9 – savol: “Tolibonlar” kimlar?
Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – bu guruh Afg’onistonda bo’lgan, ular hokimiyatni egallashga harakat qiladi. Ular urushlarni yaxshi ko’radi. Ular xalq umumiy manfaatining dushmanlaridirlar.
10 – savol: “Da’vatchilar” kimlar?
Javob: “MA’RIFAT” guruhi – “Da’vatchilar” targ’ibot – tashviqot qiluvchilarga o’xshaydi-yu, ammo ularning asosiy maqsadi chiroyli so’zlar bilan ayrim irodasi bo’sh hamyurtlarimizni yo’ldan urishga va ular tufayli o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilishdir.
11 – savol: Dinlararo bag’rikenglik nima?
Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – bu xilma – xil dinlarning bitta joyda, bitta hududda tinch – totuvlikda yashashidir.
12 – savol: Ma’naviyat so’zining lug’aviy ma’nosini bilasizmi?
Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – “Ma’naviyat” so’zi asli arabcha so’z bo’lib, uning mazmuniy ma’nosi “ma’ni”, “ma’no”ni anglatadi.
13 – savol: Vatanparvarlik deganda nimani tushunasiz?
Javob: “VATANPARVAR” guruhi – “Vatanni sevmoq - iymondandur”, “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”, “Hamma uchun eng ulug’ Vatan – bu uning Ona Vatani”, “Hamma uchun eng go’zal shahar – bu uning Ona shahri” va hakozo. Demak, Vatanparvarlik ona zaminga muhabbat, uni sevish, e’zozlash, ardoqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |