6-mavzu: Mustaqillik davri o’zbek folklorshunosligi 2 s.
Mustaqillik davrida O‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganishning yetakchi masalalari. Xalq og‘zaki ijodi so‘z san’ati sifatida. Bugungi tarixiy-folkloriy jarayon. Mustaqillik davrida folklore asarlarini o’rganish va nashr etish ishlari.
II Modul. FOLKLORSHUNOSLIK MAKTABLARI
7-mavzu: “Mifologik maktab” nazariyasi 2s.
Sof mifologik afsonalar.Tarixiy voqea-hodisalami izohlovchi afsonalar. Mahalliy hududlardagi geografik nomlar bilan bog‘liq afsonalar. Mifologiyaning asosini qadimgi odanning koinot, tabiat, inson, osmon jismlari, narsa va hodisalarning paydo bo’lishi haqidagi miflar tashkil etishligi. “Mifologik maktab”ning yuzaga kelishi va undagi nazariyalar.
8 -mavzu: “Fin maktabi” nazariyasi 2 s.
Xalq eposi, og’zaki nasriy asarlar bo’yicha catalog va ko’rsatkichlar tuzishda “fin folklorshunoslik maktabi”ning ilmiy-nazariy qarashlari. Folklorshunoslikda “tarixiy-jo’g’rofiy metod”ning yuzaga kelishi.
9-mavzu: “Sayyor syujetlar” nazariyasi 2 s.
XIX asr 2-yarmida folklorshunoslarning miflarni qiyosiy o’rganishdagi yutuqlari.Turli xalqlar og’zaki badiiy ijodida ko’plab o’xshash syujet, motiv va obrazlar mavjudligi. Har xil xalqlar so’z san’atidagi mushtarak epik hodisalar
10-mavzu: “Antropologik maktab” nazariyasi 2 s.
XIX asrning 60-yillarida xalq og’zaki ijodiyotini o’rganishda “migratsion maktab” vakillarining tadqiqotlari. Bu davrda “antropologik maktab” yoki “etnografik maktab”ning nazariy qarashlari. Ushbu maktab asoschilari: E.Taylor, V.Vundt, J.Frezer, A.N.Veselovskiylarning nazariyalari.
11-mavzu: “Tarixiy maktab” nazariyasi 2 s.
Rus folklorshunosligida “tarixiy maktab”ning yuzaga kelishi. Folklor asarlarni tarixiy voqelik bilan bog’lab tadqiq qilish an’anasi. Rus folklorining tarixiy asoslarini o’ziga xos ilmiy metod va usullar tizimi asosida o’rganish
12-mavzu: “Ritual – mifologik maktab” nazariyasi 2 s.
Folklorshunoslikdagi ‘ritual mifologik maktab’ yoki neomifologik maktab“ XX asrning 20-yillarida “mifologik maktab” tarkibidagi “Ritual – mifologik nazariya”ning o’ziga xos sintezi sifatida yuzaga kelgan ilmiy yo’nalish.
Do'stlaringiz bilan baham: |