Kalonxonov M., KalonxonovaM.
4. Illat illatni chaqirar.
Ma’lumki, har qanday
kishida muhim bir bezak bor.
U insondagi aql va unga mos
odob go’zalligidir. Ushbu
go’zallik kishiga hayotda o’z o’rnini
topishda muhim ma’naviy asosdir. Ammo, ming afsuslar bo’lsinkim, yoshlar orasida illatlar botqog’iga botib qolib, “Ma’naviy qashshoq”larga aylanib qolayotganlari ham yo’q emas. Mana illatlarning turlari qatoriga e’tibor bering.
Yolg’onchilik – yomon illat.
Yolg’onchilik - qabih illat.
Yolg’onchilik – iymonsizlik.
Chaqimchilik – illat.
Minnat – g’oyat jirkanch illat.
Insonning tanbal bo’lishi – illat.
Insonning takabbur bo’lishi – illat.
Batfe’llik – illat.
Manmanlik – imon kushandasi – illat.
Mansabparastlik – illat.
Minnat – illat.
Ochko’zlik – ofat – illat.
Loqaytlik – illat.
Manqurtlik – illat.
“Ma’naviy qashshoqlik” – eng yomon illat va shu kabilar.
Bunday illatlar qatorini yo’nalishma-yo’nalish qilib ham yozib chiqish mumkin. Bu illatlar qatoriga e’tibor beradigan bo’lsak, ularning bittasiga mubtalo bo’lgan kishi, albatta, ikkinchisi, uchinchisi va keyingisiga ham mubtalo bo’lishi tabiiy. Bugungi yoshlarimizda bunday illatlarning bo’lishini oldini olishimiz kerak va buning uchun esa ularni yoshligidanoq (oilada va bog’chada) shu kabi illatlarga yo’liqishdan xushyor bo’lishimiz kerak.
Mavzuga oid didaktik materiallar:
Do'stlaringiz bilan baham: |