II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
I modul. FOLKLORSHUNOSLIK TARIXI
1-mavzu: “Folklor” va “Folklorshunoslik” atamalari 2 s.
Folklorshunoslikning rivojlanish bosqichlari.Folklorshunoslik fanining maqsad va vazirfalari.Folklorshunoslik doirasida olib borilgan tadqiqotlar.“Folklor” va “folkloristika” atamalarining yuzaga kelishi.
2-mavzu.Folklorshunoslik fani va uning mohiyati 4 s.
“Folklorshunoslik” yoki “folkloristika” fanining asosiy maqsadi xalq og‘zaki badiiy ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, folklor janrlarining paydo bo‘lish tarixi va taraqqiyot qonuniyatlari, tur va janrlarning tarkib topishi, shakllanish jarayonlari, folklor ijrochiligi va ijodkorligi, folklor va ijtimoiy hayot, folklor asarlari poetikasi, tarixiy-folkloriy jarayon, “postfolklor” va uning o‘ziga xos belgilari kabi masalalarni o‘rganishdan iboratdir.
3-mavzu.O’zbek folklorining yozib olinishi tarixi 2 s.
Xalqimiz badiiy salohiyatining asrlar davomidagi izchil taraqqiyoti natijasida xilma-xil janrlardan iborat og‘zaki badiiy ijod durdonalari yaratilgan. Binobarin. O‘zbek xalq ijodiyoti ajdodlarimizning ko‘p asrlik badiiy tafakkur durdonalarini o‘zida mujassamlashtirgan milliy qadriyatlar tizimi sanaladi. Folklorshunoslik esa jonli og‘zaki an’anada yaratilib, rivojlanib kelgan xalq og‘zaki badiiy ijodi asarlarini tto‘plash, folklor asarlarini arxivlashtirish, uning eng yaxshi namunalarini nashr etish, ilmiy o‘rganish va ommalashtirish masalalari.
4-mavzu: O’zbek folklorshunosligining taraqqiyoti 2 s.
Xalq og’zaki badiiy ijodiyotini to’plash, sistemalashtirish, ommaviy va akademik nashrlarni amalga oshirish hamda keng ko’lamli fundamental tadqiqotlar. O’zbek folklorshunosligi fanining shakllanish tarixi. XX asrda o’zbek folklorshunosligi. 1918-20, 1925-28 yillarda folkloristik ishlar. 1930 va undan keying yillar o’zbek folklorshunosligi.
5-mavzu: O’zbek eposshunosligi 2 s.
O’zbek eposshunosligi rivojida yirik olim To’ra Mirzayev ilmiy faoliyati. O’zbek xalq dostonlari varinlarining qiyosiy tahlil ishlari.Folklor asarlarini barcha tur va janrlar asosida yaxlit tadqiq etishning ilmiy metodlarini takomillashtirish masalalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |