Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
Инстинкт тушунчасининг
мазмуни.
Irsiyat qartani tarqatadi, 
Atrof-muhit qo’lda o’unaydi 
Egizklar usuli o’xshash belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini 
o’rganishdan iborat. Ma’lumki, odamda egizaklar ikki xil bo’ladi. Ba’zi 
hollarda bir emas, balki ikkita (kamdan kam hollarda uchta va hatto to’rtta) 
tuxum hujayra urug’lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum 
hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli 
va bir-biriga nihoyatda o’xshash bo’ladi. Bu tushunarli albatta, chunki ular bir 
xil genotipga egadirlar. Ular o’rtasida tafovutlar esa faqat muhit ta’siriga 
bog’liq bo’ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar egizakmas aka-uka 
yoki opa-singillardek bir-biriga o’xshash, bir xil yoki har xil jinsli bo’ladi. 
Egizaklarni o’rganuvchi fan – gemellologiya hisoblanadi.
22
[3] 
Identical twins, who develop from a single fertilized egg that splits in two, are 
genet¬ically identical. They are nature's own human clones— indeed, clones who share not 
only the same genes but the same conception, uterus, birth date, and usually the same cul-
tural history. 
Fraternal twins develop from separate fertilized eggs. They share a fetal environ-
ment, but they are genetically no more similar than ordinary brothers and sisters.
Tabiiy saralash mexanizmi: Tabiiy saralash jarayonida mutatsiya, 
ya’ni organizmlarning moslashuv jarayoni mustahkamlanadi. Tabiiy saralash-
ni odatda “aniq-ravshan” mexanizmlar Psixologiya – (qadimgi grek tilidan 
olingan bo’lib, qalb to’g’risidagi fan degan ma’noni anglatadi)- inson, 
ruhiyati va ruhiy faoliyatining rivojlanishi vazifa va qonunlarini yaratilishini 
o’rganadigan fan. U ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan yondashadi. U o’z ichiga 
psixologiyaning asosini, ma’lum bir faktlarini , mexanizmini va insonni va 
odamlar guruhini psixologik faoliyatini oladi.
1) Organizmlar yashab qolishidan ko’ra ko’proq avlod qoldiradi. 
2) Bu 
organizmlar populatsiyasida nasldan naslga o’tadigan 
o’zgaruvchanlik mavjud 
3) 
Genetik xususiyatlarga ega bo’lgan organizmlar kopayish va yashab 
qolishi turli darajada.
Ushbu 
yuz 
yillik 
boshida, 
CHarlz 
Darvinning 
evolyusiya 
22
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan
. 111-114p 


74 
nazariyasi ta’sirining oshib borgani sari, barcha xulq turlarini instinktlar 
ko‘rinishida tasniflash qabul qilindi. Agar insonlar o‘zlarini tanqid qilishsa, 
bu ularning “o‘zini-o‘zi kamsitish instinkti” oqibatida sodir bo‘lgan. Agar ular 
maqtansalar, bu ularning “o‘z shaxsini namoyon qilish instinktini” aks etgan. 
Sotsiologlardan biri, besh yuz kitobni ko‘rib chiqib, 5759 ta ehtimoldagi 
odam instinktlaridan iborat ro‘yxat tuzgan edi! Har bir xulqga o‘z instinktini 
belgilash bilan bog‘liq intilish alaqachon o‘z og‘irligi ostida yo‘q bo‘lib 
ketgan. Bu shuning uchun yuz berdiki, birinchi nazariyachi-instinktshunoslar 
insonning xulqini tushuntirmasdan, unga faqat nom berish bilan mashg‘ul 
bo‘lgan. Ushbu jarayon aqlli bolaga “darslarni o‘zlashtira olmaydigan” nom 
berib, uning past baholarini “tushuntirishni” eslatib turgan. Xulqni nomlash, 
uni tushuntirib berish degani emas. 
Instinkt sifatida tasniflash uchun majmuaviy xulq ushbu tur orasida 
turg‘un modelga ega bo‘lishi va orttirilmagan bo‘lishi kerak (Tinberg, 1951). 
SHunga o‘xshash xulq hayvonot olamining boshqa turlari vakillariga xos 
(qushlardagi imprintingini (hotirada saqlab qolish) va lososning uvuldiriq 
sochish uchun o‘z joylariga qatishini esga oling). Insonning xulqida ham 
tug‘ma moyilliklar, shu jumladan go‘dakdagi emish va harakatlanish 
reflekslari kabi oddiy turg‘un modellar namoyon bo‘ladi. Biroq, ko‘pchilik 
psixologlar insonning xulqi fiziologik ehtiyojlarga va ruhiy intilishlarga 
bog‘liq deb hisoblaydi. 
Instinkt nazariyasi odam harakatidagi sabablarni tushuntirib berishning 
uddasidan chiqmagan bo‘lsada, ammo uning asos bo‘ladigan farazi – genlari 
ushbu tur uchun xos bo‘lgan xulqni ta’minlaydi – bu esa juda ham muhim. 
Buni biz bizning ma’lum bir yoqtirmaydigan narsalarni o‘zlashtirishga 
bo‘lgan biologik moyilligimiz to‘g‘risida keying boblardagi baxsdan ko‘rdik 
hamda kelgusida ham o‘zaro yordam berishga, bizning xayolparast 
qiziqishimiz va jinsiy farqlarimizga qaratilgan xulqqa evolyusiya qanday 
ta’sir qilishi mumkinligini muhokama qilishda kuzatamiz......
23
[3]
Early in the twentieth century, as the influence of Charles Darwin's 
evolutionary the¬ory grew, it became fashionable to classify all sorts of 
behaviors as instincts. If people criticized themselves, it was because of their 
"self-abasement instinct." If they boasted, it reflected their "self-assertion 
instinct." After scanning 500 books, one so¬ciologist compiled a list of 5759 
supposed human instincts! Before long, this fad for naming instincts collapsed 
under its own weight. Rather than explaining human be¬haviors, the early 
instinct theorists were simply naming them. It was like "explaining" a bright 
child's low grades by labeling the child an "underachiever." To name a 
behav¬ior is not to explain it. 
23
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan
. 444p 


75 
To qualify as an instinct, a complex behavior must have a fixed pattern 
through¬out a species and be unlearned (Tinbergen, 1951). Such behaviors 
are common in other species (recall imprinting in birds in Chapter 5 and the 
return of salmon to their birthplace in Chapter 7). Human behavior, too, ex-
hibits certain unlearned fixed patterns, including infants' innate reflexes for 
rooting and sucking. Most psycholo¬gists, though, view human behavior as 
directed both by physiological needs and by psychological wants. 
Instinktlar – hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan 
murakkab tug‘ma harakatlaridir. Qushlar juda ustalik bilan in yasar ekanlar,
material tanlash va inni pishiq qilib qurish yo‘lida xilma-xil harakatlarni 
bajaradilar. Masalan, qaldirg‘ochlarning in qurishi, Kalyushka deb ataluvchi 
baliqning erkagi suv tagida erdan chuqurcha kovlab, uni mayda suv 
o‘simliklari bilan to‘sadi, inning yon devorini quradi va ustini berkitadi buni 
u yiriqroq o‘simliklardan o‘z tanasidan elimsimon modda chiqarib yasaydi. 
SHundan keyin erkak baliq urg‘ochi baliqni urug‘ qo‘yish uchun haydab 
kirgizadi va to urug‘dan baliqchalar ochib chiqqunga qadar in atrofini 
qo‘riqlab turadi. Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg‘ochi 
o‘rgimchakning nomaqul bo‘lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-
harakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi. 
Chunonchi, ko‘pincha
o‘rgimchak pillasining ichidagini zararkunandalar eb ketgan bo‘ladi. Lekin 
urg‘ochi o‘rgimchak bo‘shab qolgan pillani qo‘riqlashda va u yoqdan-bu 
yoqqa ko‘chirishda davom etadi. SHunday hollar ham bo‘ladi-ki, urg‘ochi 
o‘rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo‘yish chog‘ida bajariladigan 
harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum qo‘ymasligi ham 
mumkin. SHunday bo‘lsa-da, u kelgusi bosqichga, ya’ni bo‘sh pillani 
qo‘riqlashga va uni u yoqdan – bu yoqga ko‘chirishga o‘tadi. Asalarilar 
reaksiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning 
orqa tomoni teshib qo‘yilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma’lum miqdordagi 
shirani to‘kib bo‘lgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan 
bo‘lsa ham mum bilan berkitib ketadi. Fransuz tadqiqotchisi K.Fabri er 
arisining bir qolipdagi maqsadga muvofiq bo‘lmagan xatti-harakatini 
kuzatgan edi. Er arisi uyasining oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha 
arilar singari uyasini tekshirish uchun kirib ketganida tadqiqotchi uning
o‘ljasini yiroqqa surib ko‘yadi. Ari uyasidan chiqib, uni izlab, shoshib yana 
uyasining oldiga qo‘yadi va tekshirish uchun yana uyasiga kirib ketadi. Fabri 
arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib qo‘yadi va ari qirq 
martasida ham o‘ljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini tekshirgan. Bu 
misollar instinktning cheklanganligini ko‘rsatadi. Instinktiv harakatlar 
muayyan shart-sharoitlarga qat’iy bog‘liq bo‘ladi. Instinktning amal qilish 
mexanizmi shundan iborat-ki, tashqi shart-sharoitlar reflektor munosabatni


76 
bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun 
qo‘zg‘aydi va hokazo. Shu tarzda reflekslarning butun bir 
zanjirini 
harakatga keltiradi va nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan dasturni amalga 
oshiradi. Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar o‘zgarishi bilanoq 
o‘zining maqsadga muvofiqligini yo‘qotadi. SHunday qilib, xatti-
harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga 
muvofiqdir. 
Hayvonlarning instinktlari turli xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 
Ovqatlanish instinkti – hayvonlarning o‘zi va bolasi uchun ovqat qidirib 
topish, ovqat g‘amlash harakatlaridir.
Himoyalanish instinkti – hayvon o‘z hayotini va omonligini saqlash 
harakatlarida ifodalanib, u ikki ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Birinchisi 
dushmanga hujum qilish, ikkinchisi o‘zini himoya qilishdir. Har bir hayvon 
dushmandan himoya qilish uchun biror organidan shoxlari, tuyoqlari, tish-
tirnoqlari, tikanlari kabi yoki zaharli-hidli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, 
Afrika kobrasi o‘z zahrini 3,5 metr masofagacha ota oladi. Amerikada 
terisining usti qora jun bilan qoplangan uncha katta bo‘lmagan bir yirtqich 
hayvon yashaydi. U amalda barcha turdagi yirtqich hayvonlarning hujumidan 
saqlangandir. Hayvonlar uni orqasidagi uzun chizig‘idan tanib oladi. Bu 
hayvon skuns deb ataladi. Tabiat skunsga bir bezni ato etganki, u benihoya 
zaharli, hidli suyuqlik tarqatadi. Salgina xavf tug‘ilishi bilanoq, skuns 
dushmaniga orqasini o‘girib, dumini ko‘taradi va havoga suyuqlik purkaydi. 
Natijada eng katta yirtqichlar ham bir necha soat davomida «hushidan ketib 
qoladi». Amerika qit’asidagi barcha hayvonlar skunsni chetlab o‘tishga 
harakat qiladilar. Bu hayvonni yangi iqlimga moslashtirishga qaror qilinib, 
yosh hayvonlarni oldiniga o‘ralgan maydonda saqlashdi. Yirtqichlarni 
parvarish qilishda xizmatchilar qiynalmas-liklari uchun hayvonlardagi mumak 
bezlari olib tashlandi. Erkinlikka qo‘yib yuborilgan skunslar o‘rmonlarda 
bemalol yurishardi. Skunslarga hujum qila boshlanganida, ular qochmasdan, 
orqalarini o‘girib turishaverdi va dushmanlarining engilgina o‘ljasiga 
aylanishdi. SHundan keyin, skunslarning bezlari kesib tashlanmay, ularni 
boqishning boshqa usulari topildi. 
Nasl qoldirish instinkti – bu ota-onalik instinkti sifatida ko‘rinib, nasl – 
avlod uchun g‘amxo‘rlik qilish, uni ma’lum vaqtgacha ovqat bilan ta’min 
etish, xavf-xatardan saqlash o‘z bolalarini parvarish qilish tug‘ma 
mahoratiga ega bo‘lib, o‘z naslining kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qiladi. 
Jumladan, o‘rgimchakning ba’zi turlarida urg‘ochilari o‘z tuxumi uchun
tolalardan pillalar yasaydi. Bu pillani urg‘ochi o‘rgimchak qo‘riqlab va tez-
tez ko‘chirib yuradi, o‘rgimchak bolalari paydo bo‘lishi bilan urg‘ochi 


77 
o‘rgimchak uyalarini yonidan siljimasdan qo‘riqlab turadi. Nasli kattalashgani 
sari urg‘ochi o‘rgimchak ham ularga shuncha befarq bo‘la boradi va so‘ngra 
esa o‘rgimchak bolalari mustaqil harakat qiladigan bo‘lib, qolgandan keyin
ularni tashlab ketadi. [2] 
To‘da bo‘lib yashash instinkti–bu instinkt hayvonlarning turli usullar 
bilan o‘zaro aloqa qilishida xilma-xil shaklda birgalashib, to‘dalashib, poda 
bo‘lib, gala bo‘lib yashashlarida zohir bo‘ladi. Bu to‘dalanish ba’zi 
hayvonlarda doimiy xarakterga ega bo‘lsa (chunonchi, chumolilar, asalarilar),
ba’zilari esa o‘ziga o‘xshash hayvonlar bilan vaqti-vaqti bilan birgalashib 
yashaydi asosan yirtqich hayvonlar masalan, qoplon eng kuchli va maymun 
uchun eng qo‘rqinchli yirtqich hisoblanadi. Qoplon maymunlarga erda doim 
mushukdek chaqqon hujum qiladi, SHimpanze doim kuchli hayvon, lekin 
qoplondan ularga doim kun yo‘q. SHimpanzelar qoplonni odatda yomon 
ko‘radilar, uni ko‘rishlari bilanoq shimpanze maymunlari to‘da bo‘lib, 
vahshiyona bukchayib qo‘llarini pastga tushirib, sakrab, baqirishib hayvonni 
hamma tomonidan qurshab oladilar. Ayrim hollarda shimpanzelar qo‘llariga 
kaltak olib, qoplonni urib haydaydilar. Hashoratlar galasi, kushlar galasi, sut 
emizuvchilar podasi, yirtqichlar to‘dasi, hayvonlarning doimiy to‘da bo‘lib
yashash shaklidir.
Ma’lumki, asalarilar uyasida bitta ona ari, bir necha o‘nlab erkak va 
bir necha yuzlab bepusht ishchi ari (jinsiy organlari etishmagan)lar bo‘ladi. 
Ishchi arilarning xatti –harakatlari juda ham murakkabdir. Rivojlana borgan 
sari har bir ishchi asalari uyadagi vazifasini o‘zgartira boradi. Oldiniga u
asalari bolalarini (gumaklarini) boqadi, uyani tozalaydi, so‘ngra uyani 
qo‘riqlaydi, ozuqa topib keladi, katakchalar yasaydi. Erda yashaydigan 
arining instiktlari ham juda murakkab harakatlar zanjiridan iboratdir. U 
o‘ziga uya qazib olib, uchib ketishidan oldin har gal uni og‘zini tuproq bilan 
qoplaydi. O‘ljasini olib kelganidan keyin ari uni uyaga kiraverishiga qo‘yib, 
haligi tuproqni chetga surib, uyani tekshirib ko‘radi, shundan keyingina uni 
uyaga olib kiradi. Instinktiv harakatlar, tug‘ma va nasldan-naslga o‘tadigan 
ongsiz harakatlardir. Ular hayvonlarning hayot uchun kurashish va muhitga
eng muvaffaqiyatli uyg‘unlashish jarayonida hosil qilingan holda irsiy yo‘l 
bilan mustahkamlanib qolgan, ongsiz harakatlardir. Bular aql bilan o‘ylab
bajariladigan oqilona harakatlar emas. Masalan, yangi tug‘ilgan sichqon 
bolalarini cho‘miltirib, mushuk oldiga olib kelinsa, u sichqonni o‘z 
bolalaridek mehr bilan boqadi, emizadi, himoya qiladi, ammo uni sichqon 
bolasi ekanligini anglamaydi. O‘rdak tuxumlari tovuqqa bostirilganda, u 
o‘rdak tuxumining farqiga bormasdan, shu tuxumdan chiqqan o‘rdak 
bolalarini boqadi, ular suvga tushib suzganlarida suv labida u yoq, bu yoqqa


78 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling