409
bilan munosabatda bo‘lishga to‘sqinlik qiladigan motivdir.
GURUH - odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda
bo‘lish xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan ijtimoiy jamoadir. Guruhlar
real va shartli bo‘lishi mumkin.
DIFFUZ GURUH - birgalikdagi
faoliyat mazmuni bilan bel-
gilanmaydigan shaxslararo munosabatlarga kiruvchi guruh.
INDIVID - biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot.
INDIVIDUALLIK - o‘z shaxsiy xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxs
QIZIQISh - shaxsning bilish faoliyati bilan bog‘liq ijobiy emotsiyalarga
boy yo‘nalishlaridan biridir.
JAMOA - maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoli-
yat bilan birlashgan odamlar guruhidir.
KONFORMLIK - individning guruh fikrlariga
tashqi tomondangina
qo‘shilib, uning ta’siriga ichki tomondan qo‘shilmay o‘z fikrida qolish,
guruhga ongli ravishda moslashibgina qolishlik.
KORPORATSIYA - faoliyat maqsadlari o‘z
ichida saqlanib qolgan,
"faqat o‘zi uchungina ishlaydigan" guruh.
LIDER - guruhning rahbarligini o‘tovchi a’zosi.
SHAXS - shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy
munosabatlar va ongli
faoliyat sub’ekti tariqasidagi odam individidir.
SHAXSIY MA’NO - shaxsning ob’ektiv borliqdagi hodisalarga
sub’ektiv munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: