Abdulla Qahhor "O‘tmishdan ertaklar"
Download 0.52 Mb.
|
1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning
- «Sobiq», «Qoplon», «O’rik domla», «Mening do’stim Babaev», «Muzey», «Bo’ri ovi», «Xandonpista»
- Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi
- Said Ahmad 2007 yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi.
- “Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida”
- Nizomjon, Azizxon, Zebixon
- 7-dars. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti Reja
- 8-dars. Odil Yoqubov hayoti va ijodi Reja
- 9-dars. Odil Yoqubov romanlari Reja
- Ulug’bek xazinasi” romani
- Romanning ijodiy tarixi
- Asarning g’oyaviy badiiy o’ziga x osligi
- 10-mavzu . Pirimqul Qodirov hayoti va ijodi Reja
- P. Qodirovning nasriy asarlari.
- P. Qodirovning romanlari.
- Savol va topshiriqlar
- 11-dars. P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani Reja
- Shox va shoir obrazi.
- 3-dars. Erkin Vohidov hayoti va ijodi REJA
- SHOIR LIRIKASI
- 14-dars. Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi Reja
Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, G’afur G’ulom singari adiblar davrasida o’tdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko’p sohalarda o’zini sinab ko’rdi: artist bo’lishga urinib ko’rdi, doktorlik maktabida o’qidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o’qigach, 1941 yilda «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942—1943 yillarda respublika radiosida, 1943—1947 yillarda «Qizil O’zbekiston» gazetasida, 1948—1950 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yo’lidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan. Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning «Cho’l burguti», «Lochin», «Bo’ston», «To’yboshi», «Jimjitlik», «Turnalar», «Hayqiriq», «Alla», «Muhabbatning tug’ilishi», «Qorako’z Majnun» singari o’nlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, e’tiqod singari ma’naviy qadriyatlar ta’sirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini ko’rsatishga katta e’tibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan o’qiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish bo’yicha Qahhor an’analarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», «Qoplon», «O’rik domla», «Mening do’stim Babaev», «Muzey», «Bo’ri ovi», «Xandonpista» kabi ko’plab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy so’z jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi. Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «Qadrdon dalalar» (1949), «Hukm» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan «Qirq besh kun» (1974) «Hijron kunlari» (1964), «Ufq bo’sag’asida» (1969) romanlaridan iborat «Ufq» trilogiyasi, inson qismati turg’unlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan «Jimjitlik» (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan «Sherzod va Gulshod» (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan «Kelinlar qo’zg’oloni» (1976), yolg’iz mo’ysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan «Kuyov» (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir. Said Ahmad 2007 yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi. Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy zamondoshlarimizdir. Yozuvchi «Tog‘ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug‘ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratgan. Said Ahmad o‘zining hajviy hikoyalarida taraqqiyotimizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, muhim ma’naviy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Uning «Xanka va Tanka», «Lampa shisha» kabi o‘nlab hajviyalari fikrimizning dalilidir.
Said Ahmad hikoyalardan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o‘tdi. 1949 yilda chop etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalaridan keyin yaratgan «Ufq» (1964) trilogiyasida urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. «Jimjitlik» (1988) romanida turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi. So‘nggi yillarda uning «Xandon pista» (1994), «Bir o‘pichning bahosi» (1995) kabi hajviy hikoyalar to‘plamlari chop etildi. Shuningdek, u Oybek, G‘. G‘ulom, A. Qahhor, M. Shayxzoda, Shuhrat, Mirtemir va S. Zunnunovalar haqida xotiralar yaratgan.
Said Ahmadning «Yo‘qotganlarim va topganlarim», 3 jildlik «Saylanma»si, «Qaroko‘z majnun» va «Kiprikdagi tong» to‘plamiga kirgan bir qator qissa va hikoyalari uning istiqlol yillarida zavq-shavq bilan ijod etganidan shahodat beradi. Adibning ko‘pgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga ag‘darilgan. U O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. «Buyuk xizmatlari uchun» va «Do‘stlik» ordenlari bilan taqsirlangan. Va, nihoyat, «O‘zbekiston Qahramoni» degan yuksak sharafli unvonga sazovor bo‘lgan. Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G‘afur G‘ulomning yumori, Abdulla Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan adibdir. Said Ahmadning “Ufq” romani trilogiya bo‘lib, u “Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida” va “Ufq bo‘sag‘asida” deb nomlangan uch kitobdan iborat. Asarning asosiy qahramonlari: Ikromjon (21 yil ardoqlab boqqan,bolasining o‘limini ko‘rgan jafokash ota), Tursunboy (qochoq, ota-ona mehridan, yor-birodarlar davrasidan olisda olamdan o‘tgan), Nizomjon, Azizxon, Zebixon Tursunboy sevgan qiz), Jannat xola va boshqalar. Abdulla Qahhor “Ufq” romani haqida shunday yozgan edi: …Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo‘g‘ilmasdan o‘qib chiqadi. …u ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir. Savol va topshiriqlar: Said Ahmad hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? Gapirib bering. Adib ustozlari Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhorlardan qanday xislatlarni o‘zlashtirgan? Said Ahmad yozuvchilikdan tashqari yana qanday san’at turini egallagan? Said Ahmad turg‘unlik yillaridan hikoya qiluvchi qanday asar yaratgan? “Ufq” romanining yaratilish tarixi haqida nimalar deya olasiz? “Ufq” romanidagi Tursunboyning erka, xudbin bo lib o‘sishining sababi nimada deb o‘ylaysiz? Ikromjon, Jannat xola, Nizomjon xarakteridagi milliylik nimalarda ko‘rinadi? Ikromjonning hatti-harakatlariga munosabati ikki xil: bir tomondan unga farzandi sifatida joni achisa, ikkinchi tomondan uni “Xoin! Qochoq! Nomard!” deya la’natlaydi. Buni siz qanday tushunasiz? “Ufq” romanidan olingan parchadan tabiat tasvirining asar qahramonlari ruhiyatiga mos keladigan o‘rinlarini toping. 7-dars. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti Reja: Mustaqillik davri she’riyati Nasr va dramaning o’ziga xos xususiyatlari XX asrning 90- yillarida istiqlol adabiyoti deb ataladigan estetik hodisa yuzaga keldi. Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko’ngli, ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratmoqda. Buning natijasida INSON asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Bu yillarda o’zbek adabiyotida o’nlab ijodkorlar merosi qayta nashr etildi. Ilmiy-estetik tahlilga tortildi. 80-90 yillar oralig’ida A.Oripovning “Ranjkom”, O.Matjonning “Qush yo’li”, “Nega men?”, U.Azimning “Oqdapadar”, M.Yusufning “Qora quyosh” I.Otamurodovning “Uzoqlashayotgan og’riq”, M.Murodovning “Chaqmoq izidan”, E.Shukurning “Ibtido xatosi” kabi o’nlab dostonlari, A.Ibrohimovning “Puch”, Shukrulloning “Unsiz faryod”, H.Olimjonning “Bir million fojiasi”, H.Muhammadning “Xotinlar “gapi”dan chiqqan hangoma kabi drammalari va komediyalari chop etildi.” Tarixiy muzeyda ham bir qator yangi asarlar yozildi. T.To’laning “Nodirabegim”, S.Sadriddinovning “To’maris”, Sh.Xolmirzayevning “Qora kamar”, Sh.Raziyevning “Saddi Iskandariy” dostoni asosida yaratgan “Iskandar” pyesalari shular jumlasidandir. She’riyat bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bo’lmoqda. A.Oripov, R.Parfi, Sh.Rahmon, A.Suyun, U.Azim, I.Otamurodov, A.Qutbiddin, F.Afro’z, A.Said, Mirzo, Zebo Mirzo, Tursun Ali, Ulug’bek hamda, Halima Ahmad, Xosiyat Rustamova, Rustam Musurmon singari shoirlar namoyon bo’ldi. R.Parfining “Adashgan ruh”, “Qora devor”, “Munojot”, “Sensiz”, Sh.Rahmonning “Turkiylar”, “Iqror”, A.Suyunning “Istig’for”, “Oq va qora”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug’at”, A.Saidning “Tush”, “Yo’l”, Faxriyning “Ayolg’u”, “Bo’g’zimdan sirqirar tovush-qon..”, “oyloq kecha..” seriy asarlari mustaqillik davri o’zbek nazmining yutuk namunalaridan hisoblanadi.
O.Muxtorningm “Ming bir qiyofa”, “Ko’zgu oldidagi odam”, “Tepalikdagi xaroba”, “Ufu”, “Ayollar saltanati va mamlakati”, “Maydon” romanlari. Nazar Eshonqulning “Qora kitob qissasi”. “Shamolni tutib bo’lmaydi” (hikoya qahramoni Bayni momo). “Tobut shahar” , “Quyun” hikoyalari, H. Muhammadning “Bozor”, Luqmon Bo’riqonning ”Jaziramadagi odamlar”, Salomat Vafoning “Tilsim saltanati”, A.Nurmurodovning “Qon hidi” romanlari insonga yondashuvning yangichaligi tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favqulotdaligiga ko’ra milliy adabiyotimiz uchun yangi badiiy hodisalar bo’ldi. Sh. Holmirzaev “Ola bo’ji”, “Dinozavr”,romanlari, “Bulut to’sgan oy” qissasi, “Ozodlik”, “O’zbeklar”, “Navro’z navro’z”, hikoyalarida, uni Norqobilov “Oq bo’yin “, “Qoyalar ham yig’laydi”, ”Tog’ odami” qissalari “Oriyat”, “Quvonchli kun” hikoyalarida, Sh. Bo’taev “Sho’rodan qolgan odamlar” qissasi, “Darvesh” hikoyasida, To’g’ay Murod “Otamdan qoldan dalalar ” romanida nasrning an’anaviy tasvir yo’sinidan mahorat bilan foydalana bildi. 8-dars. Odil Yoqubov hayoti va ijodi Reja: Adibning hayot va ijod yo‘li Tarixiy mavzudagi romanlari “Ulug‘bek xazinasi”da ulug‘ alloma fojiasining aks etishi. Odil Yoqubov o’zining faol ijtimoiy ishlari, jurnalistika va badiiy ijod sohasidagi faoliyati bilan respublikamizda hozirgi adabiy – badiiy tafakkur rivojiga kuchli ta’sir ko’rsatgan adibdir. Uning “Muqaddas”, “Bir felyeton qissasi” qissalari, “Namangan tomonlarda ” , “Qishloqdagi fojia” singari publistik maqolalari, ulkan anjumanlardagi nutqlari, “Diyonat” , “Ulug’bek xazinasi”, “Ko’hna dunyo” romanlari keng jamoatchilikning e’tiborini o’ziga tortdi, xususan “Ulug’bek xazinasi”, “Diyonat” jahon xalqlarining ko’pgina tillariga tarjima etilib , o’zbek adabiyotining bugungi kamolotini namoyish etuvchi asarlarga aylandi. Odil Yoqubovning yozuvchi sifatida shakllanishida adib boshidan o’tgan voqealar , hayotiy tajribalari muhim ahamiyat kasb etgan. Odil Yoqubov 1926- yili qadimiy Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq ( hozirgi Otaboy) qishlog’ida tug’ilgan . Xalqimizning azaliy udumlari, mo’’tabar an’analari yaxshi saqlangan , zaxmatkash odamlari , tiniq buloqlari , so’lim bog’lari, bepoyon yaylo’vlari , yam-yashil qirlari dillarni maftun etuvchi bu qishloq bo’lg’uvsi yozuvchining ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi. Adibning yozishiga , otasi Egamberdi Yoqubov 1916- yil mardikorlikka olinib , Belorussiya o’rmonlarida daraxt kesib , rus tilini o’rganib, qishloqqa qaytgan. Ota farzandlari tarbiyasiga alohida e’tibor bergan, xonadonda kitobxonlik odat tusini olgan , “Ming bir kecha ” , “O’tgan kunlar” singari mashhur asarlar ishtiyoq bilan mutolaa qilingan. 1937- yili butun mamlakatda ro’y bergan fojia Odil Yoqubovlar xonadoniga ham kulfat keltirdi, jamoat arbobi Egamberdi Yoqubov shaxsga sig’inish davri qurboni bo’ldi. Birgina uzatilgan qizidan boshqa to’rt norasida beva ayol qo’lida qoladi. Johil, shafqatsiz kimsalar “ xalq dushmani” ning bevasi va farzandlarini tahqirlaydilar. Ammo o’sha ma’lum kunlarda olijanob odamlar jabrdiydalarga muruvvat ko’rsatadilar , madad qo’lini cho’zadilar. Shular madadida oila qaddini rostlab oladi. Bo’lg’uvsi yozuvchi uchun yana bir sinov – Vatan urushi davri boshlanadi. Qurol ushlashga yaroqli erkaklar jangga otlanadi, qishloqdagi og’ir ishlar chollar , ayollar, o’spirinlar yelkasiga tushadi. Odiljon ham o’qishni tashlab, qo’liga ketmon oladi. Urushning oxirgi yili Qarnoqdan armiyaga olingan qirqta yigit qatori Odiljon harbiy xizmatga jo’naydi. Uzoq Sharqda Kvantun armiyasini tor-mor etishda qatnashadi. Nihoyat , 1950-yili harbiy xizmatdan qaytib Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida ta’lim oladi. O’qishni tugatgach, salkam o’n yil “Литературная газета” ning O’zbekiston bo’yicha muxbiri , “O’zbekfilm” kinostudiyasida , G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, “O’zbekiston adbiyoti va san’ati” gazetasiga bosh muharrir, 1987- yildan respublika yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi, 1991- yildan esa respublika Atamalar qo’mitasi raisi bo’lib ishlaydi. Yozuvchi “Литературная газета”ga muhbir bo’lib yurgan kezlarda respublikani necha bor kezib chiqdi, xalq hayoti bilan yaqindan tanishdi. Yozuvchining boshidan kechirganlari , hayotiy tajribalari, ko’nglida chuqur iz qoldirgan voqea-hodisalar asarlarida turli ko’rinishda o’z ifodasini topdi. Yozuvchi ijodida zamondoshlar obrazi va davr muammolari talqini Odi; Yoqubov adabiyotga o’z tengdosh – zamondoshlari kuychisi, solno- machisi sifatida kirib keldi, asarlarida birinchi galda o’z davrining o’tkir, ijtimoiy- ma’naviy masalalarini ko’tardi. Odil Yoqubov harbiy xizmatda ekanidayoq ko’p ijodiy mashqlar qilgan. 1952-yili “Tengdoshlar” degan qissasi bosildi. Shundan keyin o’n yil davomida bir necha asarlar e’lon etdi. Ammo Odil Yoqubovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asari 1960- yilda yozilgan, 1961-yili e’lon etilgan “Muquddas” qissasi bo’ldi. Ham ma’yus , ham allaqanday nurli ohanglarga to’la bu sevgi dostoni qizg’in bahs- munozaralarga ozuq berdi. Bu asar shunchaki ikki yoshning sevgi qissasidan iborat bo’lmay, unda sevgi bahonasida insonning inson, el-yurt oldidagi burchi , halollik, adolat, diyonat kabi masalalr ko’tarilganedi. Muallif “Muqaddas” qissasida hayotning o’zidan olgan zavqini, o’z yurak dardini, hayajonlarini izhor etdi, o’zi qalamga olgan hodisalarni murak – kabligi, ziddiyatlari, chinakam nafosat bilan kitobxonga yetkaza oldi. Qissada ikki yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va tashvishlari nihoyatda sammiy hikoya qilingan . Eng muhimi, yozuvchi aytmoqchi bo’lgan gap kitobxon ko’nglini hayajonga soladigan go’zal bir badiiy shaklini topa olgan. Qissa qahramoni Sharifjon muayyan bir vaziyatda o’z irodasiga , vijdoni , e’tiqodiga xilof ravishda xudbinlik ko’chasiga kiradi. O’zgalar manfatlariga zid bu xatti- harakat avvalo qahramonning o’zi uchun noxushlik olib keladi; eng aziz bisoti- sevgisidan, sevgilisidan judo bo’ladi. Sharifjonning qing’ir yo’llar bilan sevgilisi Muqaddas o’rniga o’qishga kirib qolishi- bir tasodif. Ammo shu tasodif zamirida yozuvchi hayotning muayyan haqiqati, ziddiyati, falsafasini ko’radi, ya’ni bu dunyoda ko’pchilik manfaatiga zid xatti-harakat o’sha odamning shaxsiy manfatiga zid tushishi mumkinligini juda nozik va ta’sirchan ifoda etadi. “Muqaddas” yozuvchining bosh estetik, axloqiy prinsiplarini tasdiq etuvchi asar sifatida ham qimmatli. “Muqaddas” so’zi faqat qissa qahramoni nomi bilangina bog’liq bo’lmay , yozuvchi asarda zo’r ehtiros bilan ilgari surgan – vijdon, burch, diyonat,imon-e’tiqod g’oyasini ham o’zida ifodalaydi. “Muqaddas” dan tortib “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanlariga qadar e’tiborga sazovor barcha asarlarida xuddi shu muammo adibning diqqat markazida turadi.
Odil Yoqubov hayoti va ijtimoiy faoliyati haqida nimalar bilasiz? Odil Yoqubov ijodida tarixiy romanlarning o‘rni qanday? “Bir koshona sirlari” dramasi kimlar va nimalar haqida hikoya qiladi? 9-dars. Odil Yoqubov romanlari Reja: 1. « Diyonat » romanida ijtimoiy-siyosiy masalalarning yoritilishi 2. .”Ulug’bek xazinasi “ romani haqida Odil Yoqubov zamondoshlari haqidagi “Bir felyeton qissasi”, “Qanot juft bo’ladi”, “Matluba” qissalari, “Er boshiga ish tushsa”, “Diyonat”roman- larida ko’pchilikni hayajonga solayotgan katta ijtimoiy masalalarga e’tiborni tortdi.Ayniqsa “Diyonat” romanida muallif 70- yillarda hayotda keng ildiz otgan turg’unlik mafkurasining zararli oqibatlarini zo’r ijodiy jasorat va rostgo’ylik bilan ko’rsatdi. Adib roman ustida ishlar ekan , hayotda ko’p uchratgan , dilida chuqur asorat qoldirgan bir hodisaga o’z munosabatini bildirishni- “katta ishlar qildim” degan bahonada odamlarning boshiga chiqib olgan,qonunchiliknioyoqosti qilishdan ham toymagan ulkan xo’jalik rahbari obrazini yaratish , uning parvozi va inqirozini ko’rsatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. “Men hayotda ko’p adolatsizliklarga sabab bo’lgan bunday rahbarlar haqidagi o’ylarim va ko’rgan – kechirganlarimni romandagi Otaqo’zi obrazida mujassamlashtirishga harakat qildim”, - deb yozadi muallif. Ma’lumki, o’zbek adabiyotida 50-60-yillarda ham shunday o’zboshimcha rahbar xodim obrazlari ko’p yaratilgan.Ularning ko’pchiligi nuqul bir yoqlama – salbiy xususiyatlar qorishmasidan iborat . Otaqo’zi ulardan farqli o’laroq murakkabligi, kuchli ba ojiz tomonlari bilan berilgan. Uning bilim, fikr, manfaat doirasi xiyla keng. Ertayu - kech el-yurt ishi bilan band bu rahbar xodim oila, farzandlari, qarindosh- urug’lar taqdirini ham o’ylaydi.boshda u hiyla dilkash, tanti odam sifatida ko’rinadi.ammo u bora – bora nobop ijtimoiy muhitda o’jar, mag’rur, o’zboshimcha,shafqatsiz, toshbag’ir kimsaga aylanadi.Asarda Otaqo’zi tomonidan o’tkazilgan zug’umlar, o’zboshimchaliklar bilan barobar, bu zug’umlarning aks-sadosi, hayot qarshiliklari tufayli zo’ravon Otaqo’zi boshiga tushgan chigal savdolar, qalbidagi qiynoqlar ham mahorat bilan tasvgirlangan. “Otaqo’zilar qilgan adolatsizliklarni butun borligicha ko’rsatish uchun unga qarshi turadigan nihoyatda pok ba halol bir inson, katta shaxs lozim edi- deydiyozuvchi. Bahtimga, men hayotda faqat Otaqo’zi kabi nohalol kimsalarnigina emes, Normurod Shomurodovga o’xshagan nihoyatda pok, halol, insofli, diyonatli insonlarni ham ko’p uchratgandim”. Yozuvchi inqirozga yuz tutgan Otaqo’zi bilan barobar Normurod domla hayoti fojiasini ham mahorat bilan ochib beradi. Bu odam uzoq va shonli hayot yo’lini bosib o’tgan. Biroq taqdir uni siylamagan, boshiga ko’p kulfatlar tushgan. U bor kuch-quvvatini , umrini fan, adolat, el-yurt ishiga fido etib, evaziga el-yurtdan hech narsa talab va ta’ma etmaydi. U roman asosida yotgan adolat, diyonat , e’tiqodining o’ziga hos timsoli.U e’tiqod, adolat yo’lida hech kimni, hatto o’zini ham ayamaydi. Adolat, diyonat deb u o’zini ko’p qiynoqlarga giriftyot etadi, ma’navit tuban kimsalar bilan olishadi, bu olishuvlar normurod domla dilini vayron etadi.Domlada diyonat, adolat, e’tiqod yo’lidagi qat’iylik, chuqur insonparvarlik, zabunlarga mahr, hamdardlik tuyg’usi bilan yo’g’rilib ketgan ; shuning uchun ham undagi o’jarlik , qat’iylik o’ziga xos joziba kasb etgan. Muallf Normurod domla obraziga xos- yetakchi fazilatlar- diyonat, metindek e’tiqod jozibasini ochish bilan kifoyalanmay, bu xislatlarning ijobiy ta’sir kuchini, qudratini ham ko’rsatishga muyassar bo’lgan.Bir qarashda Domla musibatlar girdobida qolgan ayanchli shaxs. Ayni paytda kitobxon bu odam ayanchli, nochor kimsa emasligini anglab turadi.Aslada u mardona, qahramonona ulkan shaxs. Bu adolatparvar, diyonatli, yuksak e’tiqodli odam qarshisida har qanday qing’ir, nopok shaxslar dovdirab qoladi; uning adolatli, diyonati, etiqodi qarshisida hatto Otaqo’zidek zo’ravon odam ham oxiri bosh egadi.
“Ulug’bek xazinasi” romani Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan asar “Ulug’bek xazinasi” romani bo’ldi.Davrimizning ulkan adibi Chingiz Aytmatov “Ulug’bek xazinasi” muallifiga yo’llagan maktubida bu roman to’g’risida shunday yozadi: “Yaxshi kitob haqida gapirish maroqli. Bu- yuksak va olijanob nasr namunasi.Badiiy quvati jihatidan salmoqdor bu tarixiy roman meni larzaga soldi.Bu esa yaxshi asarning birinchi alomati.Bundan ham muhimi shundaki, romanni o’qirkanman, ko’nglimda turkey xalqlarimiztarixi uchun iftixor tuyg’usi jo’sh urdi. Ulug’bek shunday dahoki, u asrlar osha tariximizga , zaminda tutgan mavqeiga guvoh.Ulug’bek – bizning dildagi ohimiz , hasratimiz.U buyuk insoniy tajribalar haqida, dunyo haqida yuksak mezonlarda turib mulohazayuritish, hukm- saboqlar chiqarish uchun asos beradigan shaxs… Ulug’bek men uchun o’rta asrning atoqli olimi bo’lgani uchungina emas, balki xalqlarimiz tarixidagi eng murakkab og’ir fojiani boshdan kechirgan alloma bo’lganligi uchun ham ulug’dir”.
Yozuvchi garchi ijoddagi birinchi qadamidan boshlab uzoq vaqt zamonaviy mavzuda zamondoshlari hayotidan asarlar yaratgan bo’lsa-da , uni bora-bora o’tmish voqealari, tariximizda o’tgan buyuk allomalar hayoti qiziqtira boshladi.60- yillarning oxirlarida matbuotda ulug’bekning mashhur kutubxonasi taqdiri xususida baxs boshlandi.Bu bahsda ilgari surilgan , xususan taniqli rus adabiyotshunosi I. Andronikov maqolasida o’rtaga qo’yilgan fikr va mulohazalar astoydil qidirilsa, bu nodir xazina albatta topilajagi xususidagi bashoratlar ko’plab qatori Odil Yoqubovda ham katta qiziqish uyg’otdi.Shu paytga qadar “zamonaviy yozuvchi” deb tanilgan, doimo zamonaviy mavzuda qalam tebratib kelgan adibimiz endi hayolan olis tarix saxifalarini “sayr etish ”ga tushdi; ko’pgina tarixiy hujjatlarni , Ulug’bek hayoti va davriga oid manbalarni o’rganib chiqdi.Ulug’bek kutubxonasining taqdiriga aloqador faktlarni qidirdi.Yozuvchi boshda Ulug’bek kutubxonasining qismatidan bahs etuvchi bir sarguzasht qissa yaratmoqchi edi. Bunday qisssa bitildi ham, ammo muallifning undan ko’ngli to’lmadi.Ijodiy ish davom etdi. Xayolda charx urgan fikrlar, gavdalangan obrazlar kengayib, to’lishib jiddiy yirik asar shakliga kira boshladi.Nihoyat , ulug’ allomaning ma’naviy hazinasi, buyuk tojdor olimning ulkan fojiasi haqidagi, qolaversa Ulug’bek toj- taxti va ma’naviy merosi tevaragida brogan shiddatli kurashlar to’g’risidagi o’ziga xos yetuk bir roman maydonga keldi. Asarning g’oyaviy badiiy o’ziga xosligi: Buyuk olim , davlat arbobi Ulug’bek hayotiga ko’p adiblar murojaat etganlar. Ulug’bek siymosi yaratilgan sarlar orasida M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” fojiasi alohida ajralib turadi. Ulug’bekdan so’z ochgan har bir qalamkash bu ajoyib asarni chetlab o’tishi mumkin emes.Odil yoqubov ham Maqsud Shayxzoda tajribalaridan bahramand bo‘lgan.Roman bilan fojia orasida talay mushtarakliklar mavjud. Chunonchi , roman ham xuddi fojia kabi Ulug’bek hayotining so’nggi davrini hikoya qilishdan boshlanadi. Fojiadagi ko’pgina hodisalar romanda ham tilga olinadi, bir qancha tarixiy shaxslar bu yerda ham ishtirok etadilar. Shu bilan barobar “Ulug’bek xazinasi” tarixiy hodisalar va shaxslarning badiiy talqini, o’zining uslubiy, g’oyaviy- badiiy yo’nalishi , poetikasi jihatidan “Mirzo Ulug’bek” asaridan keskin farq qiladi. Roman Ulug’bek saltanatining so’nggi tahlakali damlari tasviridan boshlanadi.Shu, og’ir fojiali daqiqalarda shoh va olim Ulug’bek ko’p narsalar haqida o’ylaydi, murakkab ruhiy holatga tushadi. Avvalo u – shoh , temuriyzoda, toj-taxt taqdiri uchun javobgar shaxs.Nima qilib bo’lsada, u hokimiyatni qo’lda saqlab qolish uchun tirishadi. Ammo riyokor, johil raqiblar kurshovida ; o’z o’g’li ular qo’lida qo’g’irchoq , toj- taxt, mansab deb otaga qarshi bosh ko’targan. Bu hol buyuk allomani adasiz qiynoqlar girdobiga tortadi. Ulug’bekda insoniy g’urur juda kuchli. Shohlik qoni jo’sh turib toju-taxt himoyasi uchun o’g’liga qarshi jangga otlanar ekan, nomus tuyg’usi uni qiynoqqa soladi, El- yurt , kelgusi avlodlar oldida bunday kimsa yo’q. Abdullatif – riyokor. Yana bir o’g’li Abdullaziz majruh, kaltabin shaxs. Ota toj- taxtni ularga ishonib topshira olmaydi. Ulug’bekni hammadan ham Movarounahrga qirq yil rahnamolik qilib ortirgan asosiy boyligi- madrasalariyu rasadxonasi, nodir xazinasi- to’plagan kutubxonasiyu yaratgan asarlari – barchasining zeru – zabar havfi tashvishga soladi. O’sha mushkul damlarda ulug’bek shogirti Ali Qushchiga deydi: “Tag’in bir narsadan – kelgusi avlodlar bandoi ojizdan hazar qilmasmu. Deb qo’rqamen. Mirzo ulug’bekday koinot sirlarini ochmoqni tilagan , fozillikni da’vo etgan mavlono, hayhot, oxir- oqibat barcha shoh, barcha taxt sohib-ariday saltanatni deb, o’z pushti kamaridan bo’lgan farzandi bilan toju taxt talashibdur-da , degan degan nom qoldirmoqdan qo’rqaman…” Toj-taxt bebaho, tafakkur mahuli-manaviy xazina esa bezavol, degan naql bor. Bu hikmat romanda chiroyli, betakror badiiy ifodasini topgan. Ulug’bekning fojiesi shundaki, u egalik qilgan moddiy meros- toj-taxtning istiqboli zabun, vorislari nobakor. O’z o’g’lidan tortib qo’l ostidagi barcha mansabdorlari, ishongan tog’lari xyonatkor bo’lib chiqadilar. Bu allomaning baxti shundaki, u to’plagan, yaratgan ma’naviy meros – nodir kitoblarning munosib vorislari, ishingan, sadoqatli , fidoyi shogirtlari bor. Eng qiyin damlarda ana shu vorislar Ulug’bek qanotiga kiradilar, tashvishiga sherik, dardiga malham bo’ladilar.Ulug’bek merosini ko’z qorachig’iday asrash, avaylashga so’z beradilar. Ulig’bek taxtdan tushadi, johil amalparastlar qo’lida halik bo’ladi. Hokimiyat tepasiga mutaassib qalloblar qo’lida qo’g’irchoq bo’lmish Abdullatif keladi. “Qora kuchlar” ning “davri-davroni”, ma’rifat ahlining esa “qora” kunlari boshlanadi. Romanning ikkinchi qismi ana shu mudhish kunlar tasviri va badiiy tahliliga bag’ishlangan. Ma’lumki ko’p asarlar odatda bosh qahramonning o’limi, halokati bilan tugaydi. Bunday asarlardan farqli o’laroq “Ulug’bek xazinasi” dagi eng hayajonli, shiddatli voqealar bosh qahramon halokatidan keyin ro’y beradi. Yozuvchining mahorati ayniqsa shu voqea- hodisalar ifodasida yaxshi namoyon bo’lgan. Bir tomonda- Abdullatif boshliq qora guruhlar; ularning ma’naviy rahnamosi, shayx Nizomiddin Xomush, Salohiddin zargar, amir Jondor ayg’oqchi Qashqir. Ikkinchi tomonda- Ulug’bekning sadoqatli shogirti Ali Qushchi boshliq ma’rifat fidoyilari…Ulug’bek xazinasini o’sha tahlikali kunlarda qora guruhlar nazaridan , tahdid va ta’qiblardan himoya etish uchun ketgan shiddatli , xatarli kurashda keng xalq ommasivakillari- madrasa talabasi Muram Chalabiydan Tortib xalq orasidan chiqqan shoir Qalandar Qarnoqiygacha , oddiy temirchi Usta Temur Samarqandiydan tortib ma’rifatli ayol Xurshida bonugacha – barchasi ishtirok etadi. Bu bilan yozuvchi muhim g’oyani- Ulug’bek ma’naviy merosi xalq boyligi, mulki ekanini ta’kidlaydi. O’sha og’ir sinov paytida maslakdosh shogirtlar orasida ham saralanish yuz beradi. Chunonchi , Mavlono Muxiddindek olim mudhish voqealar girdobida dovdirab, o’z ustozidan yuz o’giradi, fanga, e’tiqodiga xiyonat qiladi.Biroq Mavlono Muxiddin – murakkab shaxs. Yozuvchi uni bir yoqlama xiyonatkor deb qarashdan qochadi. Uning chigal ruhiy holatini butun ziddiyatlari bilan ko’rsatadi. Mavlono Ustozi Ulug’bekdan ko’p yaxshiliklar ko’rgan. Bir tomondan , u bu yaxshiliklarni unutolmaydi.Ikkinchi tomondan , shu ustozi pushti kamaridan bo’lgan Abdullaziz tajovuzi tufayli ko’zining oqu qorasi, yakkayu- yagona qizi Xurshida bonu baxtiqaro bo’lib qolgan. Shu tufayli u Ulug’beklar oilasidan, qolaversa ustozidan yuz o’giradi.Asarda ikki o’t orasida , iztiroblar olovida qovrilib, telba bo’lib qolgan Mavlononing ruhiy drammasi zo’r mahorat bilan ochilgan. Umuman, bu roman personajlar ruhiy dramasi tasvirijihatdan adabiyot- imizda muhim yangilik. Yozuvchining bu sohadagi mahorati Ulug’bek, Mavlono Muxiddin, ayniqsa Abdullatif obrazi ifodasida yorqin namoyon bo’lgan.
2. Asardagi Otaqo’zi obraziga ta’rif bering. 3. Professor Shomurodov haqida nimalar ayta olasiz?
Adibning hayot va ijod yo‘li P. Qodirovning nasriy asarlari P.Qodirovning romanlari Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktabrda Tojikistonning Shahriston tumaniga qarashli Kengko`l qishlog`ida tug`ilgan. Uning bolalik yillari urush yillariga to`g`ri keladi, u otasi va oila boshiga tushgan kulfatlarga sherik bo`ladi. Halol cho`ponchilikdan suruv – suruv qo`ylar egasiga aylangan badavlat Qodir aka oilasi sho`ro tuzumi tomonidan boy – zodagonlikda aylanib, jo`jabirday farzandlari bilan Tojikistonning Shahristondagi Keng ko`ldan O`zbekistonning Xovos tumanidagi Iskandar qishlog`iga badarg`a qilinadi. Bu adolatsizlik, uqubatlar Pirimqulning bolaligidan hayotga tiyrak ko`z , sinchkov nazar bilan qarashga o`rgatdi. U jamoa xo`jaligida, yo`l qurilishida, Bekoboddagi metallurgiya zavodida ishlaydi. Maktabda a`lo baholarga o`qiydi. 1946 – 1951 – yillarda ToshDU da, so`ngra Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti aspiranturasida ta`lim olib, 1954 – yilda Abdulla Qahhor ijodi bo`yicha dissertatsiya yoqlidi. Bu vaqtga kelib u el nazariga tushgan adib edi. Pirimqul Qodirov badiiy va ilmiy ijodni birga qo`shib olib bordi. O`zbek realistik prozasidagi badiy til jozibasi, uning xalq tili bilan aloqalari masalasiga bag`ishlangan tadqi qotlar e`lon qildi. Tashkilotchi, olim, jamoat va davlat arbobi sifatida 1954 – 1963 – yillarda Moskvadagi yozuvchilar uyushmasida, Respublika Fanlar akademiyasisi – ning Til va adabiyot institutida va mustaqillik davriga kelib, mamlakat Oliy Majlisida mas`ul lavozimlarda ishladi. Badiiy tarjima yozuvchi Pirimqul Qodirov mahorati shakillanishida mu – him rol o`ynaydi. U rus adiblari Tolstoyning “Kazaklar”, K. Fedinning “Ilk sevinchlar”, turkman yozuvchisi X. Deryayevning “Qismat” romanlarini o`zbek tiliga tarjima qildi. 1988 – yilda P. Qodirovga “O`zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni, 1998 – yilda El – yurt hurmati” ordeni berildi. Pirimqul Qodirov asarlaridagi pok sevgi, insoniy muhabbat Mahkam va Gavhar, Madaminjon va Ma`suda, Mohim bilan Bobur munosa – batida go`zal tasvirlangan. P. Qodirov xassos, nozikta`b, o`ziga xos yozuvchisi. Uning asarlaridagi yetakchi xususiyatlar so`zdagi hissiyot tiniqligida, asar hujayralaridagi uyg`unlik va yaxlitlikda, qahramonlar va muallif tilining musiqiy ranginligida, fikrlash madaniyatidagi jizibada ko`zga tashlanadi. P. Qodirov 1990 – 2000 – yillarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, ta`lim va madaniyat qo`mitasining raisi, rais o`rinbosari vazifasida faoliyat ko`rstadi.
P. Qodirov hikoya va qissachilik emas, balki ayni milliy hikoya va Qissachilik rivojiga katta hissa qo`shgan yozuvchidir. Uning “Student- lar” ( 1950 – yil, birinchi hikoyasi, bu kitob chiqqanda u hali ToshDU da sharqshunoslik fakultening studenti edi ). Yana uning “Jon shirin” 1968-
Adib qahramonlarini chuqur o`ylar girdobida, ikkilanish, iztroblar jara- yonida va ijtimoiy dardlar to`qnashgan nuqtada tasvirlashga intiladi. Shunday asarlardan biri “ Jon shirin “ hikoyasidir. Hikoyada paxta yakka hokimligi davrida hukm surgan ayrim dahshat – lar qahramonlarning achchiq taqdiri orqali ro`yirost ko`rsatib berilgan. Paxtaga sepilgan doridan yosh bola halok bo`ladi. Atrofdagilar zaharlana – di. Bu mohiyat e`tibori bilan mallatning, irsiyatning paxta zug`umi ostida zaharlanib borayotganiga, himoya qilinishi lozim bo`lgan haq – huquqi –
kazdagilarigina emas, uni shu holatda tutib turgan o`zimizdagilar, briga – dir – u rais, firqa kitobi – yu undan yuqoridagilar. Bir vaqtlar mashhur “ Nazir otaning g`azabi “da tosh yog`sa ham paxtani terishga da`vat etil – gan edi. Bu asar esa paxtaga sepilgan dorilar odamni o`ldirib yubirsa ham rejani bajarish kerak, deyilgan siyisatning insonlar taqdiridagi badiiy ko`ri- nishi edi. Yozuvchi hikoyada muteki, qaramlikni keskin fosh etdi. Sodir bo`lgan dahshatni ochish, aybdorlarni jazolash o`rniga, hamma amaldorlar ishni bosdi – bosdi qilish tarafdori. Chunki bu ishda hammasining aybi bor, egat- larni zaharlab bo`lsa – da, yuqoriroq hosil olish va mansab – martabani qo`ldan chiqarmaslik – hikoyadagi mansabdorlarning maqsadi shu. Sepi – layotgan dorini, doridagi zaharni bilishmaydimi? Bilishadi. Bolaga, uning otasiga achinishni ham unutishmaydi. Lekin jinoyatni oshkor qilishmaydi. Mutelik, qullik davom etversin, bolalar nest – nobud bo`lsa bo`laversin. Unga qarshi chiqish uchun esa jon shirinlik qilyapti, lekin tokaygacha de – moqchi bo`ladi yozuvchi. Hikoya asosida 1997 – yilda yaratilgan videofilm ham muvaffaqiyatli chiqdi. Badiiy asar markazida, asosan, inson turadi. Uni o`yga, hayajonga slogan muammolar aks ettiriladi. P. Qodirovning “Qadrim“, “Erk“, “Meros“ qissalari markazida inson Shaxsiga ehtirom, shaxs tabiatining mehvari sanalmish erk, o`zlik, qadriyat muammolari qo`yilgan. “Qadrim” qissasi - Iskandar kim nima desa xop deydigan itoatkor, mutelikni, hatto, ma`lum darajada, oddiy bir hayotiy haqiqat sifatida qabul qiladigan yigit. U zarur bo`lganda mustaqil fikrni, xohishini, raddiyasini ham ma`lum qilishga qimtinadi. Sevgilisi Zulayho esa, aksincha, o`zgalarga qaramlikka ko`nika olmaydi. Uning vujudida qo`rquvga, hadika, o`zgalarga qaramlikka qarshi bir tug`yon bor. U birov – ning turtgisi bilangina harakatga kelishni yoqtirmaydi. Mustaqil mushoha – da yuritmay, o`zganing ta`sirida fikrlay boshlovchi kishidan orlanadi. Mana shunday xislatli Iskandarni kezi kelganda siltab tashlashgacha bora- di. Hayotga endi kirib kelayotgan yigit qiyofasida tasvirlangan bu qaram- likka qarshi isyo, qadr – qimmat, o`zlikni, g`ururni himoya qilish va mus- taqil fikrlashga da`vat deganda adib kichik bir shaxsiy, xususiy maqsadgina nazarda tutgani yo`q. Uning zamirida chuqur ijtioiy ma`no: tutqun g`oya – larga qaramlik va bo`ysunishdan qutilishga chorliv maqsadlarini ham ifo- dalashga urindi. Bu haqda asar yozilgandan keyin yigirma yildan so`ng yozuvchining o`zi bunday deydi: “ Totalitar imperiya bizni qaram ahvolga solib, qadr – qim – matimizni yerga urishini ich – ichimizdan sezib, ruhan behad qiynalardik. Lekin buni ochiq aytolmay, “Qadrim”, “Erk” kabi qissalarda ichki erkini yo`qotgan, mutelik dardiga giriftor bo`lgan qahramonlar hayotini hamdard- lik bilan ko`rsatish orqali ozodlik va mustaqillikka bo`lgan tashnalikni qondirishga intilardim “. Bu fikrni tiniq tushunish muhim. Sho`ro tuzumi, g`oyasi tomonidan qadr – qimmat oyoqosti qilinishi haqida gap borar ekan, sababini Moskvadan tashqari, ma`lum ma`noda, o`zimizdan ham qidirish kerak. To`g`ri, tizgin markaz qo`lida edi. Lekin tizginni ishga soluvchilar, amalgam oshiruvchilar o`z ichimizda, qatorimizda oz emas. Ular o`z yurt- doshlarimiz, ayniqsa, turli toifadagi amaldor va firqaviylar esi. Qadr – qim- matimiz, erkimiz, o`zligimiz – o`z qatorimizda yura turib, o`z vatandoshi- miz bo`la turib, ana shundaylar tomonidan ham oyoqosti qilingani, chin erkimiz, ozodligimiz bo`g`ib turilgani sir emas. Yozuvchi qadr – qimmat, erk uchun kurash, o`zgaga mute va qaram bo`l- maslik g`oya;arini ilgari surar ekan, bunga to`sqinlik qilhan yurtdoshlari – mizni ko`rsatish orqali, ular timsolida tuzumni va uning tizginini olisdan boshqarib turganlarni nazarda tutgandek bo`ladi. Yozuvchi “Erk” qissasi markaziga ham erk va qadr – qimmat masalasini qo`ydi. Buni asosan, muhabbat va oila orqali yoritdi. Sattor ota – ona qistovi bilan muhabbatsiz uylandi, farzandli bo`ldi. Uni rafiqasi Oysha qanchalik sevmasin, ko`ngli isimaydi. Oyshani mutlaq tu – shunmaydi emas, tushunadi, farzandini ham o`ylaydi. Lekin o`z ko`ngliga, vijdoniga, qalb amriga qarshi borolmaydi. Munoeiqlik qilib yashashni esa xohlamaydi. Sattor inistitutda o`qib yurganida haqiqiy muhabbatini Roziyada topadi.
bunda emas. Barcha qahramonlar vujududagi tug`yon, ko`nglidagi iztrob iskanjasida, yurak qo`ygan savollarga javob izlash qiynoqlarida ko`rsatilar ekan, bu izlanishlar erk va qadr – qimmat mohiyatini uqishga bo`ysundiri- lar. Rost – da Oysha – baxtsiz, farzand – yetim, Roziya – sevilibman deb, Sattorning o`zi esa, aylanay, yangi muhabbat degancha ketavermaydi – ku! Bu insonlar yuragida qanchadan talotumlar yotibdi, axir. Atrofdagilar ham Ularning tutumini turlicha baholaydilar. Bahs – munozaralarning keti ko`- rinmaydi. Yozuvchi bu ichki tug`yon sabablarini, ildizlarini izlaydi, badiiy tahlil etadi va bizga ko`rsatgandek bo`ladi. Xo`sh, Sattor va Oyshaning bu ahvol- ga tushish sababi nimada? Erksizlikda, erk degan muqaddas tushunchani e`zozlay bilmaslikda, deb javob beradi yozuvchi badiiyati. Xastaman, uy – langaninigni ko`rib qolay, deb ota o`qishga ketayotgan o`g`lini o`z ra`yiga ko`ndirgan. Qaytib kelguningcha Oyshaxonni birov ilib ketadi, deb onasi ham o`g`lini uylanishga qistalang qilgan. Boshqa tarafdan, Oysha ham Sattor o`zini sevish – sevmasligini aniq bil – may, o`zining ham Sattorga ko`ngli bor – yo`qligini chuqur his etmay te – gavergan. Muhabbat degan xilqat talablariga Sattor tuyg`ulari bilan javob beradimi – yo`qmi, o`ylab o`tirmagan. Oyshadagi itaotkorlik, g`urur sust – ligi uning erkiga g`ov bo`ladi. Demak, ikkala qahramon ham o`z erki qad – riga yetmagan, ikkovi ham erksizlik qurboni. Qissa oxirida Sattor Oyshaga yordam qo`lini uzatadi, Oysha ko`nglida o`zini anglash, g`urur hislari uyg`onadi. O`z qalblarini o`zlari tahlil etish natijasida qahramonlar asar nihoyasida erk tug`yusining muqaddasligini anglash yo`liga o`tadilar. Sat- tor ming mulohazalardan so`ng Oysha tomonda qolish burchi ekanini his etadi. Lekin yozuvchi, ayni vaqtda, Sattor, Oysha, Roziyalar taqdirini ochiq qoldiradi. Buni o`zidan ko`ra kitobxonlar hal qilishiga moyillik bildiradi. “Meros” qissasida yozuvchi el – yurtni doimo to`lqinlantirib yurgan muammo – paxtachilik mashaqqatlarini qalamga oladi. Unda butun umrini paykalda o`tkazyotgan, hirmat – azzat – u azob – uqubatini shu mehnatdan topayotgan paxtakorlarning halol, jozibali qiyofalari aks ettiriladi. Bu meh- nat bizga otameros, dala ilmi, paxtachilik qonimizga singib ketgan, degan g`oyani ham ko`rmaslik mumkin emas. Yozuvchi Yolqin Otajonov timsolida paxtachilik mashaqqatlarini butun tafsilotlari bilan haqqoniy tasvirlaydi. Ammo bu tinib – tinchimaslik meh – nat farog`ti sifatidagina taqdim etilmagan. Yozuvchi bu mehnatni doim mustaqil mushohadasiz, itoatkorona qabul qilingan jarayon sifatida ber – maydi. Paxtakor xalqining bu masalaga nolavor munosabatini adib Tursun qiyofasida umumlashtirishga harakat qiladi. Tursun ba`zan paxta mehna – tidagi zo`riqishdan, e`tiborsizlikdan, adolatsizlikdan ochiqdan ochiq noliy- di. Bu erk – iroda, qadr – qimmat va umidini bukib tashlayotganlarga isho- ra edi. Biroq, afsuski, bu qarash asar mehvariga ko`tarilmaydi. Yolqin Otajonov kabi yetkchi qahramonlar faoliyati va dunyo qarashida ko`rin – maydi. “Meros” yozilgan o`tgan asrning 70 – yillarida bu fikrlarini ilgari surish qiyin edi. Sho`ro siyosati va mafkurasi bunga yo`l qo`ymasdi. Bulardan qat`iy nazar, qissadagi Yolqin Otajonov obrazi yozuvchining mahorat bilan yaratgan jonli, intiluvchan, jozibali qahramonlari qatorida turadi. Adib mahorati romanlarida yangi bosqichga ko`tarildi. P. Qodirovning romanlari. P. Qodirov o`zbek adabiyotini barkamol romanlar bilan boyitdi. Bu ro – manlar davrning, zamonnig muhim ijtimoiy, insoniy muammolarini haqqo- niy ko`rsatish, qahramonlar hayoti va jonli xarakterlar pishiq va terin ishla- nishi jihatidan o`ziga xos. P. Qodirov Abdulla Qahhorning shogirdi. Uning ijodini ilmiy jihatdan ham chuqur o`rgangan. Ustozning shogirdiga ham inson, ham yozuvchi sifatida ta`siri kuchli. Shu ma`noda P. Qodirov birorta asarida hayot haqi – qatiga zid ish tutmadi, mafkurabozlikka berilmadi, shaxsiy manfaatlar yo`- lida asarini kimlarningdir manfaatiga moslamadi. Aksincha, u romanlarida dolzarb va murakkab masalalarni birinchidan bo`lib yoritdi. Yozuvchi romanlarida qahramonlar harakatidagi kenglik va miqyosni ko`rsatishdan ko`ra, ular ruhiyatidagi nozik nuqtalargacha kirib borishga intiladi. So`z sehri bilan tuyg`ularni tilga kiritadi. Hayot manzaralari, davr muammolari voqealar, hodisalarni mustaqil tadqiq etishni u, ko`proq, shularning qalblarda to`yinfan hissiy jarayonlarini aks ettirish orqali amal – ga oshiradi. Uning “ Uch ildiz “, “ Qora ko`zlar “, “ Olmos kamar “ singari zamonaviy romanlari bu masalada tarixiy salmoq bilan nafas olga- nidek, “ Yulduzli tunlar “, “ Avlodlar dovoni “, “ Ona lochin vido – si “ singari tarixiy romanlaridan shunga xizmat qiluvchi “ zamonaviy ruh va falsafiy tafakkur “ ueurib turadi. Zamonaviy yoki tarixiy mavzuda bo`lishidan qat`iy nazar, bu romanlarning barchasini birlashtirib turadi – gan fazilat bor. Bu ularning qahramonlari timsolida millatimizga mansub go`zal va noyob ma`naviy xislatlarning yorqin aks etishidir. “ Uch ildiz “ ( 1955 – 1958 ) romanida shaxsga sig`inish oqibatlari keskin fosh etildi. Asar markaziga oliy o`quv yurtidagi hayot, xususan, talabalar Mahkam va Gavhar muhabbati qo`yiladi. Biroq ular va ularga kelib bog`lanuvchi boshqa ko`plab qahramonlar taqdirida davrning dolzarb muammolari ochila boradi. Bular: odamlarni qo`rqitib, tuhmat qilib, titroq- da ushlab turishga o`rgangan fakultet dekani Hakimov; ana shunday razil – lik tufayli nohaq qamalib ketgan tarixchi olim Toshev; ilg`or, xolis, millat – parvar fikrlari, chor hukumati zamonidagi Andijon qo`zg`oloni haqida ijo – biy fikr aytgani uchun salkam sinfiy dushmanga chiqarib qo`yilgan Ak – barov va boshqalardir. Bular mafkura iskanjasida bo`lgan zamon dahshat – laridan ayrim ko`rinishlar edi. Qadr – qimmat mezoni insiniy fe`l – atvor, imon, vijdon emas, balki mafkuraviy “ sadoqat “ bo`lib qolgan edi. Stalin vafotidan so`ng o`tgan asrning 50 – yillari o`rtalarida jamiyatda Jiddiy yangilanishlar paydo bo`ldi. Yangi dunyoqarashli yoshlar yetishib chiqdi. Ular tuhmat, ig`vorlarga qarshi dadil va mardona kurash boshladi – lar. Shular tufayligina Akbarov va Toshev singarilarning hayoti omon qol – di. Gavhar, Mahkam, Ochil singari yangi dunyoqarashli, imonli, vijdonli yoshlarning sa`y – harakati bilan Hakimov hamda uning hamtovoq shogirdi Eshonboyevlar tegishli jazolarini oldilar. Yozuvchi Akbarov timsolida mustaqil fikrlash masalasini ham ko`tarib chiqdi. Bu qahramon qiyofasida, ma`lum darajada, adibning o`zini ham aks etadi. “ Uch ildiz “ romanida hayotdagi mafkurabozlikka barham berilgani, adolatsizlikka chek qo`yilgani aks ettirilibdi – da, deb tushun – maslik lozim. Adib avvalgi yillarga nisbatan jamoyatda paydo bo`lgan yangi qarashlarni, yangi shaxslarni real ko`rsatish qatorida, ularga o`z ideallarini ham singdiradi. Yozuvchi talqinicha, insonning insoniyligini mafkura emas, balki ma`na- viy – ma`rifiy asos belgilaydi. Roman nomiga ham inson taqdiri va qiyofa- sini muhabbat, el – yurtga fidoyili va bilibdan iborat uch ma`naviy – ma`ri- fiy ildiz belgilaydi, degan g`oya singdirilgan. Deyarli yarim asar avval ya – ratilgan “ Uch ildiz “ romani istiqlol davrimiz g`oyalariga k`op jihatlari biln hamohangdir. Yozuvchi “ Qora ko`zlar “ ( 1963 – 1966 ) romanida oila, burch, ha – lollik, e`tiqod, to`g`rilik kabi ma`naviy muammolarning yangi – yangi qir – ralarini yoritdi. Ma`lumki, asar yozilgan zamonda sho`rolar mamlakatida – qishloq bo`ladimi, shahar bo`ladimi – hamma yoqda hayot farovon, degan soxta, yolg`on g`oya hukmron edi. Adib esa, O`zbekistonning olis Oyko`l qishlog`idagi kishilar ma`naviyatini, yashash tarzini aks ettirish orqali ha – yotning asl, haqqoniy manzaralarini ko`rsatdi. Xo`jalik raisi Davlatbekov – manfaatparast va mansabparast. “ Nima bizga Amerika “ qabilida ish tutib, xo`jalikdagi chorva tuyog`iga qiron keltirish- ga bir bahya qolgan. “ Davlatbekovchilik “ masalasida Ortiq undan ham ustasi farang. Kattalarga yaltoqlanish uning suygan oshi. Uning nazarida vijdon degan ikkinchi, uchinchi darajali matoh. Xuddi shu – vijdonga mu – nosabat aka – uka Ortiq va Avazni bir – biridan keskin ajratib turadi. Romanda Hulkar, Jannatoy, Cho`lponoy singari ayollar obrazi chuqur mehr bilan tasvirlangan. Ularning og`ir, mashaqqatli mehnati, olia, muhab- bat, qadr – qimmat borasidagi erksizligi, “ hurmatli “ o`zgalar inon – ixti – yoridan chiqa olmaslogi kuyinchak ehtiros va haqqoniylik bilan yoritilgan. Alloh odamga ulug` yosh bersa, zakovatni, diyonatni ham qo`shib bersin ekan. Romandagi Ismat bobo esa bunday emas – teskarisi. “ Qora ko`zlar “ romanida qishloq hayoti tasvirlangan bo`sa, “ Olmos kamarda “ ( 1977 ) yozuvchi shaharliklar hayotiga murojaat etdi. Asar qayta ishlandi. “ Yulduzli tunlar romani “ – asar nainki adib ijodi, balki, XX asr o`z- bek adabiyoti tarixida muhim o`rin tutadi. Sho`rolar bunday asarlar xalq – ning ko`zini ochdi, isyonkor ruhni charxlaydi, ulug` ota – bobolar orqali buyuk o`tmishga, ma`naviy qudrat an`analariga intilish va sadoqatni kuchaytiradi, deb qo`rqdilar va yanglishmadilar. Bu asar ham shunday asar. 1978 – yil bosilib chiqdi, hatto O`zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi ( 1981 ). Lekin ko`p o`tmay asar va yozuvchi boshiga ko`p og`ir kunlar tushdi. Roman matbuotda feodalizmni tar`gib qiluvchi asar sifatida qoralandi. Muallifga millatchi, burjua yozuvchisi deb tuhmat qilindi. Yangi zamon, mustaqillik adibni ham, romanni ham xalqqa qaytardi. Bu asar shoh sarkarda, shoir – benazir inson Z. M. Boburning yorqin siymosi mahorat bn aks ettirilgan to`laqonli va sermiqyoa badiiy asardir. Roman Bobur siymo – sini tarixiy haqiqatga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e`tibor- li. Humoyun og`ir betob bo`lib yotganida Bobur farzandiga shunday deydi: “Sening betoqatligingga men toqat keltiray! Sening shu og`ir dardingni xu- do sendan olib menda bersin…. ….. Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marta aylandi – yu: - E parvardigor! – deb iltijo qildi. – Menki, Boburmen, agar jon berish mumkin bo`lsa, umr – u jonimni Humoyunga qurbon qildim! Azro – yil mening jonimni olsin – u, xudo Humoyunga shifo bersin!” Humoyun ko`p o`tmay tuzaladi. Bobur qazosi shu voqealarga to`g`ri kela – di. Bobur Hindistonda saltanatni boshqarganda podsho bo`lishning shon – shavkati bilab bir qatorda, adadsiz pushaymonlarni, iztiroblarni, yuzi qaro- lig`larni boshidan kechirgan. Vatan sog`inchi bilan o`rtangan. Shu ma`noda romanda Bobur ruhi, ichki dunyosi, orzu – armonlarining yuksak mahorati bilan tasvirlanganini ta`kidlash zarur. Onasi Qutlug` Nigorxonim bilan Boburning nafas olishdayoq bir – birlarini tushunishlari, inining Xonzoda – begimni nainki so`z, balki yuark bilan anglay bilishi, shoirning havo emas ilhom bilan nafas olayotgan betakror sohir holatlaridagi his – hayojonlar tasviri P. Qodirovning ruhiyat manzaralarini ko`rsatishdagi ustaligidan dalolat beradi. Qahramon o`z – o`zini ichdan tahlil etadi, qiynayotgan sa – vollarga shu yo`sinda javob izlaydi va topadi. Zaharlangan Bobur ruhiyati shunday chiziladi: “Boshidan o`tgan o`lim dahshati hamon xayolidan nari ketmasdi. Shu qil uzilsa, o`lim deb ataladigan zulmat qa`riga qulab tushi – shini 2 kun davomida muttassil his qilish unda yashash istagini behad ku – chaytirib yuborgan edi. Hayotning bir lahzasi uchquni dunyoning barcha boyliklari – yu, toj –u taxtlaridan ham aziz ekanligi unga astoydil sezildi”. Qahramon ruhiyatini teran, jonli, samimiy ochish o`z – o`zidan bo`ladi – gan ish emas. Buning uchun yozuvchu bunday his – tuyg`ularni o`z qalbi-
1. “ Jon shirin “ hikoyasida sho`ro davrining qanday muammolari aks et- tirilgan? 2. Adibning qaysi qissalarini bilasiz? 3. Yozuvchining qaysi romanlari bilan yaxshi tanishsiz? 4. “ Ona lochin vidosi “ romaning bosh qahramoni kim? 5. “ Yulduzli tunlar “ romanida qaysi tarixiy davr va tarixiy siymo aks ettirilgan? 6. Boburning shoh, sarkarda, shoir sifatidagi qiyofasini tahlil qila olasiz- mi?
7. Adib “ Yulduzli tunlar “ ning davomi sifatida qaysi asarni yozdi va unda, asosan, kimlarni tasvirladi? 11-dars. P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani Reja: 1.Tarixga ulug‘ hurmat 2. Shoh va shoir 3.Kechmishning achchiq saboqlari P.Qodirov bu roman ustida o’n yil (1969-1978 yillar)davomida ish olib bordi.Avvalo,Bobur va boburiylar hayoti,qoldirgan merosini sinchiklab o’rgandi,Bobur yurgan yo’llarni kezib chiqdi,Hindistonga safar qildi.Asar 1978 yili “Sharq yulduzi”jurnalida bosildi,oradan ko’p o’tmay rus tilida chiqdi,ko’pgina tillarga tarjima qilindi.Romanni kitobhonlar huddi bayramdek iliq kutib oldi,yozuvchilar,adabiyotshunos olimlar unga yuksak baho berdilar,bu asar tarixga,tarixda o’tgan buyuk siymolarga ulug’ hurmat ruhi bilan sug’orilganligini aytdilar. Asarda shoir va shoh Bobur hayotini tasbirlash muhim o’rin tutadi.Bu ulkan, murakkab shaxsning tarix sahnasiga chiqqan kunidan boshlab,to o’limiga qadar salkam qirq yillik hayoti,shuningdek,shaxsiy qiyofasi,xarakteri,oilaviy muhiti,ijodkor-shaxs,nosir,olim sifatidagi ma’naviy- ruhiy dunyosi, sarkarda, shoh, fotih sifatidagi faoliyati- barcha tomonlari bir roman doirasidaga keng yoritilgan, holis haqqoniy ko’rsatilgan. Garchi romanda Bobur hayoti keng o’rin tutsada, asar syujetini harakatga keltiradigan kuch Bobur shahsi faoliyati emas, birinchi galda tarihiy hodisalar, jarayonlarning o’zidir. Yozuvchi XV asr ohirida, XVI asr boshlarida Turkiston, shuningdek, Afg’oniston, Hindiston tarihida yuz bergan muhim voqe’alarni jangu jadallar o’zaro ziddiyat va kurashlarni yorqin gavdalantirib bergan. Bobur hayoti, saroy muhiti, tarihiy voqe’alar bilan yondosh holda asarda oddiy mehnatkash halq turmushi, ahvol-ruhiyati , mehnatkash halq turmushi, ahvol-ruhiyati, tarihiy jarayonlardagi ishtiroki, o’zaro urushlardan, bosqinchilik yurishlaridan chekkan jabri ham o’z aksini topgan. Shular bilan barobar Bobur to’qnash kelgan dahshatli kuchlar – “Imoni zamon”, “ Halifai rahmon” deb atagan Shayboniyhon, shoh Ismoil, Ibrohim Lodi, ularning son-sanoqsiz lashkarlari, beklar, hilma-hil ijtimoiy guruhlar, diniy mazhablar, ular orasidagi ziddiyat, alohida shaxslar taqdiri –bularning barchasi qalamga olingan. Shu tariqa “ Yulduzli tunlar” keng qamrovli asardir. Shox va shoir obrazi. “Yulduzli tunlar”dagi yozuvchining eng katta yutug‘i, shubhasiz, Bobur obrazidir. Bu romanga qadar o‘zbek adabiyotida Boburdek murakkab, ziddiyatli tarixiy shaxs obrazi yaratilmagan edi. Boburning shoh, shoir va inson sifatidagi ham kuchli, ham ojiz tomonlarini, hayoti va shaxsiyatidagi barcha fazilatu qusurlarini bor bo‘yicha ko‘rsatadi. Bobur o‘rta asrning o‘ta murakkab, ziddiyatli bir pallasi – temuriylar saltanatining o‘z yurtida yemirilishi, o‘zga yurtlar - Afg‘oniston va Hindistondagi yangidan tiklanishi davrida yashadi. Temur nasli orasida temuriylar saltanatini eng qaltis damlarda saqlab qolish uchun astoydil kurashgan eng sobit shaxs ham, yangi imperiyaning asoschisi ham shu Bobur bo‘lib chiqdi. Bobur Sharqning ulug‘ mutafakkirlari, birinchi galda Alisher Navoiyning yuksak insonparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalangan, inson qalbini , uning dardu tashvishlarini yurakdan his etishga qobil barkamol bir odam, nozikta’b, haqgo‘y shoir, san’atkor, olim. Romanda Boburning shaxsiy xislatlari, oilaviy hayoti – onasi Qutlug‘ Nigor xonimga hcin farzandlik tuyg‘usi, opasi Xonzodabegimga inilik, farzzandlaridan Humoyun bilan Gulbadanga otalik mehri yorqin lavhalarda o‘z ifodasini topgan.Birinchi umr yo‘ldoshi Oyshabegim bilan o‘tkazgan ko‘ngilsiz damlar dramasi, Mohim bilan g‘aroyib tanishuv daqiqalari, chin va teng sevgi sururi, Mohimning Boburga cheksiz sadoqati, beorom turmush tashvishlaridan chekkan iztiroblari – barchasi maromida berilgan. Boburning kasallikka yo‘liqqan o‘g‘li Humoyunga o‘z jonini fido etish voqeasi romanda ta’sirchan chiqqan 3-dars. Erkin Vohidov hayoti va ijodi REJA: 1.Shoirning hayoti va ijtimoiy faoliyati 2.E. Vohidov–she’riyatda “o‘ziga xos sehr sohibi” 3.Yangilanish jarayonlarining o‘ziga xos ifodasi O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o’zbek she’riyating zabardast vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an’analari izidan borib, zamondoshlari ma’naviy dunyosini ochib beruvchi g’azallari, zo’r insoniylik ruhi bilan yo’g’rilgan talay she’rlari, urush fojialari haqida bahs etuvchi ”Nido”, hayot jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan yo’g’rilgan ”Ruhlar isyoni” , ”Istambul fojiasi” asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan ”Oltin devori” komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov,Tvardovskiy, R.Xamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa,”Eron taronalari” bilan ”Faust” tajribasi adabiyotimizda, ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo’ldi. ”Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo’shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligini sezish-bu katta baxt. Shuning ham jamoat mehnatidan hech qachon o’zimi ob qochgan emasman.Qaynoq xayot ichida yashab ,ishlab o’rganganman”,- deb yozadi shoir.Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik ishlari bilan qo’shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida direktor, ”Yoshlik” jurnalida bosh muharrir bo’lib ishlagan. Shoirning ijtimoiy faoliyati doirasi Respublika Oliy Kengashi va oliy Majilisiga deputat bo’lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik masalalari qo’mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi.Bu yillarda atoqli shoir davlat va jamoat arbobi sifatida ham taniladi. Shoir ”Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi, ”O’zbekiston qahramoni ” unvoniga sazovar boldi. E.Vohidov Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28-dekabirida qishloq o’qtuchilari oilasida dunyoga kelgan.Otasi Cho’yanboy Vohidov, onasi roziyaxon davrning obro’etiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar . Avval Ikkinchi jahon urishida qatnashib,og’ir yarodor bo’lib qaytgan ota, so’ng ona dunyodan o’tdi. Bo’lg’isi shoirning opasi va ukasi ham go’dakligicha vafot etgan edi. Ikki qisqa umirning yolg’iz yodgori bolib Erkin toshkentlik tog’asi qo’lida qoldi. Uning o’spirinlik ,yoshlik yillari Toshkentda o’tdi.Erkin ulg’aygan xonadan ma’rifatga, san’atga, adabiyotga tashna edi,bu xonadonda tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo’lib turardi.E.Vohidovdagi nafosatga, she’riyatga mehr va mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakillandi. Erkin juda erta qo’liga qalam oldi. 7-sinfda o’qib yurganida ”Mushtum” jurnalida birinchi she’ri bosildi. Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetiga kirib o’qidi.Universitet ta’limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she’rlar kitobi ”Tong nafasi” ta’labalik yillarida yaratildi. SHOIR LIRIKASI Erkin Vohidov publitsist, dramaturg, dostonnavis, tarjimon sifatida barakali ijod qilgan bo’lsa-da, avvalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, xalqimiz qalbidan ham nafas , ham dolg’ali, isyonkor she’rlari orqali joy olgan. Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi.Shoir o’z qo’lidagi qurol-she’r, uning tabiati, shoirning el-yurt oldidagi burch- vazifasi xususida ko’p o’yladi, she’r va shoir haqidagi qarashlarni bayon etdi. U bular hususida so’z ochganda har doim ijod mashaqatlarini , shoir bo’lish onson emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o’z onayurtiga, xalqiga, inson zotiga bo’lgan fidoyi mexrning samarasidir. E.Vohidov dastlab xayot, go’zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo’lib maydonga chiqdi. Taqdir in’om etgan hayot , saodat, yoshlik, muhabbat sururini, hayotdan rizolikni to’lib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli tarixi, qo’lga kiritgan g’alabalari to’g’risida faxr-iftixorga to’la satrlar bitdi. Jumladan, ” Yoshligim” g’azalida yoshlik sururidan jo’shib yozadi: Yoshligim, kel, kuyga to’lgan Qalbim oltin sozi bol Men qo’shib aytay to’lib, Bir lag’za jo’r ovozi bo’l.
Istadim sayr aylamoqni Men g’azal bostonida. Kulmangiz, ne bor senga deb Mir Alisher yonida. She’riyat dunyosi keng, Gulzori ko’p, bostoni ko’p, Har ko’ngil arzini aytur Neki bor imkonida. Ey munnaqid, sen g’azalni Ko’hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam Atodin Qolgan inson qonida. Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg’u – sevgini kuylagan qadimiy g’azal shaklini himoya qiladi. She’rda g’azal shunchaki sheriy shakl ma’nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg’ular ramizi tarizida ham qo’llangan: Barcha shodlik senga bo’lsin Bor sitam, zorlik merga. Barcha dildorlik senga-yu, Barcha hushtorlik menga... Bu johonning rohatin ol, Bor azobin menga ber. Senga bo’sin barcha orom, Barcha bedorlik menga.
Sen borsanki, keng vahada hayot bor, Demak, yurting labida bol, nabot bor... ...Sen patasan, olma, anor va nursan, O’zbek uchun surursan ham g’urursan, Ozni yerga tomchi-tomchi berursan Daryo emas, xalq timsoli erursan, Oqib turgin, qurib qolma, onajon singari misralar tizadi. Shoirni mana shu ta’rif-tavsifga sig’mas azim daryoning, chindan ham xalq timsoli deyishga loyiq ona daryoning bugungi qismati qattiq tashvishga, iztirobga soldi.”Nega bukun bemadorsan, haloksan?” deya uni alamli savolga tutadi. ”Arslon o’ynatuvchi”-ijtimoiy pafosi jihatidan 70-yillar o’zbek milliy she’riyatining jiddiy yutig’i. Faqat bugina emas, unda qaramlik dunyosining shavqatsizligi-titikchilik, kundalik hayot tashvishlari tirik mavjudotni, odam zotini ne ko’ylarga solishi ramziy tarizda bugun dramasi, keskinligi bilan ko’rsatiladi.She’rda qaramlarni bir-birlari bilan bog’lab qo’ygan ko’zga ko’rinmas kishanlar ildizi ochib tashlanadi.Uni o’qib, alam iztirob bilan qaramga olingan hodisa,ya’ni to’qaylar podishohi arislonni charsillab yonib turgan olov halqa ichidan sakrab o’tishga majbur qilgan, sher zotini masharaboz qo’liga berib, gumroh tomoshabin- olomon uchun ermak-tomoshaga aylantirgan kuch nima digan savolga o’zingiz javob topasiz. 80-yillar oxiri ,90-yillar boshlarida yuz bergan jamiyatimiz hayoti, ma’naviyatidagi o’zgarish, yangilanish, odamlar ongidagi evrilishlar Erkin Vohidov she’riyatida, xususan, ”Yaxshidir achchiq haqiqat” kitobida o’z aksini topdi.Shoirning bu davr ijodida eng xarakterli xususiyat unda chin ma’nodagi ruhiy erkinlikning namoyon bo’lishi hisoblanadi. Savol va topshiriqlar: Shoirning qaysi she’rlari, dostonlari bilan tanishsiz, qaysi she’rlarini yod bilasiz? E.Vohidov jamoat arbobi sifatida qanday ishlarni qilgan? ”Ruhlar isyoni” dostonining yaratilish tarixi haqida nimalarni bilasiz? Erkin Vohidov ijodidagi fuqarolik tuyg’usi yorqin namoyon bo’lgan she’rlarini eslang. Bunday she’rlarda shoirni qiynagan, o’yga toldirgan hayot jumboqlari va ularning badiiy ifodasi haqida so’zlang. Adibning hayoti va ijod yo’li haqida nimalarni bilasiz? E.Vohidovning birinchi she’riy to’plami qaysi? 14-dars. Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi Reja: Sh.Xolmirzayev hayoti Adib qahramonlari va ma’naviy qadriyatlar muammosi Sh. Xolmirzayev – taniqli romannavis XX asrning 60- yiliaridan o’zbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qo’shgan va XXI asrda ham barakali ijod etib kelayotgan yozuvchilar avlodi ichida Shukur Xolmirzayev alohida ajralib turadi. Adibning hayot va ijod yo’li. U 1940- yiining 24- martida Surxondaryoning Boysunida tug’ildi. Ijodi maktabda o’qib yurgan paytlarida boshlandi. Ilk hikoyalari tuman gazetasida bosildi. 1958-yildan Toshkent Davlat universitetida o’qib yurgan Shukur talabalar davrasida og’izga tushdi. Adabiyot to’garagining markazida bo’ldi. Asarlari matbuotga tavsiya etildi. Dastlabki qissalari nashr etilib, atoqli yozuvchilarning e'tiborini qozonganida, u hali talaba edi.O’zbek adabiyotida tarjimayi holi Shukur Xolmirzayevdek kamtar va kamsuqum adib kam topiladi. Shukur Xolmirzayev universitetni bitirgach (1963), „Yosh gvardiya" nashriyotida muharrir, „Guiiston", „Sharq yulduzi" jurnallarida bo’lim mudiri, ma'lum muddat Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh bo’lib faoliyat ko’rsatdi. So’ng butun umrini badiiy ijodga bag’ishladi. Shu ma'noda, adibning asosiy tarjimayi holi: orzulari, dardlari, armonlari; amalga oshirgan, amalga oshira olmagan ishlari; nafratlari-yu sevinch iztiroblari, o’zidan, do’stlaridan, idealidan o’tgan sifatlar uning asarlari bag’rida yotadi. Xususan, talaba-adib buyuk aktyor Shukur Burhonov rahbarligida tashkil etilgan to’garakda Shekspirning mashhur asaridagi Gamlet rolini o’ynagani hayotida va ijodida muhim o’zgarish yasadi (Ofeliya rolini boshqa fakultetda tahsil olayotgan Saida ismli qiz ijro etgandi. Havasmand aktyorlar keyin oila qurishadi). Shukur Burhonov bilan uzoq vaqt mobaynida ustoz-shogird munosabatlari yozuvchining u haqda kattagina hujjatli esse yozishiga sabab bo’ldi. Atoqli adabiyotshunos Matyoqub Qo’shjonov rahbarlik qilgan adabiyot to’garagidagi mashg’ulotlar taassuroti ular o’rtasida do’stona munosabat uyg’onishiga va „U ustoz — men shogird" nomli hujjatli qissa yozilishiga olib keldi. Mashhur musawir, bir muhitda tug’ilib, tarbiya topgan Ro’zi Choriyev bilan qadrdonlik rishtalari u haqda ajoyib bir adabiy portret yozilishiga turtki berdi.Tarjimayi holdagi bu chizgilar izsiz ketmadi. Uning uslubida namoyon bo’luvchi og’ir vazminlik va falsafiy mushohada, keskir haqgo’ylik va hatto ayrim „sharttakilik"da Sh. Burhonov ta'siri-yu, gamletona tabiat, prinsipiallik, hayotga, odamlarga o’tkir tanqidiy ruh bilan qarash hamda ularga xolis, samimiy munosabatda bo’lishning uyg’unlashib ketuvida ustoz tanqidchidan o’rganishni; tabiatni musawirona chizish, so’zda ham rang, bo’yoqdagi kabi iliqlikni bera olish, rang-tasvirdagi kichik bir cho’g’dek detaldan butun asar qiyofasini yoritib yuborish mahoratlarida rassom do’stining jiddiy ta'sirini sezmaslik mumkin emas.Yildan yilga, asardan asarga yozuvchi mahorati sayqal topa bordi. „Hayot abadiy", „Bodom qishda gulladi" singari to’plamlarga kirgan asarlar, so’nggi yillardagi „Ko’k dengiz", „Xumor", „Qadimda bo’lgan ekan" kabi hikoyalar o’zbek adabiyotida o’ziga xos mahoratli yozuvchi paydo bo’ldi, degan fikrni mustahkamladi. Shukur Xolmirzayev o’zining „Bukri tol", „O’n sakkizga kirmagan kim bor", „Bulut to’sgan oy" qissalarini, asosan, yoshlarga bag’ishladi, ular sajiyasining toblanish jarayonlarini badiiy gav-dalantirdi. Zamonani, o’tmishni chuqur va atroflicha o’rganish, xalq dardi va orzularini aks ettirishdagi ehtiyoj hamda hikoya va qissa janrlarida orttirilgan tajriba, jahon va o’zbek yozuvchilari mahoratini sinchiklab o’rganish yozuvchini turli yo’nalishdagi romanlar yozishga olib keldi. „So’nggi bekat" ( 1976), „Qil ko’prik" (1978 -1982), „Yo’lovchi" (1987), „0labo’ji" (1991), „Dinozavr" (1996) singari asarlar Sh. Xolmirzayevni jiddiy izlanuvchan romannavis sifatida tanitdi. Ularning barchasi bir xil saviyada emas, albatta. Romanlarda ham adib o’z ijodiy yo’nalishi va uslubiga sodiq qoldi. Xalqimiz hayotining burilish pallalarini, yurtdoshimiz taqdiridagi muhim jarayonlarni, o’zbekni o’zbek qilgan fazilatlarni, bir so’z bilan aytganda, millat ruhini aks ettirish bu romanlarning ham yetakchi xususiyatidir. „Yozuvchi millat ruhidan kelib chiqmasa, bo’lmas ekan" degan o’z iqrornomasi uning butun ijodini, asarlarini, shaxs sifatidagi tabiatini tutashtirib turadi. Sh. Xolmirzayev el-yurt oldidagi xizmatlari uchun munosib taqdirlandi. Unga ,,0'zbekiston xalq yozuvchisi" degan yuksak unvon berilgan. Adib O’zbekiston davlat mukofoti sovrindoridir. Qahramonlarining aksari uning o’zi tug’ilib o’sgan tuproq —Surxon diyorining mehnatkashlaridir. Asar voqealari sodir bo’ladigan manzil ham ko’pincha shu voha bo’ladi. Shu voha qahramonlari timsoli misolida adib o’zbek xalqining, o’zbek tuprog’ining o’ziga xosliklarini tasvirlab beradi. Adib hikoyalarida siyqasi chiqqan xarakterlar, quruq nasihatgo’ylik, bir qolipdagi iboralarni deyarli uchratmaysiz. U doim yangi obrazlar yaratishga intiladi.Bu qahramonlar o’zga yozuvchilarning qahramonlariga o’xshamagan: goh to’pori, goh dag’al va chapani,goh kichkinagina bir muhit vakili. Bu qahramonlar o’zligini, millatini, el-yurt tuprog’i-yu udumini, dini va diyonatini har narsadan ustun qo’yadilar. Adolat uchun, haqiqat uchun kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik qilmaydi. Ular tashqaridan emas, ko’pincha, ichdan jozibali, istarali bo’ladi. Shukur Xolmirzayev hikoyalari hayotda, inson qalbida yechilmay yotgan muammolarning badiiy tahliliga qaratiladi. Yozuvchi qahramonlari asar g’oyasini, badiiy topilmalarni kitobxon og’ziga chaynab solmaydi. Noshud, hayotda to’g’ri yo’l' topolmagan, beo’xshov yoki razil qahramonlarini asar nihoyasiga borib tugatmaydi, yaxshilamaydi. Ularni o’zining badiiy niyati amalga oshirilgan darajada hayotdagiday qoldirib, kitobxon hukmiga havola etadi. „Tabassum" (1984)ga nazar tashlaylik. Jalil ota sho’ro tuzumi uchun astoydil xizmat qilgan, urush qatnashchisi. Keksayganda dardga chalinib, yotib qolar ekan, hayoti birma-bir ko’z oldidan o’tadi. Yigitligida, qizillarning faol jangchisi ekanida quyun qo’rboshini bandi etdi. Uning bu yo’lga din uchun, xalq uchun kirganman, degan so’zlari hamon qulog’i ostida. Shunga qaramay, essiz, unga o’limni ravo ko’rganlar qatorida turdi-ya. Hayot bilan vidolashuv onlari yaqinlashganda Jalil otaning nabirasiga bir vaqtlar qiziilarga fidoyi xizmat qilgan, qo’rboshi boshiga yetganlarning faoli, qo’sh-qo’sh nishonlar olgan Mo’min cholning nabirasidan sovchi keladi. Jalil ota bu nishonlar egasining qanday fe'1-atvori-yu sadoqati evaziga kelganini yaxshi bilardi. Shu bois, qalbida chuqur iztirob: u xonadonga nabirasini bergisi yo’q. Lekin iloji qancha. Hatto o’limim bu to’yni qoldirishi mumkin edi, degan xayollarga boradi. Qazosi yetganda esa uning yuzida qotib qolgan tabassumni ko’ramiz. Bu nima? Jalil otaning o’z hayotidagi ayrim holatlar, xususan, qo’rboshiga o’xshaganlarning umriga zomin bo’lgani uchun afsusimi? Mo’min cholga o’xshaganlarning ko’ksini soxta aldoq nishonlar bilan to’ldirgan jamiyat ustidan kulib ketdimikan, balki? Ehtimol, o’zi istamagan „o’sha" noma'lum to’yni loaqal o’limi bilan qoldirib ketayotganidan shukronalik belgisidir. Xulosa chiqarishni yozuvchi kitobxonning o’ziga qoldiradi.Nima bo’lganda ham, Jalil otaning umr shomida din uchun, xalq uchun jonini bergan quyun qo’rboshiga xayrixohligi o’z ifodasini topgan Sh. Xolmirzayev qarashlari, nuqtayi nazari zamirida uning millatparvar sifatidagi o’ziga xos qiyofasi yotadi, deyish mumkin. Sho’ro jamiyati hali mustahkam turgan bir davrda bunday fikrni, g’oyani badiiy talqin etish oson emasdi. Sh. Xolmirzayev buning uddasidan chiqdi. Bu, aslida, ko’p o’tmay, „Qora kamar" dramasidagi Xurrambekda ochiq namoyon bo’lajak qarashlarning bir qirrasi edi. „Bodom qishda gulladi" (1985) hikoyasida yoshlar taqdiri, yoshlar hayoti qalamga olingan. Bolalik, kasallik bois birmuncha dalliroq, savdoyiroq bo’lib qolgan Nosirjon balog’atga yetgan bir choqda xastaxonada o’zi sezmagan holda Hubbijamolga ko’ngil qo’yadi. Faollashaver, seni qiz sevib qoldi deb, aslida esa mazax qilib, ustidan kulmoqchi bo’lgan atrofidagilar yigit tuyg’ulari yanada alangalanishiga sabab bo’ladilar. Qiz esa unga odob yuzasidangina yaxshi muomalada. Nosirjon Hubbijamolning o’z sevgani borligini bilib qoladi-yu, qalbida ochilib kelayotgan gulchechaklar nobud bo’ladi. Qarashlardagi, ruhiyatdagi angilanish, o’zgarishlarni sovuq urgandek. Ammo, baribir, bu muhabbat baxtsiz bo‘lsa-da, adashgan esa-da, bokira va musaffo tuyg’ular Nosirjonning qalb ko’zlarini ochgan edi. U odamlarni, hayotni awalgidan tiniqroq idrok eta boshlaydi. Yillar davomida unga na devor-darmiyon qo’shni bo’lib kelganlar, na xastaxona-yu dori-darmonlar malham bo’lmagan xasta ko’nglini ishqning bodom guli yanglig’ bokira va nastarin gullari sog’aytirgandek boiadi. Biroq, afsuski, bu qishda ochilgan bodom gullari edi. Asar o’smir qalblarni, ilk muhabbat yoshidagilarni hayotga teranroq boqishga, musaffo tuyg’ularni ehtiyot qilishga chaqiradi. Ularni hech qachon ermakka yo’ymaslik, bu hissiyot ko’z ochgan damlardagi hayotning har bir lahzasi qadrini bilishga undaydi. „Xumor" hikoyasini Sh. Xolmirzayev jiddiy muammolar talqiniga bag’ishladi. U so’nggi bosqich o’zbek hikoyachiligida kinoya, alamzada quvnoqlik usuli qo’llangan holda yaratilgan asarlardan biridir. Hikoya „Ko’k dengiz" singari nainki o’zbek, balki ulkan miqyoslardagi XX asrning bu janr namunalari qatoridan o’rin olishga haqlidir. Aybi bor odamdek, kechirim so’rayotgandek, u fikrini davom etadi: paxtaga sepilgan dorilar ta'sir qilgan, xolos. Hikoya davomida biz qahramonning farzandi yo’qligini, dalani ko’rmasa xumori tutishini, o’rmalab bo‘lsa ham dalaga chiqib turishini bilib olamiz. U xastahol bo‘lsa ham, fikrini quvnoq ohangda bayon qiladiki, san'atkor yozuvchi tomonidan tanlangan mazkur kinoya usuli asar va qahramonning kitobxonga ta'sirini yanada kuchaytiradi. Qahramon kitobxonning „Dalaga o’rmalab bo‘lsa ham chiqishingdan maqsad nima?" degan savolini qabul qilgandek bo‘ladi-da, o’zining (ayni vaqtda millatning) shu vaziyatdagi holatini ochishga yo’naltirilgan ushbu javobini beradi: „Maqsad — ham xumorni qondirish, ham hissa qo’shish, Labbay?.. Siz bir narsani tushunmayapsiz: u dori mening tarjimayi holimga singib ketgan, axir! Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning ma’nosi, vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham o’sha bilan bogiiq". Asar uning qahramoni, paxta yakkahokimligi va u tufayli o’zbek xalqi boshiga tushgan zug’um, jabr, noilojlik qismati haqida nihoyatda muxtasar, lekin badiiy o’tkir va ta'sirchanligi bilan qimmatlidir. Shukur Xolmirzayev o’zbek tabiati, surati va siyratini, o’ziga xos fazilatlari-yu qusurlarini, xullas, o’zi mansub bo’lgan millat ruhiyatini mahorat bilan tasvirlovchi yozuvchidir. Yozuvchi „Quyosh-ku falakda kezib yuribdi" hikoyasida yangi istiqlol zamoni ta'sirida ro’y berayotgan inson qalbidagi o’zgarishlar bilan, asrlar davomida shakllanib kelgan milliy sajiyaning uchrashgan nuqtasida namoyon bo’layotgan fazilatlar aks ettiriladi. Hikoyada shoir Qudrat, uning oilasi timsolida shu masalalar yoritildi. Bu hikoya ma'lum ma'noda, bo’lg’usi „Dinozavr" romanida tasvirlanajak ayrim qahramonlarning eskizi ham edi. Shoir oilasi bilan qishloqqa ketadi, lekin ma'lum bo’ladiki, turmush bu yerda ham osonmas. Biroq yozuvchi maqsadi faqat shu masalaga e'tiborni tortishdangina iborat emas. Asar davomidan bilib olamizki, yozuvchi nazarida, ahamiyatli moddiy ehtiyojdan kam bo’lmagan, balki undan ham mo’tabarroq bir masala bor. Bu xalq — millat tabiatining tirgagi bo’lgan ma'naviy poklik, vijdonlilik, o’zining va o’zganing qadrini baland tuta olish, bu masalada milliy an'analarga sodiq qola bilish — bir so’z bilan aytganda — ma'naviyat masalasidir. Shukur Xolmirzayevning so’nggi yillarda yaratilgan chiroyli asarlaridan biri „Navro’z, navro’z" hikoyasidir. Ma'lumki, sho’rolar xalqimizni qadimdan davom etib kelayotgan bu go’zal milliy bayramni nishonlashdan mahrum qilgan edi. Ming shukrkim, mustaqillik Navro’zni xalqning eng uiug’ shodiyonalaridan biri sifatida qaytadan tikladi. Lekin yozuvchining maqsadi bu bayramni ulug’lash, unga madhiyalar o’qish emas. Adib deyarli barcha hikoyalarida bo’lganidek, bu asarda ham tabiat bahonasida inson qalbini badiiy tahlil etadi. Tabiat ta'sirida inson ruhiyatida kechajak evrilishlarni yoritadi. Sulton, Obid Odiljonovich, Joniqul Jondorov singari taniqli olimlar hikoya qahramonlari, Navro’z nainki tabiatni, balki inson qalbini ham yangilaydi, oliyjanobroq qiladi, degan aqidaga ko’ra, bu ulug’ shodiyona kunda do’stlar ko’pdan buyon arazlashib yurgan ikki olimni murosaga keltirish taraddudini ko’radilar. Sulton zamonni, o’zgarishlarni, qiyinchiliklarni, inson ruhiyatidagi turli holatlarni yaxshi tushunadi, ularga to’g’ri baho bera oladi. Joniqul Jondorovni CSB, ftcl tabiat va na jamiyatda kechayotgan bayram ruhi o’zgartira oladi, na do’stlarning unga munosabati. U awal qanday bo’lsa, hozir ham shunday: o’ziga ortiqcha bino qo’ygan, kekkaygan, do’st uzrini qabul qilishdan ojiz. Navro’zga mengzalgan mustaqillik ham uning dunyoqarashiga yetarli ta'sir ko’rsatolmaydi. Uning fikricha, o’ziga to’q, badavlat odamdan yaxshilik kutish qiyin, yaxshilik faqat faqir-u haqir kishining qo’lidan kelishi mumkin. Ma'lumki, sho’rolar kam-bag’alni ham boy qilish o’rniga, bor boylarni ham qashshoq qilib, kulini ko’kka soviirgan edi. Yuqoridagi qahramon qarashlaridan uning ongida o’rnashib qolgan ana shu siyosat hidi kelmaydimi? Yozuvchi qahramonlarini oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. Asosiy e'tiborni ularning qalbi, ma'naviyati, do’stlarga, yangi hayotga, o’zgarishlarga munosabatini ko’rsatishga qaratadi va hukm chiqarishni o’quvchining o’ziga qoldiradi: Navro’z,nechog’likbuyuk bo’lmasin, baribir, har kimga birdek ta'sir etmas ekan. Navro’z ham nechog’lik go’zal bo’lmasin, tabiatni, odamlarni uyg’otmasin, yangilamasin, u ham hayotning bir bo’lagi-da, axir. ,,0'zbeklar", „Qadimda bo’lgan ekan", „Quyosh-ku falakda kezib yuribdi", „Navro’z, navro’z" hikoyalarining g’oyalari bir-birini to’ldirib boradi, tasvirlangan qahramonlar harakatidan, tabiatidan chiqarilgan xulosalar bir-birini yanada boyitadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling