2. “Ma’naviyat – (arabcha – ma’nolar majmui) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Ma’naviyat – kishining ichki, ruhiy, axloqiy qiyofa tushunchasi bo’lib, ma’lum bir axloq me’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi, umuman hayotidir” [27. 204 - b].
3. “Inson, ona qornidan boshlab, butun hayoti davomida orttirgan foydali bilimlarini amalda qo’llayverish natijasida unda hosil bo’lgan ko’nikma va malaka, uning hayot tarziga aylanganlik darajasi ma’naviyat deyiladi”.
Binobarin, ma’naviyatga quyidagi falsafiy ta’rifni bersa bo’ladi.
Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir [11. 8 - b].
Do'stlaringiz bilan baham: |