Abdulla qahhor va chexov hikoyalarida qahramon tasviri va uning psixofiziologik talqinlari
Download 44.67 Kb.
|
ABDULLA QAHHOR VA CHEXOV HIKOYALARIDA QAHRAMON TASVIRI VA UNING PSIXOFIZIOLOGIK TALQINLARI
Asror bobo ozini umumxalq yurishiga qolidan kelgan mehnati bilan qatnashayotgan hisoblasa, xalqning gavjum yerida yurib oz dardini yengillashtirishga harakat qilsa, Ionda esa bu holat ancha achinarli tasvirlanadi. Ion ham ish bilan band edi-ku, u ham izvoshda odam tashib, dardini ish bilan ortoqlashishi mumkin edi-ku, degan fikr xayoldan otishi mumkin. Bunga javoban shunday deyish kerak. Ion ishi Asror bobonikidek umumxalq ishining, hamma safarbar qilingan ishning bir qismi emas edi. Uning ishi asosan oz tirikchiligini tamin etgan bolib, istagan vaqtida, oz nafsidan kechib ishini toxtatib qoyishi mumkin edi. Asror bobo esa buni qila olmasdi. Jazirama issiqda mehnat qilib charchagan , hordiq chiqarish uchun samovarga kelgan elatlarni oldiga bir choynak choy qoyish va yigilganlarga front ahvollaridan biron gap uyushtirish, Asror bobo nazarida, ogliga tekkan oq evaziga dushmanga qarshi oq otib javob berishdek gap edi. Ion odam tashir ekan, uning qilayotgan ishi bilan manaviy hayotida biron yaqinlik borligini oylab ham kormas, oylay ham olmas, chunki bu yaqinlikning ozi ham yoq edi. Asror bobo qilayotgan ish esa koproq uning manaviy talabidan kelib chiqqan edi. Etibor qaratiladigan yana bir muhim jihati, ikkala hikoyada ham fojeaviy holatlar bolsa-da, lekin hikoyalar hayotbaxsh tugallanishlar va sabrli insonlar hayot mashaqqatlarini buyuk qalblari orqali yengib otishi hayotiy haqiqatlar bilan tasvirlangan. Bu ikki yozuvchi hikoyalarida inson ruhiyatini va uning ichki qalb gozalligini tasvirlash doimo eng yuqori pogonada bolgan.
Download 44.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling