Madaniyat – shaxs xulq – atvori, muammosi va hatti – harakatlarining ma’lum ketma – ketlik asosidagi shakllangan tizimdir.
Ma’naviyat –insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbini ifodalovchi ko’p qirrali faoliyati natijalari majmuasining ifodasidir.
Ma’rifat – odamlarga bilim berish, ko’nikma va malaka hosil qildirish demakdir.
Odamiylik – odob me’yorlaridan biri bo’lib, odamlarga kundalik hayotda insonparvarlik munosabatida bo’lishlikdir.
Odob – insonda bolalikdan boshlanib, to ma’naviy kamolotgacha yetaklab boruvchi harakatlantiruvchi kuch.
Oriyat – or – nomusdan tashqari izzat – nafs, qadr tuyg’usidir.
Yaxshilik – odamdagi chinakam insoniylik bo’lib, u xalqimizning insonparvarlik qarashlari va quvonchlarini ifodalovchi insoniylik tuyg’usi.
Endi bayon qilgan tushunchalarning qarama – qarshi ma’nosiga e’tibor beraylik.
Vatanga xiyonat - eng xavfli, og’ir jinoyat hisoblanadi va u hyech qachon kechirilmaydi. Unday odamlarni sotqin yoki xiyonatkor, deb ham yuritiladi. “Sotqinga o’lim”, degan xitoblar ham xalqimizning umumiy va xulosaviy fikridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |