Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 128.5 Kb.
bet1/11
Sana14.10.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1703088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Folklorshunoslik-oquv-dastur-magistr


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Tasdiqlayman”


Jizzax davlat pedagogika universiteti
rektori_______ prof.Sh.S.Sharipov
“_____”___________2022 yil

FOLKLORSHUNOSLIK ASOSLARI
FANINING
O‘QUV DASTURI
(magistratura, 1-kurs, I-semestr)
Bilimsohasi: 100 000 – Ta’lim
Ta’limsohasi: 110 000 – Ta’lim
Magistratura
mutaxassisligi: 70111401– O’zbek tili va adabiyoti

Jizzax - 2022



Fan/modul kodi
ANIM1004

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
I

ECTS - Kreditlar
IV

Fan/modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Folklorshunoslik asoslari

Ma’ruza-30
Amaliy-30

60


120


2.

I. Fanning mazmuni



Fanni o‘qitishdan maqsad - “Folklorshunoslik asoslari” yoki “folkloristika” fanining asosiy maqsadi xalq og‘zaki badiiy ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, folklor janrlarining paydo bo‘lish tarixi va taraqqiyot qonuniyatlari, tur va janrlarning tarkib topishi, shakllanish jarayonlari, folklor ijrochiligi va ijodkorligi, folklor va ijtimoiy hayot, folklor asarlari poetikasi, tarixiy-folkloriy jarayon, “postfolklor” va uning o‘ziga xos belgilari kabi masalalarni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, mifologiya va qadimgi davr folklori, marosim folklori, bolalar folklori, xalq lirikasi, folklor va yozma adabiyot, o‘zbek folklorining epik janrlar tizimi, xalq dostonchiligi, dostonchilik maktablari va ularning epik an’analari, turkiy xalqlar folklorining o‘zaro aloqalari va folklorda janrlararo munosabatlar. Og‘zaki teatr va xalq tomosha san’ati. Og‘zaki an’anadagi xalq musiqasi va an’anaviy raqs san’ati ham folklorshunoslikning o‘rganish ob’ekti doirasiga kiradi.
Fanning vazifasi–– talabalarni xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish;
-og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rganish, shu bilan bir qatorda milliy mafkura tamoyillarini egallash;
-talabalarni og‘zaki ijod namunalarini chuqur tahlil yeta olishga o‘rgatish. Shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash.
O‘zbek xalq ijodiyoti ajdodlarimizning ko‘p asrlik badiiy tafakkur durdonalarini o‘zida mujassamlashtirgan milliy qadriyatlar tizimi sanaladi. Folklorshunoslik esa jonli og‘zaki an’anada yaratilib, rivojlanib kelgan xalq og‘zaki badiiy ijodi asarlarini tto‘plash, folklor asarlarini arxivlashtirish, uning eng yaxshi namunalarini nashr etish, ilmiy o‘rganish va ommalashtirish bilan shug‘ullanadi.




Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling