Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
Download 247 Kb.
|
Mustaqil ta\'lim qishloq xo\'jaligi 23 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH, ULARNI BAJARISH VA NAZORAT QILISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA JIZZAX – 2021
- Taqrizchilar: Jizzax davlat Pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti,Biologiyava uni o`qitish metodikasi kafedrasi professori, b.f.d. X. Mavlonov.
- Biologiya va uni o’qitish metodikasi”
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA VA UNI O'QITISH METODIKASI KAFEDRASI QISHLOQ XO’JALIGI ASOSLARI FANIDAN MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH, ULARNI BAJARISH VA NAZORAT QILISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA JIZZAX – 2021 Tuzuvchi: Ortiqova L.S. - «Biologiya va uni o`qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti, q-x.f.f.d. (PhD)
Uslubiy ko’rsatma “Biologiya va uni o’qitish metodikasi” kafedrasining 2021 yil ”25” avgustdagi № 1-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakul’tet kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. “Biologiya va uni o’qitish metodikasi” кafedra mudiri: ________________________ dots. D.E.Azimova @Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti KIRISH Mazkur Sitologiya fanidan mustaqil ishlar bajarish bo’yicha tayyorlangan uslubiy ko’rsatma Uslubiy ko’rsatma Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va uni o’qitish metodikasi” kafedrasining 25 avgust 2021 yildagi №1 – sonli majlis qarori bilan talabalar mustaqil ishini REFERAT ko’rinishida qabul qilish va TEST o’tkazish tasdiqlangan. Referat mavzulari ma’ruza o’qituvchisi va laboratoriya masg’ulot o’tuvchi o’qituvchi tomonidan talabalarga o’quv yilining boshida tanishtiriladi va rejasi yozdiriladi. Talabalar mavzularni ko’rsatilgan va qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil ravishda foydalanib bitta umumiy daftarga konspekt qilib borishadi. Kerakli konsultatsiyalarni fan o’qituvchilari va kafedra tomonidan belgilangan mas’ul o’qituvchilardan oladi. Rejadagi ma’ruza darslari tugagandan so’ng barcha mavzular bo’yicha tayyorlangan umumiy referat ishi himoya qilinadi. Himoya mavzu bo’yicha talabaning nazariy va amaliy bilimi va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar majmui e’tiborga olingan holda o’tkaziladi. Shuning uchun referatda “Mavzu bo’yicha talabaning nazariy bilim va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar” da ko’rsatilgan tushunchalar to’liq yoritilgan bo’lishi kerak. REFERAT bo’yicha talabaning olgan reyting bali bitta OB bali bilan baholanadi va jami OB baliga qo’shiladi. Talabalar mustaqil ta’limning amaliy qismi bo’yicha test nazoratidan o’tishadi. TEST nazorati test variantlari (1-ilova) asosida yoki kompyuterda o’tkaziladi (2-ilova). TEST nazoratining titul varaqasi 3 ilovada keltirilgan. TEST nazorati kompyuterda olinsa uning natijalari 4 ilovaga muvofiq to’ldiriladi. Test nazoratidan talabalarning mustaqil ta’lim bo’yicha olgan bilimlari reyting grafigiga asosan baholanadi va umumiy reyting ballining JB qismiga qo’shiladi. REFERAT ishlarini himoya qila olmagan yoki TEST nazoratidan o’ta olmagan talabalarga qaytadan topshirish muddati o’qituvchi tomonidan yakuniy nazoratgacha belgilanadi. Shundan keyin ham yetarlicha ball olmagan talabalar yakuniy nazoratga qo’yilmaydi. REFERAT ishlari va TEST nazoratining titul varaqalari (yoki institut “Axborot texnologiyalari markazi” dan olingan qaydnoma) kafedrada NIZOMga asosan saqlanadi. Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Talabaning mustaqil ta’lim bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari quyidagi jadval asosida kredit ballariga va harfli tizimga o‘giriladi.
Download 247 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling