Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi
-bob.Xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari
Download 80.94 Kb.
|
Odob axloq qoidalari
4-bob.Xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari
Davlat xizmatchilari ishdan bo`sh vaqtlarida umum qabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari va ularga zid bo’lgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan o'zlarini tiyishlari shart. 13.Davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda quyidagilarga majbur: Milliy urf-odat, qadriyat va an'analarga hurmat bilan munosabatda bo'lish; dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yo`l qo'ymaslik; rasmiy e'lon qilingan ma'lumotlardan tashqari davlat xizmati faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilmaslik, jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa ko'ngil ochar maskanlarda) o`zini tutish qoidalariga rioya etish, atrofdagilarning e'tiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yo'l qo'ymaslik; jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmaslik, mazkur noqonuniy harakatlarga boshqalarni jalb etmaslik yoki da'vat qilmaslik; xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog`liq bo'lgan idora va tashkilotlar rahbar va xodimlaridan, boshqa mansabdor shaxslaridan qimmatbaho sovg'a olmaslik; xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat'iy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo'lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga xizmat guvohnomasini ko'rsatib, mavqeini suiiste'mol qilmaslik; xizmat avtotransport vositalaridan xizmat faoliyatidan tashqari holatlarda shaxsiy va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik; ish faoliyati bilan bog’liq ma'lumotlarni ishga aloqador bo'lmagan boshqa shaxslar ishtirokida muhokama qilmaslik; shaxsiy transport vositalaridan foydalanishda belgilangan tartibga amal qilish, yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya etish; tadbirkorlik yoki haq to`lanadigan boshqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug'ullanmaslik, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o'zi faoliyat yuritgan vazirlik yoki vazirlik tizim tashkilotlari hamda davlat xizmatiga dog` tushiruvchi xatti-harakatiardan tiyilish; tashqi ko`rinishini belgilangan me'yorlar doirasida saqlash, kamtarona kiyinish, atrofdagilarning e'tiborini o'ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinmaslik. Download 80.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling