,sokin va ulugʻvor koinot, unda charaqlayotgan behisob katta-kichik yulduzlarga bolalik nigohi ilk marta qadalgan edi.
Dadasi allaqanday kitsimon yulduzlar turkumining pastki qismiga joylashgan kattaroq yulduzga qoʻli bilan ishora qilib:
— Biz borayoltan Qora Ksht yulduzi shu, — deb tushuntirdi. — Uning atrofida Yerga oʻxshash yettita sayyora aylanadi. Shularning ikkitasida hayot boʻlishi mumkin, degan tahmin bor.
Shahnoza yulduzga zavq va hayajon bilan tikilib qoldi:
— Boʻlmasam ularda ham odamlar bor ekan-da?
— Ha, qizim, odamlar ham boʻlishi mumkin. Biroq ular bizga oʻxshagan boʻlishlari shart emas. Yulduzlarga ilk uchishlar boshlangan qadimgi zamonda ham odamlar koinotdan xuddi bizga oʻxshagan,— erkak va ayollardan iborat, ikki oyoqda goruvchi, ikkitadan koʻz, qosh, quloq, bittadan ogʻiz va burunga ega bliy aql egalarini topishga juda koʻp kuch sarflashgan. Biroq dastlabki izlanishlarning oʻziyoq koinotda oliy bosqichda taraqqiy etgan hayot hayratda qoldirarli darajada turli-tuman shaklda boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi.
— Masalan, qanday?
— Masalan, yerliklar bir sayyorada xuddi mingoyoqqa oʻxshagan oliy aql egalariga duch kelishgan. Ma’lum boʻlishicha, ular oʻzaro ogʻiz va ovoz vositasida emas, balki koʻzlarining pastrogʻini turli-tuman rangga kiritish yoʻli bilan gaplashishar ekan. Har bir rang biror fikrni anglatar ekan. Yo boʻlmasa, okean suviga oʻxshash koʻrinishdagi oliy qardoshlarimiz bilan ham muloqat qilishga toʻgʻri kelgan.
— Juda qiziq!
— Ha, koinotda hayot juda ajoyib ekan. Ayni paytda, uning sir va tilsimotlari hanuz behisob. Lekin olamdagi koʻp jumboqlar odamzodning beqiyos jasorati, bu yoʻlda berilgan koʻplab qurbonlar evaziga yechilgan...
Qizcha oʻn yoshga toʻlganida kema ekipajining aytarli mustaqil bir a’zosiga aylangandi. Endi u Ona-Yer, oʻzlari uchib borayotgan olis yulduz, odamlar va umuman hayot haqida kattalardek jiddiy mulohaza yurita olardi. Lekin ota-onasiga savol berishni hali ham kanda qilmasdi.
Kunlarning birida u yerlik bolalarning hayotiga bagʻishlaigan kinofilmni tomosha qilib boʻlgach, otasiga navbatdagi savolini berdi:
— Dada, biz Yerga qaytganimizda, men necha yoshda boʻlaman?
— Kema vaqti bilan hnsoblaganda, yigirma beshda, qizim.
— Demak, men kap-katta qiz boʻlib qolarkanman-da?!
— Xa, qizim,— Shahnoza otasining koʻzlariga ma’yus bir ifoda balqiganini payqadi, ammo savol bermaslikdan oʻzini tutolmadi:
— Lekin... men buni xohlamasam-chi?
Otasi bir kun emas, bir kuni Shahnozaning shunday deyishini bilardi. Biroq buni hozir emas, sal kattaroq boʻlganda aytadi, deb taxmin qilgandi. Uning vazmin chehrasi battar ma’yuslashdi.
— Ona qizim,—dedi u Shahnozaning jajji yelkasidan ohista quchib,— sen onang ikkalamizning yurakparchamizsan. Shuning uchun mashaqqatli, olis safarimizga seni ham sherik qilarkanmiz, ozgina boʻlsa-da,bunga haqqimiz bor, deb hisobladik.
Bu javob Shahnozani qoniqtirmadi shekilli, u endi qizishib gapirdi:
— Axir nima uchun men yigirma besh yil umrimni mana shu kichik va diqqinafas kemada oʻtkazishim kerak ekan? Nima uchun yerlik bolalar, oʻrtoqlarim bilan birga oʻynashga, dengizlarda choʻmilishga, tengdoshlarim qatori oʻqishga haqqim yoʻq?
Otasining boshi quyi solindi. Ha, Shahnoza katta qiz boʻlib qolibdi! Shunday savollar beryaptiki, nima deb javob qaytarishni ham bilmaysan, kishi. Lekin gaplaridan qandaydir xudbinlik hidi kelayotgandaymi nahotki ular qizni tarbiyalash jarayonida nimanidnr nazardan chetda qoldirishgan boʻlsa? Toʻgʻri, u kemada istagan ishini qilishi mumkin. Xohlasa, soatlab kitob oʻqiydi, filmotekada kinofilmlar koʻradi, xohlasa, akvariumdagi oltin baliqlarni boqadi... Lekin bularning bari qizda xudbinlik hissini tugʻdiruvchi omil boʻlishdan uzoq-ku?
Biroq ota qizni xudbinlikda ayblab yanglishayotgandi. Shahnoza erkinlikka boʻlgan tabiiy talabini izhor qilish bilan birga bu mas’uliyatli safardagi oʻz oʻrnini, oʻziga ajratilgan rolni aniqroq bilib olmoqchi boʻlayotgandi, xolos.
— Agar bilsang, qizim,— dedi nihoyat otasi horgʻin ovozda,— Yerdagi tengdoshlaringniig har biri sening oʻrningda boʻlishni juda-juda orzu qiladi!
— Dilingizni ogʻritib qoʻygan boʻlsam kechirasiz, dadajon. Fikrimni aniq tushuntirolmayotganga oʻxshayman. Avvalo shuni aytmoqchimanki, bu olis safarga men oʻz ixtiyorimsiz qoʻshilib qolgan ekanman, bundan buyon oʻzimni qanday tutishim kerak? Mustaqil fazogir singari biror aniq vazifani bajarishim kerakmi yoki robotlarday hamisha sizlarning irodangizga boʻysinib ish tutaymi? Agar men ham sizlar qatori bir fazogir boʻlsam, nimadir ish qilishim kerak-ku, axir! Nazarimda hozir juda koʻp vaqtim behuda oʻtayotganday. Qilayotgan hamma ishim asosan oʻqish va oʻrganishdan nariga oʻtmayotibdi. Axir, qachon ekspeditsiyaga biror foyda keltira boshlayman?
Otasi endi qiziga uni ilk marta koʻrayotganday zavqlanib qaradi. Juda tez ulgʻayib qolibdi Shahnoza! Qonuniy mehnatga boʻlgan oʻz haq-huquqini talab qilyapti-ya! Balli, ona-qizim!..
Shundan keyin u qizga Yerda yoshlar oʻqish va oʻrganishga oʻn-oʻn besh yillab vaqt sarflashlari, ana shundan keyingina mustaqil mehnat yoʻliga kirishlari, Shahnoza esa, yaqin kelajakda ehtimol, olamshumul ahamiyatga ega boʻluvchi koʻplab ishlar qilishini, hali nihoyatda jiddiy sinovlardan oʻtajagini tushuntirib berdi.
Darhaqiqat, oldinda naqadar jiddiy sinovlar turganini Shahnoza hali tasavvur ham qilolmasdi...
Shu suhbatdan soʻng oradan yarim yil oʻtar-oʻtmas «Kamalak» ekipaji Somon yoʻlida fazoning ilk ayovsiz sinoviga duch keldi.
Kema odatda tinch uchayotgan mahalda ortiqcha energiya isrof qilmaslik uchun uning atrofidagi himoyaviy kuch maydoni oʻchirib qoʻyilar, biror xavf yaqinlashayotgani sezilgandan keyingina u ishga solinardi,
Ammo bu xavf toʻsatdan keldi. Bu shunday kutilmagan xatar ediki, hatto, kemada kuzatuvchi va navigatorlik vazifasini oʻtovchi pozitron miyali robot ham gʻaflatda qoldi.
Shahnoza bu paytda kema zalida gullarga suv quyish bilan band edi. Toʻsatdan kemaning shipi oʻta shiddat bilan titray boshladi. Kemaning orqa boʻlinmalaridan birida xoʻjalik ishlari bilan gʻimirlab yurgan onasining birdan qoʻrquv va sarosimada qichqirib yuborganini eshitdi. Qiz vujudini allaqanday bir dahshatli gʻulgʻula qoplab oldi. Shu payt oʻz boʻlmasida dam olayotgan otasi otilib chiqdi-yu, mikrofon orqali robotga:
— Darhol himoya maydonini ishga sol!— deb buyurdi-da, oʻzi yugurganicha Shahnozaning yoniga yetib keldi. Qizga hech narsa qilmaganini koʻrgach, gandiraklaganicha, talmovsirab, hanuz allanimalar deb qichqirayotgan onasiga yordamga yugurdi. Onasi bu paytda homilador, otasining gapiga qaraganda, qizga chiroyli ukacha tugʻib berishga tayyorlanayotgan edi.
Shahnoza boshi aylanib, oʻtirib qoldi. Shu choq koridorda robot-navigator paydo boʻldi. Ajabo, u xuddi mast odamday chayqalar, gandiraklar edi. Shunga qaramasdan u komandirning buyrugʻini bajarish maqsadada zoʻr berib Bosh Pult sari intilardi. Birdan robot devorga zarb bilan urildi-da, gursillab yiqildi. Keyin yotgan joyida bosh qismidan koʻkitishtir tutun koʻtarilib, gavdasi kemaga qoʻshilib bilinar-bilinmas, xuddi bezgak tutgan odamdek titray boshladi.
Qiz dilidagi qoʻr-quv yanada kuchayganini his qilarkan, birdan oʻzining kechikmay Bosh Pultga borishi lozimligini sezdi. Axir, dadasi, himoya maydonini ishga sol, deb bejiz buyruq bermadi-ku. Ha, kechikmasdan himoya maydonini ishga solish kerak! Onasining ahvoli ogʻirga oʻxshaydi, otasi u bilan ovora... Hozir faqat Shahnozagina falokatning oldini olishi mumkin!
Qiz oʻrnidan turishga urindi-yu, leknn gandiraklab, yana oʻtirib qoldi. Dilida bezovtalik: hissi tobora kuchayib borar, butun tanasi betoʻxtov titrardi. U endi yoʻlak boʻylab emaklay boshladi. Robotning oldidan oʻtayotganda, yana koʻz oldi qorongʻilashib, boshi aylandi. Nazarida qarshisida yotgan robot birdan butun tanasini uzun va qop-qora jun bosgan, toʻrtta shoxli, boyqush koʻzli gʻalati bir mahluqqa aylandi-da, qizga allanimalar deb imlay boshladi. Shahnoza titrab-qaqshab yana oldinga — Bosh Pult tomonga emaklab ketdi. Qizcha goh polga mukkasidan tushar, goh gandiraklab yelkasi bilan devorga urilardi. Shunga qaramay, himoya maydonini tezroq ishga solish maqsadimi yoki orqadan jundor mahluq ta’qib qilib kelayotgani haqidagi vahimali hismi, qizchani tobora shoshirardi.
Shahnoza Bosh Pult joylashgan xonaning ostonasiga yetganda, orqasiga koʻz qirini tashlab, haligi shohdor va jundor mahluq ham ketma-ket unga ergashib kelayotganini payqadi. Ana, u hatto besoʻnaqay tishli ogʻzini ham negadir sharaqlatib ochib yopayapti. U qizdan nima istaydi oʻzi?!
Qizning tanasidagi titroq tobora avjga minib, dilidagi qoʻrquv hissi dahshatga aylanib ketdi-yu, uni ichkariga boshladi. Shahnoza xonaga kirib, qanday eshikni berkitganini oʻzi ham sezmay qoldi. Lekin qaergadir boshini zarb bilan urib oldi. Peshanasi birdan temirdek qizib, nam boʻlganini sezdi, uning yorilgan joyidan qon sizib chiqa boshlagan edi.
Shahnoza boshqaruv pultiga tiralganicha arang oʻrnidan turdi. U endi pultdan himoya maydonini ishga soluvchi moslama — kuch maydoni tumblerini topishi kerak edi.
Voy-bu!.. Bu yerda turli-tuman oʻchirib-yoquvchi uskuna va moslamalar shuncha koʻp ediki, qizning koʻzlari qamashib ketdi. Ular turli shaklda: ba’zilari pianino klavishlarini eslatar, boshqalari oddiy elektr chirogʻini yoqadigan pereklyuchatellarga oʻxshar, ayrimlari esa, dastak yoki tugmachalarga oʻxshatib ishlangan, edi. Ularning ba’zilari koʻk, ba’zilari qora, qizil, xullasi, turli-tuman rangda edi.
Darrov himoya maydoni moslamasini topish kerak!Albatta topish kerak! Yoʻqsa ular halok boʻlishadi!
Butun ekipaj a’zolari halok boʻlishadi!
Shahnoza har bir moslama va uskunalarning tagidagi kichik oq ramkadagi yozuvlarni zoʻr berib koʻzdan kechira boshladi. Pultning chetlariga . qoʻllari bilan osilganicha oyogʻida arang turarkan, butun vujudi qaltirar, buning ustiga yorilgan peshanasi qattiq achishardi. Yozuvlarga azbaroyi zoʻr berib tikilganidan koʻzlari yoshlanib ketdi. Lekin koʻz yoshlarini yengi bilan artib, oʻjarlik bilan kuzatishda davom etdi. Himoya maydoni tumbleri qizil rangda boʻlishi kerak, deb oʻylardi u. Negaki otasi bir gal, biror xavf tugʻilganda ishga tushirilishi lozim boʻlgan hamma tugma va moslamalar qizil rangga boʻyalgan, deb aytgandi. Qiz qizil rangdagi moslamalarni koʻzdan kechirarkan, haligi jundor mahluq xayolini tobora koʻproq band qilayotganini his qilar, shu tufaylimi, dilidagi qoʻrquv va sarosima tobora ortib borardi. Birdan qiz oʻng koʻzi namlanib qattiq achisha boshlaganini sezdi. Ung qoʻlini boʻshatib, koʻzini artmoqchi boʻlgan edi, qoʻqqisdan ikkinchi qoʻli sirgʻalib ketdi-da, u polga dumalab tushdi. Peshanasidan sizib chiqqan qon koʻziga tushgan edi. Qiz yotgan joyida yengi bilan koʻzini artdi-da, titrab-qaqshab oʻrnidan turdi. Pultning chetlariga qoʻllari bilan osilib, yana asbob-uskunalarga koʻz tikkanida, orqasida eshikka bir nima taraqlab urilgani, keyin eshik zarb bilan ochilib ketganini payqadi. Bu — albatta, jundor maxluq, deb oʻyladi qizcha.
U oʻzini xuddi tanasiga chumoli yugurganday, badanidagi hamma tuklari tikka boʻlib ketganday his qilarkan, gʻujanak boʻlib olgan, hatto orqasiga qarashga ham yuragi dov bermasdi. Xuddi shu payt katta qizil tugmacha ostidagi «Himoya maydoni» degan yozuvga koʻzi tushgan Shahnoza hushi boshidan uchayozgan boʻlishiga qaramay, bor irodasini toʻpladi, biroq... Hozir jundor mahluqning oʻtkir tishlari orqasidan boʻyniga chang solishi yoki onasi aytib bergan ertakdagi Yalmogʻiz Kampirday oʻzini yamlay boshlashini kutib, taxta boʻlib qotib qoldi.
U dadasidan, qachon ekipajga naf keltiraman, deb soʻragandi. Oʻsha fursat mana, nihoyat, yetganga oʻxshaydi. Butun ekipajning taqdiri hozir Shahnozaning qoʻlida. Hozir u shunday ish qiladiki, u oddiy sharoitda yillar davomida qilinadigan ishlarga tatiydi! Ha, tarixiy kinofilmlarda koʻrsatilganidek, hozir Shahnoza uchun qahramonlik, jasorat koʻrsatish fursati yetgandi! Qahramonlik yoʻlida qurbon boʻlish esa... Kutilmaganda orqadan dadasining: — Dadil boʻl, qizim!—degan xirillagan ovozini eshitdi-yu, bu mehribon tovush qizning yelkasidagi togʻni agʻdarganday boʻldi. Oʻsha zahoti kuchga kirib, haligi katta QIZIL tugmaga koʻrsatkich barmogʻini bosdi, keyin xolsizlanib orqasiga, polga agʻdarilib tushdi. Bir lahzadayoq hammayoq xuddi suv sepgandek jim-jit boʻlib qoldi. Qiz hushidan ketgan edi.
...Shahnoza oʻziga kelganida, yotoqxonasida toʻshakda yotganini, tepasida esa, onasi uning boshini silab oʻtirganini koʻrdi. U oʻrnidan turmoqchi boʻlgan edi, onasi qoʻymadi.
—Vuy, oyi, meni shunaqangi dahshatli maxluq quvladi!...— dedi qiz shoshib.
— Tinchlan, qizim, u endi yoʻq.
— Oʻzi nima boʻldi, oyi?— soʻradi Shahnoza.
— Biz fazoda infratovush toʻlqinlari, ya’ni uzunligi juda qisqa boʻlgani uchun biz eshita olmaydigan tovush toʻlqinlariga duch keldik,— deb izohlay boshladi onasi,— ular odamning miyasiga, psixikasiga qattiq ta’sir qilishi, uni hushdan ketkazishi, kuchliroq chastotaga ega boʻlganlari esa, hatto halok etishi ham mumkin.
— Qiziq, u qaerdan paydo boʻlib qoldi?
— Menimcha, shu atrofdagi biror noma’lum sayyoradan kelyapti! Aniqrogʻi, undan kelayotgan oʻta yuqori chastotali radiotoʻlqinlar kemamiz qobigʻiga kelib urilyapti. Oqibatda kema ichida ultratovushlar hosil boʻlyapti.
— U hozir ham kemaga kelib urilyaptimi?
— Ha, hozir ham. Lekin sen bizni uning dahshatli ta’siridan xalos qilding. Sen katta jasorat koʻrsatding, qizim!
— Nima, hozir himoya maydoni ishlayaptimi?
— Sen tugmani bosgandan keyin u ishlab ketdi-da, bir ondayoq oʻsha dahshatli tovush toʻlqinlarining kemaga yoʻlini qirqib qoʻydi. Oʻsha zahoti biz ham yengil nafas oldik.
— Bunday toʻlqinlar Yerda ham mavjudmi?
— Ha, qizim. Yerda infratovush toʻlqinlari, asosan okeanlarda boʻron boʻlgan paytlarda yuzaga keladi. Quloq bilan eshitib boʻlmaydigan bu sirli tovushlar
Ozmuncha paraxod va dengiz kemalarining ekipajlarni sarosima va taxlikaga solmagan.
— Dadam qaerdalar?
— Bosh Pultdalar. Dadangning sendan kanchalik xursand ekanliklarini bilsang edi!..

Qiz bu gapdan negadir oʻngʻaysizlanib, boshini burar ekan hushbichim chehrasi shirin tabassumdan yorishib ketdi. U hayotda ilk marta oʻzidan mamnun edi.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling