Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari Reja Dinlarning qadimiy shakllari 2
Xorazmda odamlar va it suyaklari birgalikda solingan ossuariylar topilgani totemga e’tiqod
Download 26.68 Kb.
|
QADIMGI DIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xorazmda odamlar va it suyaklari birgalikda solingan ossuariylar topilgani totemga e’tiqod bilan izohlanadi. Y. Rapoport totem siymolari va vaqt o‘tishi bilan samoviy va insonga o‘xshash ilohlarga aylanib, falsafiy qarashlar bilan boyiganligini to‘g‘ri ta’kidlaydi. Zardushtiylik kitobida o‘lganning oldiga Xuriliqo pari ikkita it bilan keladi, ularning vazifasi begunohlarning ruhini saqlab qolish uchun yovuz kuchlarga qarshi kurashishdan iborat. Itlar narigi dunyo qo‘riqchilari sifatida gavdalanadi va avval "dafn etuvchi" totem iti bo‘lgan. Yevropa va Falastinda ham (jasadni) itlar bilan ko‘mishgan. O‘rta Osiyoda narigi dunyo bilan bog‘liq bo‘ri yoki it siymosi an’anaviy bo‘lib, Yerqo‘rg‘on ibodatxonasida xam uning qolipi topilgan. Termiz yonidagi Bolaliktepada xonalarning biri ibodatxona bo‘lib, o‘rtasida otashgoh joylashgan va devorlari supa bilan o‘ralgan. Shimoliy supada 9 ta it jag‘lari topilgan. Tagisken qo‘rg‘onidan topilgan va eramizdan oldingi asrlarga mannsub bo‘lgan qilichning tilla qoplamasida bo‘rilar o‘ziga xos ravishda tasvirlangan. Dalvarzintepadan topilgan tilla kamar-orqa oyoqlarida turib, old panjasini tishlayotgan uchli quloqli hayvon tasvirlangan. Nishonaning tepa chap qismidagi tumshug‘iga qaraganda, bo‘riga o‘xshaydi.
Beruniy narda o‘yini toshlari billurdan kuchuk shaklida yasalganligi haqida guvohlik beradi. O‘lkamizda xuddi shunday narda toshlarining sopoldan yasalgani ham bo‘lgan. Ko‘hna Urganchda Najmiddin Kubro maqbarasida darvishlar kuchuk boqishgan. Avliyoning kuchugi uchishni bilganligi xaqidagi afsonani olimlar it-qush Senmurg‘ bilan bog‘laydilar. Umuman, xorazmliklarda suv iti - suvsarni o‘ldirish oldinlari man etilgan va uning mo‘ynasini faqat Xiva xonlari kiyishi mumkin bo‘lgan. Hind e’tiqodlarida ham uni o‘ldirgan kishi jaxannamda qiynalishiga ishonilgan. Videvdat asarining XIII fargardi(bobi)da aytilishicha, It-tipratikonni o‘ldirgan kishi o‘z ruhini kelgusi to‘qqiz avlodda o‘ldiradi. Tipratikon tasvirlari Xorazm va Kushon Baqtriyasida ham uchrab Termiz, Xotinrabot va SHo‘rtepa obidalaridan tipratikon shaklida ishlangan idishlar dastalari topilgan. Olimlarning fikricha, tipratikon eramizdan olding II-I ming yillik-larda qadim Sharq mifologiyasida ilonga qarshi kurashuvchi siymo bo‘lgani dualizmga xos ikki ibtido tushunchasini izoxlaydi. Zardushtiylik talqiniga binoan, tipratikon don tashuvchi chumolilarning iniga siyib, ularni yo‘q qiladi. Avestoda aytilishicha, tipratikon kechasi minglab yomonlikning minglab kuchlarini o‘ldiradi, uning ignalari esa Quyosh- ning nurlari bilan taqqoslanagan. Yuqorida ko‘rganimizdek, dualizm nuqtai nazaridan it va bo‘ri timsoli qadimda o‘lkamizda foniy va boqiy, ya’ni olamning dual tashkil etilgan ikki pallasini bir-biri bilan bog‘lovchi vazifsini o‘tagan. Turkiy mifologiyada egizaklar haqidagi afsona mo‘l hosil va molga baraka beruvchi, bola tug‘ilishi va chaqaloqlarga homiy xisoblangan iloha Umay-ona bilan bog‘liq bo‘lgan. Rabatakda topilgan Kanishka yozuvi Umma deb atalgan yana ilohani bizga tanishtirdi. Turkiy hoqonlik lashkarining g‘alabalaridan biri haqida shunday yozuv bor: "Samo, Umay, addas Vatan (yer-suv) bizga g‘alaba ato etdi". Umay, xuddi Tangri va Yer-suv kabi, qadim turkiylarda ilohiy majmuaning asosiy xudolaridan bo‘lgan. U hosildorlik ilohasi va homiysi hisoblangan. Shu bilan birga, u jang homiysi bo‘lgan. Bo‘ri yoki it katta qilgan egizaklar mavzui turli xalqlarning maqbaralarida og‘zi pastga qaratib ko‘milgan ko‘zalar bilan ham bog‘liq. Ularning ichida kul yoki qizil bo‘yoq bo‘lgani uchun olov e’tiqodi bilan bog‘lashadi. Shu odatni Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi ham turli joylarda aniqlashga muvaffaq bo‘lgan, masalan, eramizdan oldingi VII- V asrlarga mansub Tagisken madfanining yondirish xonasida og‘zi pastga qratilgan idish topilgan.O‘lkamizda bunday ko‘zalar maqbaralar, shaxristonlar va daryo bo‘ylarida topilgan. Amudaryo deltasining Qamishli I maskanida ham eramizdan oldingi II mingyillik boshiga va Tozabog‘yob madaniyatining Anqa 2 va Jonbos 33 maskanlarida eramizdan oldingi II mingyillik oxiriga mansub shunday topilmalar aniqlandi. Qal’aliqir 2 maskanida eramizdan oldingi IX asrga mansub ko‘zalar topilgan. Shunga asoslanib, bu qadim e’tiqod bilan bog‘liq odat, deb xulosa chiqarishadi. M. Itina o‘zga xalqlarning etnografik odatlaridan shunga o‘xshash: odatlar talqinini topib, qiyos usuli asosida o‘lkamizdagi e’tiqod odatini tiklashga xarakat qiladi. YA’ni egizaklar e’tiqodi! barcha xalqlarda deyarli bir xil odat shaklida mavjud bo‘lganligi tufayli ayrim qiyoslar o‘tkaziladi. Masalan, Afrika qabilalarida egizaklarni katta xumga solib, qalin o‘rmonlarda og‘zini pastga qaratib ko‘mishar ekan. Egizaklarning yomg‘ir chaqirish borasida g‘ayrioddiy qobiliyatga ega ekanligiga bo‘lgan ishonch tufayli,bemavrid yomg‘ir chaqirmasligi uchun ularni daryo bo‘yida yoki botqoq joylarda ko‘mishgan. Shuningdek, tug‘ilish paytida o‘lgan yoki onasi tug‘ishdan oldin o‘lgan chaqaloqlarni xam xumlarga solib, og‘zini pastga qaratib ko‘mishgan va ularni "xum farzandi", deb atashgan. Ibtidoiy insonlar egizaklar, chaqaloqlar, kasal va nogironlar ichida yomon rux borligiga ishonishgan va ularni aloxida marosimlar bilan dafn etishgan. Namozgartepa maskanida xam endi tug‘ilib, olamdan ko‘z yumgan chaqaloqni katta xumda og‘zini pastga qaratib ko‘milgani aniqlangan. Bolaning ruxi tashqariga chiqmasligi uchun kichik xumlarni og‘zini pastga qaratib ko‘mish odati tumor vazifasini o‘tagan va, umuman, bu odat Olov va Quyosh e’tiqodi bilan bog‘liq bo‘lgan, deb taxmin qilishadi. Xorazmliklar tabib-folbinlarning arvoh yordamchilarini "lashkar" deb atagan, Samarqandda esa, "jamiki insu-jinsni lashkar deyishgan". Pari homiyligiga erishgan odam haqida "lashkar soyasi tegdi", deyishgan. Dunyoning turli mintaqalarida, jumladan bizda ham, pari siymosidagi ruhlar bilan insonning jinsiy aloqasiga bo‘lgan ishonch, egizaklarga nisbatan alohida e’tiqod shakllanishita olib kelgani diqqatga sazovor. Ayrim tadqiqotchilar bu e’tiqodni chaqaloqlar tug‘ilishida ota bilan birga onaning homiy parisi "ishtirok etgan" va keyinchalik, egizaklar e’tiqodi turli yirik dinlarning mifologik asosini tashkil etgan, deb taxmin qiladi. Zardushtiylikda bir-biriga qarama-qarshi ilohlardan Ahura Mazda va Angro Manyu egizak hisoblangan. O‘lkamizga islom kelganida, bu e’tiqod Muhammad payg‘ambarning nevaralari Hasan va Husan siymolarida aks etadi va o‘g‘il egizaklarga hozirgacha shu nom qo‘yiladi. Islomda qiz egizaklar payg‘ambarning qizi Fotimaning "Zuhra -Yaraqlovchi" laqabi juftlashtirilib, Fotima-Zuhra yuzaga kelgan, " ya’ni eng qadimgi dinii e’tiqodlarimiz zamonlar o‘tishi bilan yangi vujudga kelayotgan diniy tizimlarga singib o‘tadi. Shu tariqa, Baktriya, So‘g‘d, Choch va Xorazm aholisining dualizmga yo‘g‘rilgan diniy e’tiqodlari bir-biriga ta’sir o‘tkazib, ularning barchasi uchun birlashtiruvchi kuch sifatidagi olov e’tiqodi asosida o‘lkamizda zardushtiylik vujudga kelgani taajjublanarli hol emas. Darhaqiqat, dualizm Avestoda eng mukammal shakl va mazmunga erishadi, yaxshilik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash kun va tun , yoruglik va qorong‘ulik karshiligida namoyon bo‘lib, zardushtiylik dinining asosini tashkil etadi. Zardusht shunday degan: "Avvaliga bir juft egizak, ikki ruh (paydo) bo‘lib, har birining o‘z faoliyat turi bo‘lgan. Bu - fikr, so‘z va ishda namoyon bo‘luvchi yaxshilik va yomonlikdir. Ikkisidan birini tanla. Yaxshi bo‘lgin, yomon bo‘lma". Zardusht e’tiqodiga binoan, dunyoda yaxshi va yomon rux kurashadi. Zardushtiylarning oliy iloxi Axura Mazda ikkala ibtido emas, faqat yorug‘lik ustida xukmron. Chorva ko‘pligi va tinchlikni yaxshi niyatli insonlar yordamida Mazda va uning yordamchilari, jumladan, osoyishta chorva xayoti xomiysi Aramati iloxa ta’minlashi lozim. Olimlar, bu faoliyat Xorazmda eramizdan oldingi VII-VI asrlarda "Tura" nomini olgan sak va massaget sabilalari orasida sodir bo‘lgan, deb xisoblaydi. Keyinchalik, bu dualizm Turon va Eron orasidagi kurashga o‘tadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Bromley. Y.V. Ocherki teorii etnosa. – M.,1983. Levi-Stros K. Strukturnaya antropologiya. – M., 1983. Orlova E.A. Vvedeniye v sotsialnuyu i kulturnuyu antropologiyu. -M.,1994. Etnologiya /Pod. red. G.YE. Markova i V.V. Pimenova. – M., 1994. Lurye S.V. Istoricheskaya etnologiya. – M., 1998. Sadoxin.A.P. Etnologiya. M., – 2000. Download 26.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling