417
ta’minlaydigan xotira turi.
TASAVVUR - oldin idrok qilishdan hosil bo‘lgan obraz.
PROAKTIV TORMOZLANISH - avvalgi faoliyatni, qayta-qayta ko‘p
takrorlash ta’siri natijasida keyingi materialni esga tushirishning yomonlashu-
vi.
REMINISTSENTSIYA - avval unutilgan deb hisoblangan materialning
keyinchalik esga tushishdan iborat xotira jarayoni, ya’ni
vaqtinchalik unutish
holati.
TANIB OLISH - oldin esda qoldirilgan predmetlarni
qayta idrok qilish
orqali obraz tariqasida esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.
EYDETIZM - oldin idrok qilingan obrazlarni
barcha belgi va hu-
susiyatlari bilan birgalikda uzoq vaqtgacha yorqin
esda saqlab tura olishdan
iborat obraz ko‘rish xotirasidir.
TOPSHIRIQLAR
1 Quyidagi misollardan qaysi biri inson xotirasidagi qaysi
assotsiatsiyaga mos kelishini aniqlang.
№
Misollar
xotira assotsiatsiyalari
1
bola dastavval bog‘chaga kelgan paytida
bog‘cha mudirasining tashqi ko‘rinishi,
ovozi va munosabatlarini o‘z onasiga
o‘xshatishi mumkin. Keyinchalik bola
onasini ko‘rganda, mudira opasini va
aksincha mudira opasini ko‘rganda
onasini eslaydigan bo‘lib qoladi.
2
bog‘chada bolasi har kuni o‘zining
tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan
guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, ya’ni
katta bo‘lgandan so‘ng bog‘chasini
eslasa tarbiyachi opasi va aksincha,
tarbiyachi opasini eslasa, bog‘cha guruhi
ko‘z o‘ngida gavdalanadi.
3
yoz-qish, issiq-sovuq kabi narsalar
Do'stlaringiz bilan baham: