Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
4. Мулоқот вазифалари ва 
турлари
4. 1,5 yoshdan 3 yoshgacha. Jismli faoliyat va o‘yinning paydo bo‘lishi 
bilan bog‘liq faoliyat va o‘yin muloqotining yuzaga kelishi. Faoliyat va shaxs 
muloqotiga bo‘linishning dastlabki bosqichi. 
5. 3 dan 6-7 yoshgacha bo‘lgan davr. Tabiatdan berilgan turli xildagi 
tabiiy belgilar yoki orttirilgan muloqot vositalarini ixtiyoriy ravishda tanlash 
va ulardan foydalanish. Syujetli-rolli o‘yinlarga jalb qilish asosida paydo 
bo‘ladigan syujetli-rolli muloqotning rivojlanishi. 
Maktabga qadam qo‘yishi bilan bolaning aqliy va shaxsiy o‘sish jarayoni 
jadallashadi. Muloqot mazmuni chuqurlashadi va xilma-xillashadi, maqsadlar 
ko‘payib, muloqotchanlik vositalari takomillashadi. 
Muloqot turli-tuman vazifalarni 
bajaradi. Turli mualliflar muloqotning 
turli vazifalarini ajratib ko‘rsatadilar. 
G.M. 
Andreeva 
kommunikativ, 
interaktiv va perseptiv vazifasini sanab o‘tadi. M.I. Enikeev axborotli-
kommunikativ, boshqaruv-kommunikativ, perseptiv-samarali va affektiv-
ekspressiv (emotsional o‘zini ifodalash) vazifalarini ko‘rsatadi. A.A. 
Brudnыy: instrumental, sindikatli, translyasiya, o‘zini ifodalash vazifalarini 
ajratadi. Instrumental – bu muloqotning harakatni bajarish uchun muhim 
axborotni etkazishdan iborat bo‘lgan asosiy ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin 
bo‘lgan, lekin unga o‘xshash bo‘lmagan vazifa, birlashtirish – sindikativ 
vazifa. Ko‘pchilik muloqot aktlarining bevosita maqsadlari katta va kichik 
guruhlardagi odamlar o‘rtasidagi umumiylikni aniqlash va mustahkamlashdan 
iborat. Sindikativ vazifa bilan o‘zini ifodalash vazifasi bir-biriga yaqindir. 
O‘zini ifodalash o‘z mohiyatiga ko‘ra, hamfikrlikka, aloqaga qaratilgan. 
Alohida o‘rinni ijodiy faoliyatdagi o‘zini ifodalash egallaydi, u faoliyat 
mahsuli sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u, odamlar o‘rtasidagi 
muloqot predmetiga aylanadi. Va, nihoyat, muloqotning translyasion – 
faoliyatning aniq usullari, baholash mezonlari va dasturlarni etkazish vazifasi 
muhim ahamiyatga ega. Bu vazifa ta’lim olish asosida yotadi: muloqot orqali 
shaxsning ta’lim olishi amalga oshadi. L.A. Karpenko maqsadga ko‘ra 
muloqotning sakkiz xil vazifasini belgilaydi: aloqaviy – xabarlarni qabul 
qilish va etkazish, hamda o‘zaro aloqada bo‘lishga ikkala tomonning shayligi 
holati sifatida aloqa o‘rnatish; axborotlixabarlar, fikrlar, maqsadlar, 
echimlar va boshqalar almashinuvi; chorlovchi – muloqot bo‘yicha sherikni u 
yoki bu harakatlarni bajarishga yo‘naltiruvchi faolligini rag‘batlantirish; 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling