Ma’rifatli jamiyat-Uchinchi Renessans bunyodkori Adabiyot xalqning yuqori, xalqning ma’naviyati
Download 15.79 Kb.
|
Adabiyot esse
Ma’rifatli jamiyat-Uchinchi Renessans bunyodkori Adabiyot xalqning yuqori, xalqning ma’naviyati. Shavkat Mirziyoyev Ma’rifatli jamiyat Uchinchi Renessans bunyodkori.Ushbu mavzuda esse yozishiga kirishar ekanman, ko’z oldimda qolgan ikki Renessans vakillari bir-bir gavdalanadilar. Avvalo renessans nima? Nega Uchinchi Renessans deyilmoqda? “Renessans” lug’aviy fransuzcha “qayta tug’ilish” degan ma’noni anglatadi. Birinchi Renessans vakillari sifatida o’zbek elini dunyoga tanitgan daholarimizdan- Farg’oniy, Farobiy, Beruniy, Ibin-Sno, Yusuf Xos-Xojib, Zamaxshariy kabilarni tilga olishimiz mumkin. Ikkinchi Renessans vakillari sifatida esa osmon peshtoqini narvonsiz zabt etgan Ulug’bekni, alloma Ali Qushchini, Qozizoda Rumiyni, Lutfiy, Jomiy va o’zbek (Turkiy) tilining asoschisi Navoiyni tilga olish mumkin. Har bir inson o’zidan kelib chiqib so’zlagani kabi men ham bugun adabiyotimizdagi tom ma’nodagi Uchinchi Renessansni boshlab bergan shoir, davlar arbobi, o’zbeklar tili bilan aytganda belida belbog’i bor o’zbek o’g’loni Erkin Vohidov misolida ko’rib chiqmoqchiman. Xo’sh, savol tug’iladi: Erkin Vohidov kim? Qaysi xizmatlari uchun u” Buyuk ximatlari uchun” ordeni, O’zbekiston qahromoni unvoni bilan tag’dirlanadi. Avvolo, Erkin Vohidov haqida gap ketganda xech bir o’zbek millati inkor eta olmaydigan, qo’shiqlarga aylanib yuragimizdan joy olgan Sherali Jo’rayevni tanishiga sababchi bo’lgan “ O’zbegim” qasidasining muallifidir. Qayga borsam boshda do’ppim , g’oz turaman gerdayib, olam uzra nomi ketgan O’zbekiston-o’zbegim.(O’zbegim qasidasi) “Erkin Vohidov donishmand inson edilar, alloma inson edilar. U zamonaviy o’zbek xarakteri, Farg’ona vodiysi kishilariga xos bo’lgan lutfdan olgan bu quvvatni, ildizi shunga borib taqaladi deb o’ylayman”,--deya yodga oladi filologiya fanlari doktori Xurshid Do’stmuhammad. Nega aynan Erkin Vohidovni Uchinchi Renessans vakili sifatida e’tirof etayapmiz? Cunki u o’zbek adabiyotida yangi davrni boshlab berdi. Zamonning zalvorli toshlaridan qo’rqmay millat dardini baralla ayta olgan yangiliklar qilishdan cho’chimagan millat farzandi edi. Rafiqasining yodga olishicha “ O’zbegim” qasidasi chop etilganda hukumat vakillari unga: “ O’zbeklarni yuksalishida boshqalarning ham xissasi bor, she’ringa ularni ham qo’sh”,--deyishganda shoir :--Ushbu she’rimga nuqta qo’yganman unga boshqa narsa sig’maydi,--deya chiqib ketgan ekanlar. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, qalbida vatanga xalqiga bo’lgan muxabbati cheksiz bo’lgan, insonning faravon xayotini har narsadan ustun qo’yadigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizdek qaysar, ummondek cheksiz, tog’lardek ulug’vor bo’lgan insonni o’z umrining xalqning qahromoni deyish mumkin. Erkin Vohidovni ham ana shunday insonlardan desak yanglishmaymiz. Mustaqillikka erishib o’zligini o’zbegini yaratayotgan xalqimiz esa bunday insonlarni Uchinchi Renessansning asoschilaridan deya tilga oladilar. Erkin Vohidovning hayot yo’li yaratgan asarlari va ulardagi yetakchi g’oyalar har bir inson qalbida ezgu fikirlashga yondosh tarzda yashashiga ishonamiz.Erkin Vohidov hayot yo’li va faoliyati hozirgi yoshlarimiz qalbiga vatanparvarlik ruhi ila kirib borishi shubhasizdir. Bu qasidam senga xalqim oq sut, tuz hurmati, Erkin o’g’lingman qabul et O’zbegim jon O’zbegim. (Erkin Vohidov) Misirova Sevara 1-IDUM ning ona tili va adabiyot o’qituvchisi Download 15.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling