Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO‘YICHA O‘Z – O‘ZINI
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO‘YICHA O‘Z – O‘ZINI
TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR: 1. «Rivojlanish» va «psixika rivojlanishi» nimani anglatadi? 2. Psixika rivojlanishining asosiy bosqichlaridan qaysilarini bilasiz? 3. «Ta’sirchanlik», «sezgilar», «hissiyot» larga qanday ta’rif berish mumkin? 4. Hulq-atvor haqida tashqi muhit sharoitlariga moslashishning shakli sifatida ma’lumot bering. 6. Odamda oliy psixik vazifalarning rivojlanishi haqida gapirib bering. 80 7. Odam va hayvonlar psixikalari o‘rtasidagi qanday tafovutlarni bilasiz? 8. Ong va ongsizlik nima? 10. Ongning paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida gapirib bering. MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI 1. Organizmning yaxlit tizim sifatida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab beruvchi organ: a) bosh miya; b) asab tizimi; v) nerv hosilalarining to‘plamlari; g) reflekslar. 2. Asab tizimining strukturaviy birligi: a) sinaps; b) neyron; v) akson; g) dendrit. 3. Reflekslar: a) doimo tug‘ma; b) faqat tuban hayvonlarda uchraydi; v) yashash uchun kurashga aloqador emas; g) barcha javoblar noto‘g‘ri. 4. «Analizator» tushunchasini fanga kiritgan olim: a) R. Dekart; b) I.M. Sechenov; v) I.P. Pavlov; g) A.A. Uxtomskiy. 5. Neyropsixologiyaning hozirgi zamon qarashlariga ko‘ra inson miyasining tuzilishi nechta asosiy bo‘limdan iborat: a) uch asosiy bo‘limdan; b) ikki asosiy bo‘limdan; v) to‘rt asosiy bo‘limdan; g) ko‘p bo‘limlardan. 6. Organizmning gomogen muhitdan moddiy shakllantirilgan diskret jismlar muhitiga o‘tishi ...ning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq: a) ta’sirchanlik; b) sezgilar; 81 v) hissiyotlilik; g) his-tuyg‘ular. 7. Refleksning amalga oshirilishida ishtirok etuvchi nerv tuzilmalarining yig‘indisi – bu: a) refleks yoyi; b) refleks halqasi; v) shartsiz refleks; g) shartli refleks. 8. Evolyusiya nazariyasi keng ma’noda: a) hozirda ko‘pchilik olimlar tomonidan e’tirof etiladi; b) oddiy farazdan emas, balki haqiqatda isbotlangan voqelikdan iborat; v) genetika ma’lumotlari va irsiyat qonunlarining kashf etilishi bilan boyitildi; g) barcha javoblar to‘g‘ri. 9. Instinktiv xulq-atvor, asosan, ...da ustunlik qiladi: a) hasharotlarda; b) baliqlarda; v) sudralib yuruvchilarda; g) sut emizuvchilarda. 10. Insonning oliy psixik vazifalariga ... kiradi: a) mantiqiy xotira; b) so‘zlashuv-mantiqiy tafakkur; v) tasavvur etish; g) barcha javoblar to‘g‘ri. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling