Kalonxonov M., Kalonxonova M.
* * *
Birovning oldiga borgandan non deb,
Uyda jim o’tirgan yaxshidur jon deb.
Har kim tama’ yo’lin tutsa agar pesh,
Oqibat bir kuni bo’lg’usi darvesh.
Nizomiy Ganjaviy
Mashg’ulotda inson or-nomusi, mahalla ori va vijdoni, degan axloqiy tushunchalarni bolalar ongiga singdirishga erishsangiz mashg’ulotingiz samarali bo’ldi, degan xulosaga kelishingiz mumkin.
“Boshingni faqat o’z tirnoqlaring bilan-gina qashiy olasan”
(“Otalar so’zi”)
4. Nomusingiz - oringiz va
g’ururingizdir.
Bu mashg’ulotlarni bazi bir
chaqiriqlarni aytish va ularning
mazmunini bolalar ongiga
singdirish orqali olib borgan ma’qul. Ya’ni:
qani yigitlar g’ururingiz, nomusingizni saqlang, kam bo’lmanglar, bo’shashmanglar!;
qizning nomusi oilaning nomusi, bungga oringiz qanday yo’l qo’yadi;
falon oilaning nomusi hammamizning nomusimiz, sizlarda g’urur bormi o’zi va shu kabilar.
Bu mashg’ulotga oid didaktik materiallar sirasiga quyidagi kiradi:
* * *
“Har bir azobga ham roziman tayyor
Nomusim aziyat chekmasin zinhor”.
Do'stlaringiz bilan baham: |