Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Odam psixikasining paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 4.Odam psixikasining paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti 
Inson ong egasi bo’lganligi tufayli hodisalarning o’zaro sababiyatlari
bog’lanishlarini va bu bog’lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o’z 
oldiga muayyan maqsadlar qo’yadi va shu maqsadlarga yarasha ish ko’zradi. 
Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya’ni 
miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga 
bog’lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng avvalgi ota-bobosi qurol 
yasab, mehnat qila boshlagan va shu sababli ijtimoiy hayot kechira boshlagan 
paytdan e’tiboran paydo bo’lgan.
Odamning eng avvalgi ota-bobolari to’da-to’da bo’lib yashagan. Mehnat 
jarayonida insonni jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta’sir etib 
va uni mehnati bilan o’zlashtirish jarayonida o’zining tabiatini ham 
o’zgartirib boradi. Odamning eng avvalgi ota-bobolari mehnat jarayonida 
qayta tuzilib odam organizmi takomillashia borgan.


93 
Inson ongining taraqqiy qilishida so’zsiz mehnat jarayoni muhim rol 
o’ynaydi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o’z ehtiyojlari uchun 
kerak bo’lgan buyumlarni tabiatdagi bor bo’lgan yog’och, tosh kabilardan 
yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan.
Barcha kishilar tevarak-atrofdagi dunyoni seza va idrok eta oladilar. 
Barcha kishilarda xotira va hayol bor, barcha kishilar fikrlaydilar va til 
vositasi bilan o’zaro aloqa qiladilar. Barcha kishilar turli xislarni ko’ngildan 
kechiradilar va o’z irodalarini namoyon qiladilar
Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalari tarixan taraqqiy qilib 
kelgan. Kishilarda faqat ularning o’ziga xos bo’lgan, ehtiyojlar vujudga keldi 
va taraqqiy etdi.
Ehtiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchvun 
zarur narsalarning hammasi demakdir.
Odam yashash, hayot kechirish uchun o’z ehtiyojlarini qondirishi lozim. 
Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug’ma 
ehtiyojlar bo’ladi, ovqatlanish, o’z-o’zini himoya qilish, nasl qoldirish 
ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, yana 
yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy, estetik va boshqa 
shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug’ma ehtiyojlar emas, tarixan taraqqiy 
etgan. Ijtimoiy zot bo’lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy 
taraqqiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan o’zgargan.
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiyotiga qarab 
o’zgaradi.
Tarixda odam miyasi taraqqiy etishi bilan birga sezgi ko’ruv, eshituv, 
tuyg’u organlari, ayniqsa, yuksak kamoltga erishdi. Odam musiqani, nafis 
suratlarni va boshqa san’at asarlarini drok etishga qodir bo’ldi. Qo’lasosiy 
mehnat organi bo’lish bilan birga asosiy tuyg’u organi ham bo’lib qoladi. 
Odamning tarixiy taraqqiyotida uning idroki va xotira faoliyati ham 
takomillashib va sifat jihatidan o’zgarib turdi. Tashqi dunyodagi narsa va 
hodisalarni anglarb-bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok etadigan 
bo’ldi, o’z faoliyatidagi tajriba mahsulini anglab-bilib esda qoldiradigan va 
undan anglab-bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo’ldi.
Psixikaning yuqori bosqichi faqat insongagina xos bo’lgan, uning eng 
yuksak darajasi hisoblanmish ongda o’z aksini topmoqda. Ong psixikaning 
yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli hisoblanib, insonda, ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyotning maxsuli sifatida yuzaga kelgandir. U ijtimoiy maxsul 
bo’lishdan tashqari, unga muayyan munosabat bildirish maqsadini ko’zlash, 
o’zlikni anglash kabilarni namoyon etish imkoniyatiga egadir. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling