Esda saqlash deganda ilgari tug‘ilgan taassurot, fikr, his-tuyg‘u va
ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi
tushuniladi.
Unutilgan
narsalarni
yana
xotirada
qaytadan
tiklanishi
reministsentsiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi.
IZOHLI LUG‘AT
AMNEZIYA — xotiraning yo‘qligi.
ESGA TUSHIRISH - xotira jarayonlaridan biri bo‘lib, buning natijasida
oddiy esda olib qolingan bilimlarni faollashtirish yuzaga keladi.
UNUTISH - oldin esda olib qolingan ma’lumotlarni keyinchalik qayta
esga tushira olish yo‘qligi jarayoni.
ESDA OLIB QOLISH - yangi qabul qilingan axborotlarni oldin egal-
lagan bilim va tajribalar bilan bog‘lagan holda esda saqlashga qaratilgan
psixik faoliyat.
MNEMONIKA - esda olib qolishni osonlashtiruvchi usullar yig‘indisi.
XOTIRA - psixik aks ettirish jarayonlaridan iborat bo‘lib, bu avvalgi bi-
lim va tajribalarni mustahkamlash, esda saqlash va qayta esga tushirishdan
iborat jarayondir.
MEXANIK XOTIRA - materialni ma’nosiga tushunmagan holda tak-
rorlashdan iborat xotira.
OPERATIV XOTIRA - xotira turlaridan biri bo‘lib, bu ma’lum faoli-
yatni bajarish jarayonida ifodalanadi.
MANTIQIY XOTIRA – xotira turlaridan bo‘lib, bu materialni ma’no
tomonidan o‘zaro bog‘langan holda tushunib esda qoldirishga asoslanadi.
IXTIYORSIZ XOTIRA - oldinga hech qanday maqsad qo‘ymagan
holda ustanovkasiz esda olib qolish.
IXTIERIY XOTIRA - oldinga muayyan maqsad qo‘ygan holda
ustanovkali esda olib qolishdan iborat xotira.
UZOQ MUDDATLI XOTIRA - xotira turlaridan bo‘lib, bu bilim- lar-
ni, shu bilan birga ko‘nikma va malakalarni uzoq vaqtgacha esda saqlashni
ta’minlaydi hamda ko‘p hajmdagi axborotlarni esda tutish bilan xarakter-
lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |