Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari Reja Dinlarning qadimiy shakllari 2
Download 26.68 Kb.
|
QADIMGI DIN
Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari Reja 1. Dinlarning qadimiy shakllari 2. Iqtosodiy g'oya,qarash,ta'limotlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi 3. Qadimgi fikr: ishlab chiqarish qoidalariga eskicha qarashlar va yangicha qarashlar «Din» tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko'p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir. Undan o'tmishdagi g'oyat og'ir va hozirgi murakkab sharoitlarda har xil ijtimoiy-siyosiy harakatlar turli maqsadlar yo'lida foydalanishga intilganlar. DIN tushunchasi o'zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo'lib, ishonch, inonmoq ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o'ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir.Din paydo bo'lishidagi asosiy sabab - tabiat kuchlari va xodisalarining odamlar ustidan xukmronligi, ularning bu xodisalar sabablarini bilmasligi natijasida ushbu kuchlar, xodisalardan qo'rquvga, daxshatga tushib qolganliklari.Ibtidoiy jamiyatdagi «aql-idrokli odamlar» uyqu va o'lim kabi tabiiy xodisalarning sirini bilmaganlar Din ijtimoiy hayotni, voqelikni o’ziga xos tarzda aks ettiruvchi ijtimoiy ongning shaklidir.Diniy ta’limotlar jamiyat hayoti bilan bo’gliq ravishda paydo bo’lib, ular jamiyat hayotidagi voqea-hodisalar diniy ta’limotlarda o’z ifodasini topadi. Diniy ong, urf-odatlar, diniy dunyoqarash ko’pjihatdan inson his-tuyg’ulari, ehtiroslari, hayollari ta’siri ostida paydo bo’ladi. Dinning ijtimoiy tarixiy, gnosiologik va psixologik ildizlari mavjuddir. Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi qullik davri xam shu davrda, ya’ni ulka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, Iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko'ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik mavjud bo'lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo'lgan, rasman ozod dexqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari – feodallar yoki davlat barshchina (ishlab berish), natural (maxsulot) yoki pul obrogi (solik) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. SHunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar – dexqonlarning hamkorligiga asoslangan. Qulga nisbatan erkin dexqon ishlab chikarishdan xiyla manfaatdor bo'lgan, O'zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo'jalik mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish kuchlari ancha o'sdi. Feodalizm shu jixatdan avvalgi ibtidoiy jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda ham qolok texnika mavjud bulib, ishlab chiqarishkuchlarining rivoji sekin borgan. Garbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi) dan burjua inqilobi (XVII-XVIII asrlar), aniqrog'i sanoat to'ntarilishi davrigacha yashadi. Ko'pgina mamlakatlarda (masalan, O'rta Osiyo, jumladan, Ozbekiston) bu davr undan ham uzoq vaqtni o'z ichiga oladi (III-XX asrlar). Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga ko'ra, o'sha davrdagi Iqtisodiy g'oyalarda diniy – axlokqiy yo'nalish kuchli b'lgan. Bozor Iqtisodiyoti bilan bog'lik fikrlarda ikki tomonlama qarash mavjud (tovar ishlab chikarish, sudxo'rlik va b.). Davlat va dinning Iqtisodiyotdagi roli yuqori qo'yiladi Tafakkurining ibtidoiy shakllanish pallasida barcha xalqlar dunyoni dualizm asosida anglash bosqichidan o‘tadi. Dualizm insonning eng ilk diniy e’tiqodlauidan bo‘lib, avvaliga, bir guruh insonlar o‘zga guruhga qarama-qarshi qo‘yilgan, keyin esa, yorug‘lik-qorong‘ilik, yaxshi va yomon hayvonlar, kun-tun, issiq-sovug‘, yoz-qish, hayot-o‘lim, och-to‘q, sog‘-kasal, umuman olganda, yaxshilik va yomonlik tushunchasi vujudga keladi. Shu kabi qarama-qarshiliklar dunyoni ikki yorti - bir butun qabilida anglashga turtki beradi. Undan keyingi davrlarda esa yaxshi va yomon kuchlar afsonaviy va ertaksimon siymolarga aylanib, xalq ongida hozirgacha saqlanib kelgan. Insoniyat etiqodi tarixida dualizm va monoteizm ikki ustuvor tamal toshi sifatida mujassamlashgan. Yaxshi va yovuz ilohlar va ular_ga tobe ruhlar orasidagi kurash barcha ibtidoiy - jamiyatlarga xos1 e’tiqodi deb xulosa chiqaradi. din tarixchilari. Gap bu yerda ularning bir-biridan g‘oyalarni o‘zlashtirgani ustida emas balki insoniyat ongining tarixiy-tipologik mos kelishi haqida ketmoqda ya’ni o‘lkamizda dualizm g‘oyalari yuzaga kelishi va ularning namoyon bo‘lish tarixini o‘zga xalqlar va dinlar amaliyotiqdan ham qiyosiy taqqoslash yordamida ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin. Masalan Rigveda diniy asarining X-mandalasidagi bir necha o‘n satrida koinot va borliq yaratilishi, xudolar panteoni va vaqtning davriy ravishda qaytarilishi haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Ularga binoan har yilning boshida koinot ibtidoiy tartibsizlik holatiga tushib, yaratuvchanlik jarayoni qaytarilarkan. Shu asosda Rigvedaning eng qadimgi koinotbop mazmuni Yangi yil marosimiga bag‘ishlangan gimnlar to‘plamidan tarkib topib, oliy Indra ilohning yovuzlik devi bilan kurashib, tartib o‘rnatishi va olov ilohi Agniga bag‘ishlangan gimnlarda qish qorong‘iligidan so‘ng Quyosh nurlari qaytishi tarannum etiladi. Koinot, yil davriyligiga ko‘ra, tartibsiz holatga kelganida yaratuvchanlik jarayonining sodir bo‘lishi bilan ilohlar inson hayotidagi vazifalariga binoan sohlarga taqsimlanishi zid kelmaydi, deb hsoblaydi olimlar va turli xalqarning diniy e’tiqdlaridan misol keltirishadi. Odatda bu matnlarda yorug‘lik kuchlari yovuzlik-qrong‘ilik-tartibsizlik kuchlarini ifodalovchi dev-maxluqot ustidan g‘alaba qozonishi va natijada tartib o‘rnatuvchi kuchlar o‘rtaga chiqishi tarannum etilgan. Bu jarayonda uning ishtirokchilari sifatida turli ilohlar o‘z xususiyatlariga binoan tasniflanadi. Har bir iloh tabiat yoki ruhiy holatning homiysi hisoblanib, samo, havo muhiti va yer sohalariga tegishli bo‘ladi. YA’ni tabiatning muayyan hodisasi ilohiylashtmriladi. Dunyo yaratilishi va tartiboti haqidagi mazkur yondashuvlar o‘lkamizning ham moziy e’tiqodlarini tushunishga yordam beradi, albatta. Olimlarning tan olishicha, dunyoning barcha diniy e’tiqodlari uchun umumiy xususiyatlar asos bo‘lib, shulardan biri – neolit davrining ibtidoiy dunyoqarashlarida hosildorlik e’tiqodining zrkak zoti (samo, Quyosh, yomg‘ir) va ayol ibtidosi (Yer, Oy)ning dual, ya’ni ikki tomonlama asosidir. Avvaliga, ozuqani terish bilan asosan ayollar shug‘ullanganida, ayol ramzlari ustuvor bo‘lib, hosildorlik ilohalarining but-haykalchalari keng tarqalgan. Biroq yerga ishlov berish usullari (omoch ishlatish, quritish ishlari va irrigatsiya kanallari o‘tkazishning) paydo bo‘lishi bilan qishloq xo‘jaligi va hayvonlarni xonakilashtirish kabi xatarli ishlar erkaklar zimmasiga o‘tadi. Shu paytdan boshlab, erkaklarning yetakchi roli kuchayib, Quyosh va samoviy sayyoralar ilohlari hamda ularning ramziy belgilarm birlamchi o‘ringa chiqadi. Shu bilan birga, inson va jamoa hayotida diniy e’tiqodlar va marosimqlar roli oshib, ilohlarning yerdagi vakili – din peshvolarining odamlar orasidagi maqomi va obro‘si ortib boradi. Download 26.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling