A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI "IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O'QITISH METODIKASI (MA'NAVIYAT ASOSLARI)" YO'NALISHI I BOSQICH MAGISTRANTI
ALIYEV MURODJON TURSUN O'G'LINING
KALENDAR ISH-REJA BO'YICHA FEVRAL OYIDA BAJARGAN ISHLAR YUZASIDAN QILGAN
HISOBOTI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Qarori imzolangan. Shuni hisobga olgan holda Jizzax shahrining tarixiy, me’moriy yodgorliklari va qadamjolariga sayohat qildik. Ular bizning moddiy-ma’naviy va oltin merosimiz hisoblanadi.
“Oliy talim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to’g’risida” gi Hukumat Qaroriga muvofiq Sharipov Shavkat Safarovich JDPIning rektori etib tayinlandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 29-avgustdagi 781-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash bo’yicha institutimizning iqtidorli talabalari o’rtasida “ Eng yaxshi tadqiqotchi talaba” va “Eng yaxshi tadqiqotchi magistrant” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Hafta mobaynida darslarga to’liq qatnashdim, hafta yakunida ilmiy rahbarim bilan magistrlik dissertatsiyamning boblari, paragraflari va rejalari ustida birga ishladik.
Magistr: M.Aliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |