Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
7. Шахснинг психологик
ҳимояси 
yuborilgan da’volar darajasi bilan guruhda qat’iy qarshilikka uchrashining 
o‘zi emas, balki, unda mavjud bo‘lgan o‘ziga ortiqcha baho berish real 
omadsizliklar bilan ko‘plab qarama-qarshiliklarga duch kelib, o‘tkir 
emotsional nizolilarni yuzaga keltirgani sababidan, ushbu masalani hal etish 
zarurligi alohida ta’kidlab o‘tiladi. Bunda, ko‘p hollarda o‘quvchi uning 
o‘ziga ortiqcha baho berishi bilan mos kelmaydigan shaxsiy omadsizlik 
holatlarini payqamaslikka urinib, qaysarlik qiladi, arazlaydi, o‘zini ataylab 
mamnundek ko‘rsatib, o‘zini nomutanosib tutadi yoki omadsizligida 
kimningdir qarshi ta’sirini, yomonligini tushuntirishga harakat qiladi, 
shubhali, g‘azabnok, tahdidli bo‘lib qoladi. 
SHunday qilib, shaxsning o‘zini anglashi o‘zini baholash mexanizmidan 
foydalanib, diqqat bilan shaxsiy da’vogarlik va haqiqiy yutuqlar nisbatini 
qayd etadi. 
Insondagi eng qadrli narsa uning 
shaxsiyatiga tegishli asosdir. U jonli 
tabiat 
va 
jamiyat 
tomonidan 
o‘tkaziladigan o‘ta kuchli bosimdan himoya qilinishi zarur. Himoya 
anglanmagan tarzda sodir etiladi. SHaxs asosini emirilishdan muhofaza 
qiluvchi ruhiy mexanizm himoyalovchi mexanizm deb ataladi. U biologik 
evolyusiyadan ko‘ra ko‘proq madaniy evolyusiyaning natijasi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Psixologik himoya – shaxs yaxlitligiga tahdid soluvchi, nizolilar bilan 
bog‘liq bo‘lgan salbiy kechinmalarni kamaytirishga yo‘naltirilgan 
mexanizmlar tizimi. Psixologik himoya shaxs tomonidan psixologik 
noqulaylik, «Men-obrazi»ga tahdid soluvchi kechinmalarni bartaraf etish va 
ushbu vaziyatlarga tegishli bo‘lgan darajada saqlash uchun qo‘llaniladigan 
boshqarish tizimini tashkil qiladi. 
«Himoya mexanizmlari» tushunchasi Z. Freyd tomonidan asabiy 
holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan nizolilarda «Ego» qo‘llaydigan usulni 
umumiy holda belgilash uchun kiritilgan edi. Klinika amaliyotida u o‘zi va 
olam bilan kelisha olmagan odamlarga juda ko‘p marotaba duch kelgan. Ular 
irratsional harakatlarni amalga oshirib, nomutanosib fikrlarni ifoda etgan 
holda, idrok qilish illyuziyalarini namoyish qilganlar, bularning barchasi 
aniqlik kiritishni talab etardi. SHularga o‘xshash reaksiyalar tashhislarda 
rasmiylashtirilgan edi. Bunday tashhislar sog‘lom insonlarda ham aniqlangan 
edi. Bunday holatni tushuntirib berish uchun Z. Freyd 1884 yilda «psixologik 
himoya» tushunchasini kiritdi, bu tushunchani anglanmagan intilishlar va 
ijtimoiy talablar (cheklovlar) o‘rtasidagi nizolilarni hal etishning shakli 
sifatida talqin etdi. Uning qizi Anna Freyd o‘zining «Men va himoya 


300 
mexanizmlari» nomli ilmiy ishida, otasining nazariyasini rivojlantirib, Ego-
himoya mexanizmlari anglanmagan bo‘lishini va ular «ichki sezgining 
talablarini inkor etishini» ta’kidlagan edi. 
Hozirda psixologik himoya shaxs nazariyalarining barchasida, insonga 
nisbatan turli yondoshuvlarda tan olinadi va ta’riflanadi. Himoya 
mexanizmlari yoki psixologik himoya, - bu insonning o‘zini noxush 
kechinmalar, qalb jarohatlari va xavotirlardan himoya qilishda qo‘llaydigan, 
unga xos bo‘lgan va umuman anglanmaydigan tizimli harakatlar. 
Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar shaxsiy sifatlari baholanishlari orasidan 
o‘zlarining baho berishlari bilan mos tushadiganlarini yodda saqlab qoladilar. 
SHu tarzda ular o‘zlariga bo‘lgan hurmatlarini yo‘qotmagan, ko‘z oldimizda 
obro‘imizni tushirmagan xolda xatoliklar va omadsizliklarning sababini 
tushuntirishga harakat qiladilar. Xuddi mana shuning uchun ham inson 
ruhiyati himoya mexanizmlari bilan qurollandi. Ular tashqaridan kelayotgan 
axborotlarni 
saralab, 
faqatgina 
insonning 
ichki 
olami 
– «Men-
konsepsiyasi»ning yaxlitliligini saqlashga xizmat qiladiganlarini o‘tkazadilar.
SHunday qilib, himoya mexanizmlari insonlar uchun juda muhim 
bo‘lgan ikki xususiyatga egadirlar: 
- voqelikni inkor etadilar, buzib ko‘rsatadilar yoki parchalaydilar; 
- anglanmagan holda, ya’ni, avtomatik tarzda va tez ta’sir ko‘rsatadilar. 
Psixologik himoyalarni tasniflashga nisbatan bir necha xil yondoshuvlar 
mavjud. Ularni etuk va sodda guruhlarga ajratish eng oddiy tasniflashdir. 
Birinchi guruhga maqsadga muvofiqlik, intellektuallashtirish, mutoyiba, 
sublimatsiya va boshqalar, ikkinchisiga esa – dissotsiatsiya, kuchli nazorat, 
qadrsizlanish, inkor etish, yakkalanish, tahdid soluvchi bilan tenglashtirish va 
boshqalar kiradi. Psixologik himoyani boshqa tamoyil asosida ham tasniflash 
mumkin, unga ko‘ra, bir xillari idrok darajasida ta’sir qilsa, masalan, siqib 
chiqarish, boshqalari esa – transformatsiya darajasida, ma’lumotni qayta 
ishlash jarayonida ta’sir ko‘rsatadi, masalan, maqsadga muvofiqlik.
Psixologik himoya mexanizmlari nihoyatda xilma xildir. Ular Z. Freyd, 
A. Freyd, A. Adler va ko‘pgina boshqa olimlar tomonidan o‘rganilgan. A. 
Freyd quyidagi «psixodinamik» mexanizmlarni himoyalovchi sifatida qabul 
qilishni taklif etdi, bular: siqib chiqarish, ustunlik, regressiya, reaksiyaning 
hosil bo‘lishi, yakkalanish, amalga oshirilgan faoliyatni inkor etish (bekor 
qilish), sodir bo‘layotgan voqea, proeksiya, introeksiya, o‘z shaxsiga 
murojaat, 
o‘ziga qarama-qarshi tomonga aylanish, sublimatsiyadir. 
Keyinchalik bu ro‘yxat tashqi frustratorlar: vaziyatdan qochish, inkor etish, 
tenglashtirish, «Men»ni cheklashga qarshi yo‘naltirilgan yangi mexanizmlar 
bilan to‘ldirildi. Boshqa ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, ro‘yxatni quyidagi 


301 
muhim himoya-moslashuv mexanizmlari: maqsadga muvofiqlashtirish, xayol, 
konversiya, ramziy belgilash, ko‘chirish bilan to‘ldirish zarur. 
Psixologik himoyaning asosiy mexanizmlari o‘rtasida quyidagilarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin: ustunlik, reaktiv o‘qitish, inkor etish va rad qilish, 
siqib chiqarish, sublimatsiya, proeksiya, maqsadga muvofiqlik va boshqalar. 
Hozirda ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, o‘zining samaradorligi, etukligi va 
ularni yuzaga keltirgan nizoli,- intilishlar, ahloqiy mayllar yoki tashqi voqelik 
sohasiga kiritilishi bo‘yicha tafovutlanadigan himoya mexanizmlarining 
yigirmadan ortiq turi mavjud. 
Psixologik himoyaning asosiy mexanizmlarini ko‘rib chiqamiz. 
1. Inkor etish. Inson unga og‘riq beruvchi voqelikka e’tiborsizlik bilan, 
o‘zini xuddi muammo mavjud emasdek tutadi. 
2. Ko‘chirish – hissiyot ob’ektini xavfsizrog‘iga almashtirish. Aslida 
hissiyotlarning paydo bo‘lishiga umuman boshqa odam sabab bo‘lsada, inson 
muhabbat, nafrat, raqobatchilik haqida mulohaza yuritadi. 
3. Sublimatsiya – jinsiy mayllar bilan bog‘liq harakatlarni yuksak 
maqsadlarga, masalan, ijodkorlikka safarbar qilish. 
4. Proeksiya – inson o‘zining shaxsiy ong uchun maqbul bo‘lmagan 
ichki sezgi va istaklarini boshqa odamlarga o‘tkazishidan iborat bo‘lgan 
himoya mexanizmi. Boshqalarni, aynan, shuning uchun ayblaydi. 
5. Xayollarga berilish – shaxsiy «Men»ning ahamiyatliligini ko‘rsatish 
maqsadida tasavvur, zeb berish, o‘z imkoniyatlariga ortiqcha baho berish 
sohasida frustratsiyalangan ehtiyojlarni qondirish. 
6. Kasallikka berilish – muammolarni hal etishda ma’suliyatlilik va 
mustaqillikdan bosh tortishga intilish; bu mexanizm «ikkilamchi foyda» 
noyob hodisasi bilan bog‘liq. Bemorlik roli odamni harakat qilish 
zaruriyatidan ozod qiladi, tobe va hamdardlikka muhtoj bo‘lishga imkon 
yaratadi. 
7. Repressiya (siqib chiqarish, so‘ndirish) – xotiradan ruhiyatga jarohat 
etkazuvchi noxush uchrashuvlar, voqealar, hodisalarni o‘chirib tashlaydigan 
tub negizli himoya mexanizmi. O‘zimiz ham bajarolmagan va’da, xunuk 
xatti-harakatimiz haqida juda tez unutamiz. Lekin bu munofiqlik emas. Inson 
haqiqatdan ham ko‘rmay, bilmay turib, unutib yuboradi. 
8. Regressiya – voyaga etgan insonga o‘zini yosh boladek tutish 
imkonini beruvchi rivojlanishning dastlabki boqichlariga qaytish. Oilali ayol 
turmush o‘rtog‘i bilan kelisholmay qolsa, xuddi, avvalgidek, ota-onasi uyida 
kichkina qizcha davridagidek, himoya va yupanch ilinjida yig‘lay boshlaydi. 
Ba’zida kattalar qandaydir vaziyatda «bolalarcha ifodalar» bilan gapirishlari 


302 
mumkin. Bu o‘ziga xos ravishda xavotirga sabab bo‘luvchi voqelikdan, 
muammolardan o‘ziga xos ravishda chekinishdir. 
9. Qarama-qarshi reaksiyaning shakllanishi – ong uchun maqbul 
bo‘lmagan reaksiyaning qarama-qarshisiga almashtirish, masalan, muhabbatni 
– nafratga, nafratni – muhabbatga. Jinsiy etilish davrida qizlarga nisbatan 
havasning uyg‘ongani anglanmagan holda o‘g‘il bolalar qizlarning 
sochlaridan tortishi, janjallashishi, yomon laqab qo‘yishi, ularga toqat 
qilolmasliklarini alohida ta’kidlashlarida namoyon bo‘ladi. 
10. Qasd olish – impuls yoki hissiyotni bir ob’ektdan qulayroq boshqa 
ob’ektga qayta yo‘naltirish. Oila boshlig‘i ishxonadagi noxushliklarning 
alamini bevosita aybdor - boshlig‘idan emas, balki, ayolidan, bolalaridan yoki 
itidan oladi. 
11. Maqsadga muvofiqlashtirish – muvofiq kelmaydigan harakatlar va 
fikrlar uchun ishontiradigan sabablarni o‘ylab topish, o‘zini aldash. Masalan, 
omadsizlikka uchragan odam, o‘zi intilgan ob’ekt qadrini pasaytirgan holda,
haqoratlangan izzat-nafsini tinchlantiradi. Rad javobini olgan yigit qizning 
«didiga mos kelmasligini»» yoki avval o‘ylaganchalik go‘zal emasligini e’lon 
qilishi mumkin. 
12. Intellektuallashtirish – uning yordamida sub’ekt diskursiv 
ko‘rinishda o‘zining nizolilari va hissiyotlarini ularni egallab olish maqsadida 
ifodalashga harakat qiladigan jarayon. Boshqacha aytganda, o‘z havaslarini, 
mantiqiy hosil qilingan mulohaza tuzilmalariga o‘ragan holda, ifodalashga 
intilishdir. Kechinma mulohaza yuritish bilan almashtiriladi. 
13. YAkkalanish – intellektuallashtirishga o‘xshash mexanizm bo‘lib,
mulohaza yoki harakatning sub’ektning boshqa fikrlari yoki hayotining 
boshqa tomonlari bilan uzilishini bildiradi. YAkkalanish tafakkur 
jaraniyodagi to‘xtalishda, formula va ritualda ifodalanishi mumkin. Bu 
mexanizm u yoki bu mavzu yuzasidan suhbatlashish istagining mavjud 
emasligi, muhokama etilmasligi sifatida ko‘rinadi.
14. Tenglashtirish – o‘ziga boshqa odamga xos bo‘lgan hislar, 
mulohazalar, kayfiyatlarni o‘zlashtirib olish. Turlaridan biri tahdid soluvchiga 
o‘xshatish. Bu dushman uyg‘otayotgan qo‘rqinch hissidan qutilish uchun
sub’ekt, yoki rolni qabul qilgan holda, yoki ob’ektning o‘zini parchalagan 
holda u bilan aloqa o‘rnatishini bildiradi. 
Hozirgi zamon tadqiqotlari etarlicha puxta ishlab chiqilgan «Men» 
himoya mezanizmlarini va «O‘zi» mexanizmlarini chegaralashga qaratilgan. 
Birinchi holatda ob’ektga yo‘naltirilgan, sub’ektning bir qismi bo‘lgan, 
ikkinchisida – sub’ekt o‘zi uchun ob’ekt bo‘lib xizmat qiladigan tashkilot 
bilan ish ko‘ramiz. 


303 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling